Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Ishlab chiqarish korxonalarida toza xonalarga va ishchi xodimlar kiyimiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Jadval 5.4.
Dorixona xonalari havosining mikroblar bilan ifloslanishini baholash mezonlari № Xona nomi Ish sharoitlari 1 m 3 havodagi mikroorganizm shtammlari soni 1 m 3 havodagi oltin rang stafilokokk lar soni 1 m 3 havodagi mog‗or zamburug‗lari soni 1 Aseptik bo‗limning sterilizatsiya xonasi Ishdan oldin 500 ko‗p emas 250 l da Bo‗lmasligi kerak 250 l da Bo‗lmasligi kerak Ishdan keyin 1000 ko‗p emas 250lda Bo‗lmasligi kerak 250l da Bo‗lmasligi kerak 2 Assistent, qadoqlash, defektor, material xonalari Ishdan oldin 750 ko‗p emas 250 l da Bo‗lmasligi kerak 250 l da Bo‗lmasligi kerak Ishdan keyin 1000 ko‗p emas 250 l da Bo‗lmasligi kerak 250 l da Bo‗lmasligi kerak 3 Yuvish xonasi Ish vaqtida 1000 ko‗p emas 250 l da Bo‗lmasligi kerak 12 gacha 4 Sotuv zali Ish vaqtida 1500 ko‗p emas 100 - 20 20 tagacha 143 5.4. Ishlab chiqarish korxonalarida toza xonalarga va ishchi xodimlar kiyimiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Toza xonalarda ishlaydigan xodimlarga qo„yiladigan gigieynik talablar: - shaxsiy gigiyena talablariga qat‘iy rioya qilish; - toza xonalarda hulq-atvor qoidalarini bajarish (balahd ovozda gapirmaslik, burunga qo‘llarni olib bormaslik); - sog‗lig‗i bo‗yicha toza xonalarda ishlashga qarshi ko‗rsatmalarga ega bo‗lmasligi; - ishga qo‗yilishdan oldin o‗quv kursida o‗qib chiqishi va keyinchalik muntazam takror o‗qitilishi; - barcha yo‗riqnomalar va ish reglamentlariga qat‘iy rioya etishi lozim. Ishchi xodimlarni tanlashda ularning yoshi xam axamiyatga ega. Odatda operatorlik lavozimiga 30 – 35 yoshli insonlarni tavsiya qilinadi, buning sababi – toza xonalarda ishlaganda ma‘lum jismoniy zo‗riqishning mavjudligi va yopiq xududda maxsus kiyimda ishlashga chidamlilik talab etadi, yana bir sababi – yoshi katta insonlar teri qatlamining ko‗chishi sababli ko‗proq zarrachalar ajratadi. Yoshi katta ishchilarni esa boshqaruvchi va nazorat qiluvchi lavozimlariga tayinlashda as qotadi. Toza aseptik xonaga o‗tishda xodimlardan gigiyenik ko‗nikmalarni talab qiladigan maxsus mas‘uliyatlarga ega bo‗lishi shart: 1. Kirish va chiqish faqat shlyuz orqali bo‗lishi kerak. 2. Aseptik bo‗limga steril bo‗lmagan kiyimda kirish va steril kiyimda chiqish taqiqlanadi. 3. Shlyuzda bo‗lganda, quyidagiga e‘tibor bering, birinchi eshik yopilganligiga ishonch hosil qilish va keyin ikkinchi eshikni sekin ochish va yopish kerak. 4. Shlyuzda kerakli buyum va materiallar uzatiladi, xodimlarni kiyimi o‗zgartiriladi va qo‗llar tozalanadi. 5. Aseptik bo‗limdagi muloqotni gapirish apparatlari orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 144 6. Ishdagi harakatlar sekin, havo oqimi tezligidan oshmaydigan va unga qarshi bo‗lmagan bo‗lishi kerak; keskin, asabiy harakatlardan qochish kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling