Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish prinsipi


Download 0.89 Mb.
bet22/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish prinsipi. Uzoq vaqtlar boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv predmeti o’qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang’ich maktabdagi tabiatshunoslik ta’limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jug’rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan.
Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik prinsipi hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan prinsiplarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O’quv metarialining ilmiyliligi tushunarli bo’lish bilan uyg’unlashishi kerak, bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiatshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida o’qishga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling