Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 0.89 Mb.
bet37/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Muammoli masalalar va topshiriqlar:

1. Boshlang’ich sinflarning tabiatshunoslik darslarida qo’llanilayotgan o’qitish vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.


2. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan quyidagi guruhlardagi savol va topshiriqlarga bittadan misollar keltirib, daftaringizga yozing:
a) bilimlarni mustahkamlash uchun;
b) mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun;
v) kuzatish yordamida olingan bilimlarni qo’llanish uchun;
g) tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun.
3. Xarita plandan nima bilan farq qiladi? Uning farqlovchi belgilarini aniqlang.
4. Globus xaritadan nima bilan farq qiladi? Uning asosiy farqlovchi belgilarini aniqlang.
5. Tabiatshunoslik dasturlarini tahlil qilib, ekran vositalarining ro’yxatini tuzing.
6. «Yozda cho’l», «Bahorda cho’l» nomli suratlarning biri bo’yicha suhbat uchun savollar tuzing.
7. «Tabiatda suv», «Plan va xarita» mavzulari bo’yicha doskaga chizish uchun sxematik rasmlar tayyorlang.
8. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan tabiiy ko’rgazmali qurollardan foydalanib o’tiladigan darsning rejasi va konspektini tuzing.
9. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan ekran vositalaridan foydalanib o’tiladigan dars rejasi va konspektini tuzing.
10. 4-sinfda tabiatshunoslik materiallarini o’zlashtirishda xarita – sxemalardan foydalanishni aks ettiruvchi dars rejasi va konspektini tuzing.


Bilimlarni tekshirish uchun savollar:

1. Darsliklar bilan ishlashda qaysi uslublardan foydalaniladi?


2. Darsliklardagi savol va topshiriqlar qaysi guruhlarga bo’linadi, ularni izohlab bering.
3. «Qabul qilish» deb nimani tushunasiz?
4. Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollarning turlarini sanab bering?
5. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
6. Sathli va hajmli ko’rgazmali qurollar haqida ma’lumot bering.
7. Devoriy suratlar bilan ishlashning ahamiyatini izohlab bering.
8. Suratlar bilan ishlashda qaysi xususiyatlarga e’tibor qaratish kerak?
9. Plan bilan ishlash metodikasi qanaqa?

  1. Plan xaritadan nima bilan farqlanadi?

11. Tabiatshunoslik darslarida xarita bilan ishlashning xususiyatlarini konkret misollar asosida ko’rsating.
12. Tabiatshunoslik o’qitishda globusning ahamiyatini izohlab bering.
13. Ekran vositalariga nimalar kiradi?
14. Tabiatshunoslikni o’qitishda diafilm va kinofilmlarning ahamiyati haqida ma’lumot bering.
15. Model deb nimani tushunasiz?
16. Tabiatshunoslik darslarida modellashtirishdan qanday maqsadda foydalaniladi?

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling