Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet21/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Tayanch iboralar: metodika, didaktika muntazamlik va izchillik, o’quv materialini ilmiyligi, o’quv materialini tushunarli bo’lishi, nazariya, amaliyot, onglilik, ijodiy faoliyat, ko’rgazmalilik, individuallashtirish, o’lkashunoslik.
Hozirgi zamon pedagogikasida o’qituvchining faoliyati hamda o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri konkret didaktik prinsiplar bilan belgilanadi. Tabiatshunoslikni o’qitish fani quyidagi didaktik prinsiplarga amal qiladi.
1. O’qitishda muntazamlilik va izchillilik prinsipi. Maktab tabiatshunoslik kursi – bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o’quvchilarining tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar bilan, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik prinsipi amalga oshiriladi.
O’qitishning muntazamliligi ya’ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan sistemada amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir); 2) atrofdagi hayot va qurulish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar); 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnat; 4) maktaboldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishni nazarda tutadi.
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o’quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o’quv materialining tushunarli bo’lishi bilan belgilanadi.
Chunonchi: 1) maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o’simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni;
2) jonajon o’lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini;
3) Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o’rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, jug’rofiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyenasi bo’yicha oddiy (elementar) ma’lumotlarni beradi.
6-11 sinflarda biologiyani o’rganilishidan oldin 4 sinfda tabiatshunoslik kursi o’tiladi, u 1-4-sinflarda atrof olamning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5-6 sinflardagi botanika va 7-8-sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat to’g’risidagi boshlang’ich bilimlar asosida tuziladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling