Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Kimyoviy dezinfeksiyalash moddalar tasnifi:
1. Galoidtutuvchi vositalar (xlortutuvchi, yodtutuvchi, bromtutuvchi, va hokazo.): bu guruhning faol moddalari xlor, yod, brom va ular asosida kompozitsion mahsulotlardir. Xlortutuvchi dezinfeksiyalovchi vositalar keng antimikrobiologik ta‘sirga ega, ammo yuqori nafas yo‗llari va ko‗zning shilliq pardalarini salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, doimiy hidga ega va metallarni zanglanishiga olib keladi. An‘anaviy ravishda xlortutuvchi, xloramin, xlorli ohak, gipoxlorid kabi xlorli vositalar keng qo‗llaniladi. Yuqoridagilardan tashqari, ular quyidagi 136 kamchiliklarga ega: maxsus saqlash sharoitlariga ehtiyoj zarurligi, ishchi eritmalarni tayyorlashning murakkabligi, suvda uzoq va to‗liq erimasligi, beqarorligi, gigroskopikligi va samarasini pastligi. 2. Izotsianuratlar ya‟ni, Izotsianurat kislota tuzlari ( tabletka shaklidagi Akvasept, Presept, Klorsept va Klorklin preparatlari); shuningdek kukun shaklidagi kompleks ta‘sir etuvchi DP-2 va Xlorsin (dorixonadagi idishlar va asbob uskunalarga ishlov berish uchun tavsiya etilgan). Tabletkalar suvda eritilganda undan faol xlor ajralib chiqadi va bakteritsid, fungitsid ta‘sir samarasiga ega bo‗ladi. Tabletka shaklidagi preparatlar bilan ishlash jarayoni qulayliklarni, aniqlikni va samaradorlikni ta‘minlaydi (1-20 litr suvga 10 tabletka). Bundan tashqari, maxsus saqlash sharoitlari, nafas olish yo‗llari uchun ximoya vositalari talab etilmaydi va yoqimsiz hid bo‗lmaydi. 3. Kislorodtutuvchi vositalar: faol ta‘sir qiluvchi moddalarga faol kislorod, vodorod peroksidi, va ozon kiradi. Ko‗pgina vositalar keng ko‗lamli antibakterial ta‘sir ko‗rsatadi, xidi yo‗q, lekin metallarni emirish xususiyatiga ega. Kislorodtutuvchilarga 3% va 6%li vodorod pereoksidi, uksus, chumoli kislotalari, Pervomur, Peralin, Perform, Sekuseptlar kiradi. 4. Aldegidtutuvchi vositalar: faol ta‘sir etuvchi moddalarga formaldegid, glutaraldegid, aldegit yantar kislotasi, glioksal va boshqa vositalar. Ular keng ko‗lamli antibakterial ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, lekin manbalarni oqsilli ifloslanishiga va yuqori nafas yo‗llariga qo‗zg‗atishga sababchi bo‗ladi. 5. Yuza-faol moddalar (Poverxnostno-aktivnыe veщestva): to‗rtlamchi-ammoniy birikmalari, aminlar va amfolitik yuza moddalar. Ular tor ko‗lamli antibakterial ta‘sir etish xususiyatiga ega, shu sababli ularning hammasi viruslarni, xona haroratida esa spora xosil qiluvchi mikroorganizmlarni o‗ldirmaydi. Ularning afzalliklari quyidagilardan iborat: yuvganda samarali, hidi yo‗q, metallarning zanglanishiga olib kelmaydi. Ular mikrob hujayrasining o‗tkazuvchanligini o‗zgartiradi, shuning uchun kompozit mahsulotlarda boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar bilan birgalikda keng qo‗llaniladi. Qo‗l terisini tozalash uchun yuza faol moddalardan Katamin AB, degmini degmitsidlar ishlatiladi. 137 6.Gaunidintutuvchilar vositalar: faol ta‘sir qiluvchi moddalarga poligeksametilenguanidin fosfat, poligeksametilenguanidin gidroxlorid, xlorgeksidin biglyukonat va ularning kompozitsion vositalar tarkibi kiradi. Ushbu guruxga kiruvchi moddalarni xususiyatlaridan biri, ular tozalangan manba yuzalarida uzoq vaqt bakteriotsid ta‘sir etuvchi plyonkalarni xosil qilishidir. Ular tor ko‗lamli antibakterial ta‘sir etish xususiyatiga ega. Gaunidinlar tarkibiga misol qilib Demos, Polisept, Alaminollarni olishimiz mumkin. 7. Spirt tutuvchilar: faol ta‘sir qiluvchi moddalarga etanol spirti, propanol-1, propanol-2, 2-etilengeksanol, n-propanol, fenoksipropanol va boshqalar kiradi. Aseptik bo‗limlarda ishlovchi ishchi-xodimlarning qo‗llarini tozalash maqsadida quyidagilarni qo‗llash tavsiya qilinadi: 75% li spirt, Okteniderm va Oktenisept, iodoforlar (iodopiron, iodonat, iodovidon). Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling