Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Jismoniy sifatlarni rivojlantirish


Download 220.5 Kb.
bet5/14
Sana07.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1436964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

1.3 Jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berildi. Insonning organizmda turli darajada moslangan kuch tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik tana bo‘g‘inlarini xarakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabulqilingan. Inson organizmini shu sifatlarini qanday nomoyon qila olishiga qarab kuchli, chaqqon, tezkor va h.k deb qaray boshlaganlar. Bu sifatlar o‘zining o‘lchoviga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatiga va vatan mudofasiga tayyorligi aniqlandi. Masalan individ 100 kg og‘irlikdagi shtangani yelkaga olib faqat 3 marotaba o‘tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortiq o‘tirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortiq bajarilganligi uchun ikkinchi o‘rtoqning kuch sifati rivojlangan deb qaraladi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa organizmlarining to‘qimalari, xujayralari va hokozolarni rivojlanganligigagina bog‘liq bo‘lmay, ma'naviy – ruhiy fazilatlariga ham bog‘liq. Shuning uchun harakat sifatlarini tarbiyalash ma'naviy – ruhiy fazilatlarini tarbiyalash ishi bilan chambarchas bog‘liq va tarbiyaning shu yo‘nalishiga vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari harbiy antom va aslaha bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga in'om etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo‘lgan jismoniy fazilatlarga bog‘liq. Ibtidoiy odamning jismoniy sifatlarini rivojlanganligi past bo‘lsa, yashash uchun kurasha olmagan. Keyinchalik abstrakt tafakkurning shakllanib rivojlanishi shaxsni jismoniy va har tomonlama garmonik tarbiyalash lozimligi masalasini ko‘ndalang qo‘ydi.
Jismonan barkamol, ahloqan pok, estetik didli, e'tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har tomonlama ma'naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi. Hozir ham bu dastur o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “sog‘lom avlod uchun” dasturini o‘zagini tashkil etadi.
Xulosa shuni ko‘rsatadiki jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarini rivojlantirishni mohiyatini yuqoriligi va salmoqliligi ko‘zga yaqqol tashlanib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning barchasi o‘zaro uzviy bog‘lab olib borishni tarbiya jarayoni taqozo qiladi. Lekin sportning ma'lum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u yetakchi harakat sifatida ko‘zga tashlanishi mumkin. Masalan, sport o‘yinlaridan basketboldan, asosan chaqqonlik sifatini rivojlanadi deb hisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham tarbiyalashda asosiy vositadir.
Og‘ir atletikachilarda kuch jismoniy sifati yetakchi fazilat sanaladi. Siltab ko‘tarishni ko‘p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlik ham ko‘makchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvohimiz. Umuman, chaqqonlikni rivojlantirish uchun ko‘proq o‘yinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, hokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu o‘yinlar uchun tezlikning ahamiyati ham ikkinchi darajali emas.
Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o‘zgaruvchan o‘yin sharoitiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo‘ljalga to‘g‘ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq to‘xtamga kelish, uni qilish va o‘z xarakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy – zaruriy amaliy xarakat malakalarni shakllantiradi. Velosiped, harakatli o‘yinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi.
Kuchni rivojlantirish uchun biz, odatda akrobatika, gimnastika, og‘ir atletika, kurash, eshkak eshish, o‘rta masofaga yugirish, regbi, kulturizm kabi sport turlaridan foydalanishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Aslida shu sport turlarining ayrim mashqlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bi yosh sportchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish uchun odatda badiiy va sport gimnastikasi mashqlaridan, akrabatikadan, suvga sakrashdan, kulturizmdan va boshqa mashqlardan foydalanamiz.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘rta va uzoq masofalarga yurish, sport yurishi, chang‘ida yurish, eshkak eshish, velosipedda yurish va shu bilan birga ayrim mashqlarni qaytarishlar sonini oshirish bilan erishishi mumkin. 300 m ga 3 marta emas, balki 4 yoki 5 marta suzish, 30 m. 60 m. 100 m. 200 m. 400 m ga yugurish: shu masofalarga suzish, velosipedga qisqa masofaga poyga, sport o‘yinlari, litangada “siltab ko‘tarish” mashqlarni bajarish tezkorlikni rivojlantirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, kuch shu kabi jismoniy sifatlar hyech qachon alohida ajratib rivojlantirilmaydi. Tarbiyaning boshqa turlari – aqliy, ahloqiy, ruhiy, mehnat va boshqalarni tarbiyalash jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida osonroq ko‘chadi va tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi.
Har qanday harakat biron bir konkret harakat vazifasi deb ataladigan vazifani hal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to‘pni ilib olish, raqibni aldab o‘tish, shtangani ko‘tarish va hakozo. Harakat vazifasining murakkabligi bir vaqtda va ketma – ket bajariladigan harakatlarning uyg‘unligiga bo‘lgan talablar, harakatlar koordinatsiyasi va boshqalar bilan belgilanadi.
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o‘lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch harakteristikalari harakat vazifasiga mos bo‘lsa, harakat yetarli darajada aniq bo‘ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovidir.
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni ikki guruhga ajratamiz.

  1. Nisbatan stereotip harakatlar.

  2. Nosteriotip harakatlar.

yengil atletika yo‘lkasida tekis joyda yugurishlar, uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi guruh harakatlariga, sport o‘yinlari, yakkama –yakka olishuv, slalom kross va shu kabilar ikkinchi guruhga kiritiladi. Stereotip harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga va texnikasini o‘zlashtirganligiga bog‘liq. Agar inson o‘zi uchun yangi xarakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatni o‘zlashtirib olishiga ko‘ra vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka ham baho beriladi. Shuning uchun harkatni o‘zlashtirib olishga ketgan vaqt chaqqonlik sifatining ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yuqorida aytganlarni hisobga olib, chaqqonlikni birinchidan, yangi harakatlarni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati, ikkinchidan harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq holda tezda qayta ko‘rish deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ta'rimizdan ko‘rinib turibdiki, chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o‘lchovga ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan holda sharoitga qarab u yoki bu o‘lchovni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko‘rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo‘lgan holda, qo‘llar bilan moxirona harakatda bo‘lagani holda, qo‘llar bilan harakat qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Har qanday harakat qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin doimo koordinatsiyaviy bog‘lanishlar asosida bajariladi.
Sxema tarzida har qanday individ yangidan – yangi harakatlarning barchasini oldindan o‘zlashtirgantajribalari zaxirasi asosida o‘zlashtiradi va mustaxkamlangan, g‘oyat ko‘p elementar koordinatsiyaviy bo‘lakchalarning yig‘inini tuzadi.
Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zahirasi, harakat ko‘nikmalari zaminini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangi harakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik darajasi analizatorlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Individning harakatlarning aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, yangi harakatlarni tez egallab ularni qayta o‘zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan kishilarda harakat tuyg‘usi ko‘rsatkichlari zaxirasiga tayanib o‘rganish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Boshqacha qilib aytsak, shug‘ullanayotganlarida o‘z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, Yangi harakatlarni ular shunchalik tez o‘zlashtiradilar.
Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastikligiga ham bog‘liq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik psixologiya nuqtai nazaridan, o‘z harakatlarini va tevarak – atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug‘ullanuvchining tashabbuskorligiga bog‘liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiyalarining tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol o‘ynaydi.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling