Nuraliyeva xafiza otaevna
DRAJE ISHLAB CHIQARISHDAGI MEHNAT
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
7.5. DRAJE ISHLAB CHIQARISHDAGI MEHNAT
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. Draje - dorivor va yordamchi moddalarni shakarli granulalarga ko‗p marotaba qatlamlash (drajelash) yo‗li bilan olinadigan qat‘iy dozalangan dorivor shakl. Dorivor va yordamchi moddalardan iborat smetanaga o‗xshash massali shakarli sirop yoki kraxmal kleyster yordamida avvaldan tayyorlab qo‗yadilar. Tabletkalarning achchiq ta‘mi yoki xidini niqoblash, tashqi ko‗rinishini jozibali qilish, tabletkaning tarkibiy qismlarini noqulay tashqi ta‘sirlardan himoya qilish, tabletkaning ta‘sir qiluvchi qismining oshqozonda parchalanishidan saqlash maqsadida ular ko‗pincha drajelanadi. Drajelash qiyshiq o‗rnatilgan elips shaklidagi aylanuvchi qozonlar bo‗lgan obduktorlarda (drajelash qozonlari) amalga oshiriladi. Obduktorga quvur o‗tkazilib, undan issiq havo yuboriladi. Drajelash jarayoni shunday kechadiki, dorivor shakl (tabletka, pilyulya) yoki shakarli granulalar obduktorga solinib, tegishli qoplovchi eritmaga botiriladi. Qozon aylanayotganda va bir vaqtning o‗zida issiq havo ta‘sirida dorivor shakl qoplanishi va uning quritilishi ro‗y beradi. Bu bo‗limda yuqori harorat (30 0 gacha) va tinimsiz shovqin asosiy ishlab chiqarish zararlari bo‗lib ishlayotgan motorlar shovqin chiqaradi. Bundan ilgari, dorivor shakllar aralashtirilayotganida bir-biriga urilib, shovqinni kuchaytiradi. Uskuna ishonchli germetizatsiyalanganda va oqimli tortish havo almashtiruv tizimi samarali ishlatganda obduktorlar oldida operatorlarning ish joylaridagi 175 dorivor chang tarkibi REK dan oshmaydi. Drajelash bo‗limidagi profilaktika choralari birinchi navbatda shovqinni yo‗qotishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda obduktorlar shovqinni cheklovchi joylarga o‗rnatiladi. Issiqlik omilini bartaraf etish uchun obduktorga issiq havo uzatuvchi kommunikatsiya tizimlarni o‗rnatish. Chang chiqarish bilan kurashish uchun obduktorlar bortdagi chang tortgich bilan jihozlanishi shart. Bundan tashqari, bo‗limda umumiy havo almashuvchi oqimli tortish havo almashtiruvchi tizim zarur. Drajelash bo‗limida ishlovchilar maxsus ovqat (sut) bilan va shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanishi shart. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling