Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Download 220.5 Kb.
bet1/14
Sana07.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1436964
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI




Mavzu: YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

MUNDARIJA






Kirish......................................................................................




I BOB

VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY RIVOJLANISHI VA TAYYORGARLIGI




1.1.

Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishni aniqlash.




1.2.

Yosh voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligi




1.3

Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. ..




1.4

O‘yinlar.




2-BOB

TADQIQOT ISHINI TASHKIL QILINISHI VA USLUBIYATI.




2.1.

Tadqiqotni tashkil qilinishi.




2.2.

Tadqiqot ishlarini uslublari.




2.3.

1Ilmiy adabiyotlarni taxlili qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish.




2.4

Pedagogik kuzatishlar.




2.5.

O‘quvchilarni jismoniy rivojlanishi.




2.6.

O‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligi. Tadqiqotni olib borilishi. Matematik – statistik usullar.




3-BOB

VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY SIFATLARNI OSHIRISHDA HARAKATLI O‘YINLARNI AHAMIYATI




3.1.

Harakatli o‘yinlar o‘quv trinerovka mashg‘ulotlarida.




3.2.

Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish.




3.3.

Voleybol sport turiga tayyorlovchi harakatli o‘yinlar.







Xulosalar







Amaliy tavsiyalar.







Adabiyotlar ro‘yxati




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshlarning har tomonlama tarbiyalash azaldan xalqimizning asosiy masalalaridan bo‘lib kelgan shu boisdan ham mustaqilligimizning dastlabki kunlarida xukumatimizning raxbariyati tomonidan ulkan ishlar amalga oshirildi.


Bugungi kunga kelib texnikasining rivojlanishi natijasida bolalarning xarakat extiyoji oshib bormoqda. Bu esa kasallikning kelib chiqishidagi asosiy sabablaridan biri. Shu tufayli darsdan keyingi sport to‘garaklarini ishini sifat va samarasini oshirish, katta ahamiyatga ega.
Umumta'lim maktablarda darsdan keyin tashkil qilingan voleybol to‘garaklarida turli xil xarakatli o‘yinlarni qo‘llash bolalarda avvalo xarakat faoliyatini oshiradi – qolaversa, ularning jismoniy tayyorgarliklari yaxshilanadi.
Raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarni erta yoshlikdan, to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport trenirovkasining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘g‘ri tanlash va amalga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste'dodli sport zahiralarini yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Mutaxasislarning qayd etishicha, mamlakatimizda milliy va olimpia sport turlari bo’yicha yuqori o’rinlarni egallayotgan sportchilarning asosiy qismini bolalar va o’smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari tashkil qilmoqda. Bu jismoniy tarbiya va sport soxasidagi tizimli ishlarning, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirish farzandlarimizning barkamol bo’lib voyaga yetishini ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodassidir.
Darhaqiqat, navqiron avlod o’rtasida sportni ommalashtirish maqsqdida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli chora-tadbirlar bugun o’z samarasini beryapti. Davlatimiz rahbari shu yilning 11-fevral kuni Oqsaroyda bo’lib o’tgan Ozbeekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishhida e’tirof etganidek, iste’dodli o’g’il qizlarimiz xalqaro maydonlarda qo’lga kiritayotgan kata g’alabalari bilan Ozbekiston yoshlarining xech kimdan kam emasligini takror va takror namoyon qilmoqda.
Vaxolanki, bundan 20-25 yil oldin yurtimizning olis, chekka hududlarida xam zamonaviy sport inshootlarini barpo etilishini, o’zbek yoshlari jaxon chempionatlarida zafar quchishini tasavvurimizga xam sig’dira olmaganmiz. Sir emas, mustabid tuzim davrida bolalar orasida sportni ommalashtirish xaqida so’z yuritilmas, maktablardagi jismoniy tarbiya darslari nomiga o’tilar, ayniqsa, qishloqlarda bu borada ahvol achinarli edi. Oqibatda ular o’rtasida o’kir respiratorli virusli infeksiyalarga, pnevmoniya, bronxit, skolioz kasalliklariga chalinish ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, yosh avllodni jismoniy, ruxiy va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash masalasi e’tibordan chetda qolardi.
Mustaqillik yillarida xalqimizning turmush farovonligini yaxshikash, oilalarni xar taraflama qo’llab quvvatlash, jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish say-xarakatlari jadal sur’at kasb etdi. Xususan, sog’lom turmushning muxim omillaridan biri bo’lgan sportga nisbatan ertamiz egalarida mehr va qiziqishni kuchaytirish, shu orqali ularning salomatligini mustahkamlashning tashkiliy-xuquqiy asoslari yaratildi. Bolalar sportini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mazkur sohadagi qonun xujjatlarning, davlat dasturining amaliyotga izchil tadbiq etilayotganini Farg’ona viloyati misolida xam ko’rish mumkin.
So’ngi yillarda ushbu viloyatdan sportning turli tonalishlari bo’yicha ellijdan ortiq Osiyo va jaxon chempionlari yetishib chiqdi. Farg’onalik yoshlarning respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda, xalqaro sport arenalarida zalvorli natijalarga erishayotgani, shubxasiz shahar va qishloqlarimizda navqiron avlodning jismoniy tarbiya xamda sport bilan professional tarzda shug’ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani bilan bog’liq. Chunonchi, 2014 yil xududda 14 ta bolalar sporti ob’yekti bunyiod etilgan bo’lsa, o’gan yili bu raqm yigirmatadan oshdi.
Aytish joizki, viloyatda maktabdan tashqari sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining moddiy-taxnik bazasi jaxon standartlaridarajasida mustaxkamlanib borayapdi. Bu esa umidli yosh sportchilarni tayyorlash va tarbiyalashda muxim o’rin tutmoqda. Zamonaviy sport inventarlari jixozlangan, yuqori malakali mehnat qilayotgan ushbu maktablarda iqtidor egalari bilan ishlashda ilg’or uslublar qo’llanilayotir.
Shu o’rinda yana bir muxim jihat.
Davlatimiz raxbari O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Xomiylik kengashi yig’ilishida qiz bolalarni ommaviy sportga jalb etish borasidagi amaliy ishlari haqida to’xtalar ekan, viloyatlar miqyosida olib qaraganda, 2015 yilda qiz bolalarning sport bilan shug’ullanishi Farg’ona viloyatida 47,6 foizni tashkil etgani e’tiborga loyiqligini ta’kidladi.
Xuddi shunday, xududimizda qiz bolaning sportga intilishini rag’batlantirish, mos sport turlari bo’yicha maxorat sirlarini o’rganishi uchun barcha shart-sharoitlarini kafolatlash, ayol murabbiylarini tayyorlash sifatini oshirish, qizlarni sport to’garaklariga yo’naltirishning afzalliklarini axoliga keng tushuntirish bilan bog’liq chora-tadbirlar o’zining ijobiy natijasini beryapti. Qizlarning – bo’lg’usi onalarning sport bilan muntazam shug’ullanishi millat genafondini yaxshilashga daxldor ekanligini xisobga olsak, bu yo’nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish nechog’lik dolzarb axamiyatga egaligini yana vbir karra xis qilamiz. “ Sog’lom ona va bola yili “ davlat dasturida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni sportga yanada ko’proq jalb qilish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Bu vazifalarni to’laqonli ro’yobga chiqarish, yosh avlodning barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun ko’maklashish parlamentimiz a’zolaridan xam kata mas’uliyat, fidoyilik talab etadi. “Jismoniy tarbiya va sport tog’risida”gi Qonun va boshqa tegishli xuquqiy xujjatlarning, davlat dasturlarining ijro mexanizmini taminlash xamda parlament nazoratini musyaxkamlash ayni zaruratdir.
Zero, bolalar sportini rivojlantirish orqali sog’lom kelajak poydevori barpo etiladi.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling