Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


II – BOB. TADQIQOT ISHINI TASHKIL QILINISHI VA USLUBIYATI


Download 220.5 Kb.
bet7/14
Sana07.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1436964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

II – BOB. TADQIQOT ISHINI TASHKIL QILINISHI VA USLUBIYATI.


2.1 Tadqiqotni tashkil qilinishi.
Tadqiqot ishini 2015-2016 o‘quv yilida olib borildi. Bunda asosan o‘rta umumta'lim maktablarida yosh voleybolchilarni jismoniy tayyorgarliklari kuzatildi va o‘rganildi. Umumta'lim maktablaridagi hamda BO‘SM dagi mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Mavzuga oid bo‘lgan adabiyotlar taxlil qilindi.
2.2 Tadqiqot ishlarini uslublari.
A) ilmiy – uslubiy adabiyotlarni tahlili.
B) pedagogik kuzatishlar
S) jismoniy rivojlanishi
G) jismoniy tayyorgarlik
D) pedagogik tajriba
ye) matematik statistik usullar
2.3.1 Ilmiy adabiyotlarni taxlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish. 12 yoshli voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi haqidagi ilmiy – uslubiy manbalar taxlil qilib umumlashtirildi.
12 yoshli o‘quvchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi o‘rganildi. Amaliy manbalarni va tajribalarni umumlashtirish maqsadida murabbiy va o‘qituvchilarni fikrlari suhbat tariqasida aniqlandi.
2.3.2 Tadqiqot ob’ekti.
Pedagogik kuzatishlar asosan Namangan tumanidagi qator BO‘SM larda, maktablarda o‘tkazildi. Bunda asosan darsdan keyingi voleybol to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar kuzatildi.
2.3.3 O‘quvchilarni jismoniy rivojlanishini aniqlashda quyidagi testlardan foydalandik.
a) gavda uzunligi (sm)
b) gavda og‘irligi (kg)
v) ko‘krak qafasining kengligi (tinch holatda sm)
g) o‘ng qo‘l kuchi (dinomometr, kg)
d) chap qo‘l kuchi (dinomometr, kg)
ye) o‘pkaning tiriklik sig‘imi (ml)
2.3.4 O‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalandik.
a) 30 m ga yugurish (soniya)
b) 4x10 mga moksimon yugurish (soniya)
g) turgan joyida uzunlikka sakrash (sm)
d) tanani bukib yozish 1 minut davomida (marta)
ye) oldinga engashish (sm)
2.3.5 Tadqiqot ishi 2016 yil noyabr oyidan 2016 yil may oyigacha Farg’ona viloyati Qo’qon sahridagi -- va -- maktablarda olib borildi. Tadqiqot ishida 32 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Tadqiqotdan oldin jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlar olindi. Tajriba va nazorat guruhlarida (yoki maktablarda) o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va rivojlanish holatlari hamda maktablarning sharoitlari deyarli bir xil edi.
Tajriba guruhi uchun mashg‘ulotlarga o‘quvchilarni jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'siretuvchi harakatli o‘yinlar ishlab chiqildi va mashg‘ulot uchun tavsiya etildi. Nazorat guruhida mashg‘ulotlar oldin qanday bo‘lsa, dars holatda o‘tkazildi.
2.3.6 Olingan mashg‘ulotlarni hisob qilishda pedagogikada umum qabul qilingan matematik – statistik usullardan foydalanildi.



Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling