Nuraliyeva xafiza otaevna
AMPULALARDAGI DORILARNI ISHLAB CHIQARISHDA
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
7.3. AMPULALARDAGI DORILARNI ISHLAB CHIQARISHDA
MEXNAT SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasining ampula sexida amalga oshiriladi. Ampulalarni tayyorlashnish ishlab chiqarish sikli quyidagi asosiy jarayonlardan tashkil topadi: ampulalar tayyorlash, in‘eksiya eritmasini tayyorlash va ampulalarni to‗ldirish (ampulalash), ampulalarni yopish, sterillash, nazorat, yorliqlarni o‗rab joylash. Ampulalar tayyorlash. Ampula sexi bo‗limida maxsus apparatlar (avtomatlar yoki yarim avtomatlar) yordamida amalga oshiriladi. Ampulalar uzun kimyoviy jixatdan chidamli shisha quvurchalar - drotlardan tayyorlanadi. Dastlab drot yuviladi, so‗ngra aylana yarim avtomatlar yoki avtomatlarga o‗rnatilib, gazli yondirgichlar yordamida undan ampulalar olinadi. Keyingi bosqichlarda ochiq kapillyarli vakuumli yarim avtomatlarda yuviladi. Yanada samarali yuvish uchun so‗nggi yillarda ampulalarga ultratovush bilan ishlov berishlari keng foydalanilmoqda. Yuvilgan ampulalarni quritish javonlarida issiq havoda quritib, so‗ngra ampulalarni to‗ldirish bo‗limlariga jo‗natadilar. Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, bu jarayonda ishlovchilar uglerod oksidi na yuqori harorat (280 S gacha) ta‘siri ostida bo‗ladilar. Ajralib chiqadigan zararli moddalarniig asosiy manbai tabiiy gazni ampula mashinalarini gazli yondirgichlarida yondirish jarayoni hisoblanadi. Xonalarni tozalash qoidalari buzilganda, xususan, ampula mashinalari yuzasidan changni mexanik usulda va puflash yo‗li bilan ketkazishda bu davrda shisha changi konsentratsiyasi REKdan 2 baravar va undan ortiq bo‗lishi mumkin. Yuqoridagi ishlab chiqarishdagi zararlar bilan bir qatorda ishlovchilar ampula mashinalaridan chiquvchi shovqin ta‘siriga beriladilar. Bundan tashqari, drotlar va ampulalarni yuvishda, shuningdek, ampula mashinalariga xizmat ko‗rsatishda shisha siniqlaridan jarohat olish xavfi yuzaga kelishini ko‗zda tutish zarur. Eritmani tayyorlash va ampulash. In‘eksiya eritmasini tayyorlash eritmaga ishlov berishdan boshlanadi, suv, turli yog‗lar (shaftoli, bodom, eryong‗oq va boshqalar), sintetik va yarim sintetik birikmalar eritma sifatida qo‗llaniladi. 169 In‘eksiyalar uchun suvga ishlov berish uning tegishli sifati, jumladan, apirogenligini ta‘minlovchi yuqori ishlab chiqarish distillyatorlarida amalga oshiriladi. Ampulalash shprits yoki vakuum usulida amalga oshiriladi: birinchida ampulalarni eritma bilan to‗ldirish avtomatik ravishda shprits yordamida bajariladi. ikkinchisida - ularda ma‘lum chuqurliklagi vakuum yaratilib, u chiqarilgach, in‘eksiya eritmasiga botirilgan ampula uning ma‘lum xajmi bilan to‗ladi. Ampulalarni dorivor modda bilan to‗ldirish mukammal tozalikni talab etadi, shu sababli texnologik jarayonlar, xonalarni rejalashtirish, pardozlash va tutishga nisbatan qat‘iy sanitariya-gigiyena talablari qo‗yiladi. Devorlarga plitka yopishtirilishi yoki moyli buyoq, bilan bo‗yalishi shart. Pol materiali suv, dezinfeksiya vositalari, organik eriguvchilar va boshqa kimyoviy moddalar bilan artilganda yoki dezinfektsiya qilinganda chidamli bo‗lishi kerak. Ko‗p jixatdan uni polimer material (polivinilxlorid, plitkalari. relin va b.) bilan qoplash ushbu talablarga muvofiq keladi. Havoni tozalash (filtrlash) va uni bakteritsid lampalar yordamida zararsizlaptirish muhim jihatlardan sanaladi. Xonani doimiy ravishda ho‗llab tozalab turish zarur. Ineksiya eritmalarini tayyorlash va ampulalarni ular bilan to‗ldirishda ish zonasidagi havo erituvchilar va dorivor moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Dorivor moddalar eritmalarini olish jarayonlari, xususan kukuni dorilarni dozalash va ularni reaktorlarga ortishni qo‗lda bajarish gigiyenik jixatdan eng noto‗g‗ri hisoblanadi. Ushbu bosqichda mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirish maqsadida havoni kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena tadbirlari majmuini o‗tkazish zarur. Ishlovchilar shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va shahsiy ximoya vositalaridan foydalanishi muximdir. Ampulalarni yopish.Ushbu texnologik jarayon turli konstruksiyadagi yarim avtomatlarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda yuqori havo harorati (290 0 S gacha) va unda uglerod oksidining mavjudligi asosiy ishlab chiqarishdagi zararlar hisoblanadi. Bir qator korxonalarda aylana yarim avtomatlarda tabiiy gaz 170 yoqilganda ajralib chiqayotgan uglerod oksidi ampulalarni konveer liniyalarda yopish chog‗ida chiqadigan mikdoridan qariyib 2 barobar ortiqni tashkil etadi. Mavjud zararlar bilan kurashishda eng samarali sanitar-texnikaviy tadbir, ya‘ni oqim ustidan tortish ustunlik qiladigan oqilona oqimli tor havo almashinuvi qurilmasi hisoblanadi. Qo‗l va ko‗zlarni shahsiy ximoya qilish vositalaridan (qo‗lqop va ximoya ko‗zoynagi) foydalanishiga alohida e‘tibor berilishi shart. Ampula yopilgach, uning germetikligi tekshirilib, sterillanadi va nazoratdan o‗tishga jo‗natiladi. Nazorat. Har bir tayyorlangan ampulada mexanik aralashmalar yo‗qligi, amaldagi moddalarning miqdor tarkibini belgilash va mikroorganizmlar mavjud emasligi tekshiriladi. Mexanik qo‗shilmalar bor-yo‗qligini ko‗z bilan yoki tegishli optik qurilmalar yordamida tekshiriladi. Ampulalarni ko‗zda tekshirish qorong‗i xonada (umumiy yorug‗lik qariyb 5lk) maxsus yorug‗lik stendida amalga oshiriladi, uning ish joyida yorug‗lik kamida 1000 lk bo‗lishi shart, shuningdek xonalarini qurilishi va rejalashtirilishi, ularda havo almashinuvhi yaxshi tashkil etilganligi qanchalik mukammalligiga qarab belgilanadi. Tadqiqotlarini ko‗rsatishicha, ko‗zda tekshirish usuli ma‘lum, ko‗z quvvatini bilan bog‗liq, buning ustiga u ishlovchilarning qariyb 85% ish vaqtini oladi. Ko‗z bilan tekshirish gigiyenik jihatdan bir qator nohush jihatlarga ega. Chunonchi, ampulalarni tekshirish chog‗ida ishchi uzoq vaqt majburiy o‗tirish holatida bo‗lib, qo‗l barmoqlarining mayda mushaklariga katta og‗irlik tushganini sezadi. Buning sababi ishchi bir qo‗lida 4 gacha ampulani ushlab, bir necha elpig‗ichsimon silkitishlardan keyin dorivor moddaning mexanik ifloslanganligini aniqlash maqsadida ularni chiroqni ekran oldida o‗giradi. Bunday operatsiya navbat davomida ko‗p marotaba takrorlanadi va bu holatda uzoq vaqt ishlansa ishchilarda tendovaginit va koordinator nevrozining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nimqorong‗i xonadagi ishning bir hil xolatda uzoq vaqt ishini davom etishi ishlovchilarning ruxiy holatiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqoridagi omillarning noxush ta‘sirini bartaraf etish uchun ishlovchilarni okulist doimiy ko‗rikdan o‗tkazib turishi zarur. Ko‗rish quvvati pasayishining birinchi alomatlari 171 va shapko‗rlik paydo bo‗lganida ularni boshqa bo‘limlarga o‗tkazish kerak bo‗ladi. Ishlash vaqtida har 2 soatda ishlab chiqarish gimnastikasi uchun tanaffus qilish zarur. Ijobiy hissiyot va yaxshi kayfiyatlarni saqlab turish uchun musiqiy fon yaratiladi. Ampulalarni ko‗zdan kechirishga ko‗p kuch sarflanadi va doimo ham holis bo‗lavermaydi. Gigiyenistlarning tadqiqotlari ko‗rsatishicha, ish kunini oxiriga kelib hatoliklar soni ko‗payadi. Shuni hisobga olgan holda so‗nggi paytda gigiyenik jixatdan yanada progressiv bo‗lgan optik uskunalar yordamida nazorat qilish usuli ishlab chiqilib, keng qo‗llanilmoqda. U ishlovchilardan ko‗z diqqatini talab etmaydi, mahsuldor va holisdir. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling