Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi prinsipi


Download 0.89 Mb.
bet24/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi prinsipi. O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi prinsipi: 1) o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini; 2) o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o’qish mehnatini ijodiy xarakterda bo’lishini ; 4) bilimlardan amaliyotda ongli qo’llanilishi va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Onglilik prinsipini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan kuzatishlarni tavsiflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik prinsipi. Ko’rgazmalilik prinsiplaridan foydalanishning asosiy vazifasi va o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu prinsip atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik prinsipiga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy ta’surotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi to’la qimmatli bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktab oldi maydonchalarida, kuzatishlar o’tkazish, tajribalar qo’yishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya’ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali prnsipidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, tablisa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa bolalar taraqqiyotining ertangi bosqichlarida, tafakkurni, kuzatuvchanlikni faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashadi, ularni o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlaydi.
Tabiat jasmlari va hodisalari ustidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olishga va o’zlashtirilganlarni mustahkamlashga, o’qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o’rtasidagi chuqur bog’lanishlarni aniqlashga, jismlar to’g’risidagi fikrlar bilan ko’rganlarini taqqoslashga imkon beradi.
So’z bilan qabul qilish, so’z bilan tasavvur o’rtasida puxta bog’lanishlarning vujudga kelishi o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida o’qituvchi hikoya qilib berganlarning va ular to’g’risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling