Nuraliyeva xafiza otaevna


 XONALAR HAVOSINI MIKROBLAR BILAN IFLOSLANISHI


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

5.3. XONALAR HAVOSINI MIKROBLAR BILAN IFLOSLANISHI 
SABABLARI VA ANIQLASH USULLARI. 
Dorixonalarda havoning bakterial ifloslanishi (mijozlar va ishchilar 
xisobiga) katta axamiyatga ega, chunki personalning har xil infeksiyalar bilan 
zararlanishiga va mikroblarning dori vositalariga tushishiga sabab bo‗ladi. Dorivor 
preparatlarga tushgan mikroflora uning fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga, 
terapevtik faolligining pasayishi, saqlash muddatining kamayishi, kasalliklar kelib 
chiqishi va asoratlarga olib keladi. Intensiv ravishda bakterial ifloslanish savdo 
zalida, yuvish va qo‗shimcha xonalarda kuzatiladi.
Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi manbalari. Mikrozarrachalarni 
xodimlar, to‗suvchi konstruksiyalar, asbob-uskunalar ajratadi, ular toza xonaga 
atrof-muhitdan olib kiriladi. O‗rtacha hisobda toza xonada mikroiflosliklarning 70-
80 foizi odamlarga, 15-20 foizi – asbob-uskunalarga, 5-10 foizi – atrof muhitga 
to‗g‗ri keladi. Toza xonada iflosliklarinng asosiy manbasi- odam. Bu odamning 
terisi tuzilishi va uning o‗zgarishi dinamikasi bilan izohlanadi. Odam terisi tashqi 
qoplami o‗lchami 1 mkm dan o‗nlab mkmlargacha plastinkalar (tangachalar)dan 
iborat. Ular teri yuzasidan muntazam tarzda ajraladi, bir necha kun ichida teri 
qoplamasi to‗liq yangilanadi. Ajralganda ular yanada mayda zarrachalarga 
parchalanadi. Tinch, harakatsiz holatda odam 1daqiqada o‗lchami 0,5 mkm 
atrofida taxminan 200 mingta zarracha ajratadi. Tananing ozgina harakati va 
kiyimning ishqalanishi ham zarrachalarning ajralishini 1 daqiqadabir necha 
milliongacha oshirib yuboradi. Intensiv harakat qilganda daqiqasiga taxminan 10 
mln zarracha ajraladi. O‗rtacha yiliga 3,5 kg yoki kuniga 10 g ajraladi.


128 
Ko‗pchilik tibbiy preparatlar – in‘eksion va infuzion preparatlar, ko‗z 
tomchilari, shilimshiq qavatlarning steril uchastkalariga yoki teridagi ochiq 
yaralarga suriladigan mazlar, kremlar, emulsiyalar steril bo‗lishi, ya‘ni har qanday 
mikroorganizmlardan holi bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlar, 
shuningdek tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar (kateterlar, qon quyish 
tizimlari, dializatorlar, gemo- va plazmofiltrlar va h. k. ) sifatini ta‘minlash 
farmatsevtika va tibbiyot sanoatining murakkab muammolari bo‗lib, ancha katta 
sarf-xarajatlarni taqozo etadi. Biologik kelib chiqqan aksariyat preparatlar esa – 
vaksinalar va zardoblar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar
gormonal preparatlar, interferonlar, qon o‗rnini bosuvchilar o‗ramada- sterillash 
usullariga dosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday preparatlarni ishlab chiqarish 
bosqichlarining katta qismida aseptika va sterillik sharoitlarini yaratish, 
shuningdek suyuqliklarni sterillovchi filtrlashdan foydalanish talab etiladi. Steril 
mahsulotning har ikkala turi toza xonalarda ishlab chiqarilishi zarur, ularga talablar 
GMP koidalarida keltirilgan 
Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo„llari. 
Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo‗llari har xil. Bular 
ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan xom ashyo va oraliq mahsulotlar, suv va 
gazlardir. Mikrobli kontaminatsiyaning boshqa manbasi atrof-muhitdir, muhim 
manbasi – odamlar. Preparatni tayyorlash jarayonida mikrobli kontaminatsiyani 
oldini olishga qaratilgan choralar mikrobli kontaminatsiya manbasining xavf 
darajasiga mos bo‗lishi kerak. Tashqi muhitdan izolyasiyalashga tegishli filtrlar 
tizimlari bilan jihozlangan va toza xonalarda ortiqcha bosimni ta‘minlaydigan 
ventilyasiya tizimlari yordamida erishiladi. Suv va gaz ta‘minoti manbalari orqali 
mikrobli kontaminatsiyaning oldi olinishiga ushbu muhitlarni issiqlik usulida yoki 
filtrlar yordamida sterillash yo‗li bilan erishiladi. Toza xonaga kiradigan odam 
umumiy hisobda 1014 dan ortiq tirik bakterial hujayralarga ega, ularning eng 
ko‗pi terida, og‗izda, ichakda mavjud. Toza xonalarda teri qoplamalari 
mikroflorasi preparat uchun katta xavf tug‗diradi, chunki ko‗pchilik bakteriyalar 
bemorlar 
uchun, 
ayniqsa 
immuniteti 
zaiflashganlar 
uchun 
patogen 


129 
hisoblanadi.Me‘yoriy xujjatlarga ko‗ra havoning tozaligiga baho berishda 1 m3 
havodagi mikroblar soni bilan baholanadi. A, B va V sinfga mansub xonalarda 
Staphilacoccus aerius koloniyalari, mog‗or zamburug‗lari va achitqilar 1 m
3
havoda aniqlanmasligi kerak. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling