Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Tabiatshunoslikni o’qitishning o’lkashunoslik prinsiplari


Download 0.89 Mb.
bet26/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Tabiatshunoslikni o’qitishning o’lkashunoslik prinsiplari. Maktab o’lkashunoslikning vazifasi – o’quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik – hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik prinsipi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma’lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik prinsipi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik prinsiplaridan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa – ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik prinsipidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’tadil, ya’ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va hakozolar) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik prinsipida tuzilishi kerak.
O’quv o’lkashunosligini o’lkani o’rganish bo’yicha faqat yurish va to’garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni sistematik kuzatishlar bilan, o’rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va esdalik joylarini tekshirish bilan hamda o’z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog’lash kerak bo’ladi.
Darslardagi umumlashtirish o’rganiladigan dastur mavzulari bilan bog’liq holda borishi lozim. O’lkashunoslik prinsipining mohiyati shundan ham iboratki, u o’quvchilarga tanish bo’lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3-4 sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarning muhim qismi – tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.
O’quvchilar zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa, daryo, suv havzalari, yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanishi va shikastlanishidan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qurilishdan himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat obyektlarining ta’rifini tuzish va ularni qo’riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo’lgan buyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta’sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.
O’lkashunoslik prinsipini o’quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o’lkashunoslik burchagida mahalliy materiallarni sistematik ravishda to’plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o’lkashunoslik kuzatishlari, boshlang’ich maktabda o’quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to’planib boradi va amaliy hayotda hamda tabiatni keyinchalik o’rganishda kerak bo’ladigan asosiy tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo’lib xizmat qiladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling