Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Sanitar-texnologik kiyimni zararsizlantirish. 
Aseptik bo‗lim uchun sanitar-texnologik kiyimlar to‗plamiga xalat yoki 
shim kostyum shim yoki kombinezonlar; maxsus poyafzal va baxillalar; og‗iz va 
burunni qoplovchi niqob; zarur bo‗lgan paytlarda talksiz rezina qo‗lqoplar kiradi. 
Komplekt bug‗ sterilizatorlarida 120
0
S da 45 daqiqa davomida yoki 132
0
S da – 20 
daqiqa davomida sterillanadi va yopiq bikslarda 3 kundan ortiq bo‗lmagan 
muddatda saqlanadi. Agar iloji bo‗lsa, bir martalik steril kiyimlar komplektidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Xodimlarni qo„lini dezinfeksiya qilish. 
Dorixonalarning sanitariya rejimiga muvofiq qo‗llarni maxsus tozalash 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: yuvish, dezinfeksiya qilish va yumshatuvchi 
vositalar bilan ishlov berish. Ifloslanishlarni va mikroflorani mexanik olib tashlash 
uchun qo‗llar yuqori ko‗pik qobiliyatiga ega bo‗lgan sovun bilan (bolalar, xo‗jalik 
sovunlari) yoki ishqorsiz suyuq yuvish vositasi bilan iliq oqib turgan suvda 
yuviladi. Chayilgan qo‗llar elektr quritgich yoki bir martalik sochiq yoki salfetka 
bilan quritiladi. 
Steril kiyim kiyilgandan so‗ng dezinfeksiyalovchi vositalar (teri 
antiseptiklari) bilan qo‗llar tozalanadi. Buning uchun 70% li spirt yoki boshqa 
spirt saqlovchi vositalar (AXD-2000, Oktoniderm, Oktonisept), 0,5% xlorgeksidin 
biglyukonat eritmasi ( 70%li etil spirtida), iodopiron eritmasi i 1% li boshqa 
iodoforlar (iodonat, iodvidon), 0,5% xloramin B eritmasidan foydalaniladi. 
Qo‗llarni zararsizlantirishda spirt saqlovchi preparatlar shimdirilgan dokali 
salfetka orqali artiladi. Xlorgeksidin yoki yodoforlarning eritmalaridan 
foydalanilganda preparat ko‗l kaftlariga 5-8 ml miqdorda quyiladi va shu bilan qo‗l 
terisi artiladi; qo‗llarni xloramin eritmasi bilan tozalanganda ular eritmaga 
botiriladi va 2 daqiqa davomida yuviladi, so‗ng qo‗llar quritiladi. 
Ish oxirida qo‗llar iliq suv bilan yuviladi va qo‗l terisining elastikligini va 
mustahkamligini ta‘minlovchi yumshatuvchi vositalar bilan ishlov beriladi. 
 
 


140 
Qopqoqli vositalar va yordamchi materiallarni dezinfeksiya qilish. 
*Yangi rezina tiqinlar 3 daqiqa davomida issiq (50-60
0
S) 0,5% li yuvish 
vositalari "Lotus", "Astra" eritmasi bilan yuviladi (tiqin va yuvish vositasi og‗irligi 
1:5 nisbatda bo‗ladi); 5 marta issiq vodoprovod suvi bilan yuviladi, har safar suv 
yangisiga almashtiriladi va 1 marta tozalangan suv bilan yuvildi; 30 daqiqa 
davomida 1% li natriy bikarbonat eritmasida qaynatiladi, 1 marta vodoprovod suvi 
va 2 marta tozalangan suv bilan yuviladi. So‗ngra shisha yoki emal idishlarga 
solinib, tozalangan suv bilan to‗ldiriladi, qopqog‗i yopiladi va 120
0
S da 60 daqiqa 
davomida bug‗ sterilizatorida saqlanadi. Keyin suv to‗kiladi va tiqinlar tozalangan 
suv bilan yana yuviladi. Tozalangandan so‗ng tiqinlar bikslarda joylashtirilib 
120
0
Sda 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida sterillanadi. Steril tiqinlar 3 
kundan oshmagan xolda yopiq bikslarda saqlanadi. Biks ochilgandan so‗ng, 
tiqinlar 24 soat ichida ishlatilishi kerak. Rezina tiqinlarni oldindan tayyorlab 
qo‗yish maqsadida ishlov berilganidan keyin sterilizatsiya qilmasdan issiq oqimli 
sterilizatorda 50
0
S dan yuqori bo‗lmagan haroratda 2 soat davomida quritiladi va 1 
yildan ko‗p bo‗lmagan muddatda salqin joyda yopiq bikslarda saqlanadi.
Ishlatishdan oldin rezina tiqinlar 120
0
S da 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida 
sterillanadi. 
* Rezina qopqoqlar 70-80
0
S gacha qizdirilgan 1-2% li yuvish vositalari 
eritmasida 15 daqiqa saqlanadi. Qopqoqlar massasining tozalash eritmasi hajmiga 
nisbati 1:5. Keyin eritma to‗kiladi va qopqoqlar oqib turgan vodoprovod suvi 
bilan, keyin tozalangan suv bilan yuviladi. Toza qopqoqlar biksga joylashtiriladi va 
50-60
0
S haroratda havo sterilizatorida quritiladi. Yopiq idishlarda (biks, banka, 
qutilarda) ularning ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi. 
* Yangi polietilen tiqinlar vodoprovod suvi bilan bir necha marta yuviladi 
(50-60
0
S). Saqlash vaqtida tiqinlar ifloslangan taqdirda, ular yuvish vositalari bilan 
oldindan yuviladi. So‗ngra tiqinlar tozalangan suv bilan chayiladi va 6 soat 
davomida yangi 6% li vodorod peroksidining eritmasiga botirib sterillanadi, 
shundan so‗ng ular tozalangan suv bilan yuviladi va 50-60
0
S da havo sterilizatorida 


141 
quritiladi. Quritilgan tiqinlar steril bankalarda, bikslarda 3 kunlik muddatda 
ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi. 
* Yangi plastik vintli tiqinlar vodoprovod suvi (50-60
0
S) bilan bir necha 
marta yuviladi, ifloslanganlari esa yuvish vositalari bilan yuviladi, so‗ngra 50-60
0

da havo sterilizatorida quritiladi. Quritilgan tiqinlar ularning ifloslanishini istisno 
etuvchi sharoitlarda yopiq qutilarda saqlanadi. 
* Yordamchi materiallarni sterillash uchun ular tayyor xolatda qanday 
ishlatilsa, shunaqa xolatda bikslarga joylashtiriladi (pergament va filtr qog‗ozlar, 
doka kerakli kattalikdagi bo‗laklarga bo‗linadi; paxtadan tamponlar qilinadi va 
boshqalar). 120
0
Sda bug‗li sterilizatorda 45 daqiqa davomida sterillanadi. Yopiq 
biks yoki qutilarda 3 kunlik muddatda saqlanadi, ochilgandan so‗ng material 24 
soat davomida ishlatiladi. 
Dezinfeksiya tadbirlarining sifatini nazorat qilish. 
Dezinfeksiya tadbirlarining sifati vizual, kimyoviy va bakteriologik nazorat 
orqali aniqlanadi. 
Vizual tekshirish vaqtida manbaning sanitariya holati, zararsizlantirish 
tadbirlarining o‗z vaqtida va to‗liq o‗tkazilganligi, manba va zararsizlantirish 
usullarini to‗g‗ri tanlanganligi, xona, manba (ob‘ekt) va manba yuzalarini 
zararsizlantirish sifati aniqlanadi. 
Kimyoviy nazorat faol ta‘sir etuvchi preparatlar va ishchi eritmalarning 
tarkibini, ya‘ni ishlatilayotgan ishchi eritma konsentratsiyasini amaldagi me‘yoriy 
hujjatlarda keltirilgan konsentratsiyalarga mosligini tekshirish, dezinfeksion 
moddalarni saqlanish jarayonlarining to‗g‗riligini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Buning uchun dezinfeksiyalangan jixozlar va manba yuzalarida xlor mavjudligi 
aniqlanadi. Agar dezinfeksiyadan so‗ng dezinfeksiyalangan jixoz va manba 
yuzalarida qoldiq xlor aniqlansa, dezinfeksiya to‗g‗ri va to‗liq o‗tkazilgan deb 
hisoblanadi. 
Yod-kraxmal usuli - dezinfeksiya sifatini baholashda tezkor usul hisoblanadi. 
Paxtadan tayyorlanilgan sharcha oldin 10% li kaliy yodidning eritmasida va keyin 
yangi tayyorlangan 1% kraxmal eritmasi bilan xo‗llaniladi. Agar paxtadan 


142 
tayyorlanilgan sharcha nazorat qilinayotgan yuzaga tegizilganda ko‗k rangga 
bo‗yalsa, bu faol xlor mavjudligini ko‗rsatadi, ya‘ni o‗tkazilgan dezinfeksiyani 
ishonchli ekanligini ko‗rsatadi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling