Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet40/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Xarita va globus. O’quvchilar 4-sinfda xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurlarni oladilar, shuning uchun sinfda O’zbekiston Respublikaining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo’lishi kerak. Shuningdek, atrof joyning shartli belgilariga ega bo’lgan yirik masshtabli plani va o’quvchilar yashayotgan hamda o’qiyotgan shahar yoki aholi punktining planidan ham foydalaniladi.
O’quvchilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo’ljallangan «Bizning vatanimiz» atlasi, shuningdek 4-sinf uchun kontur kartalar nabori keng qo’llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li katta globusdan, indiviudal ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi.
Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq pardadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan alaskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda tayyorlangan maktab proyeksion apparatlari maxsus qo’llanma bilan ta’minlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o’qituvchi qo’llanma mazmuni bilan tanishishi va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo’lishi kerak.
Tabiatshunoslik dasrlarida kodoskop ham qo’llaniladi, unda fabrika usulida bajarilgan tiniq pardada chizilgan maxsus tarnsporantlar va shuningdek yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar yonidan ko’rinishlar va boshqa qurollar qo’llaniladi.
Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlarni (masalan, ko’lni o’t bosishi, manbalar, ya’ni buloqlar hosil bo’lishi, tabiatda suvni doira bo’ylab aylanishi va bosh.) dinamikada (harakatda) ko’rsatish imkonini beradi. Bunday samaraga transporant kadrlarni izchillik bilan qo’yib borish bilan erishiladi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko’rinishini ekranda ko’rsatishga imkon beradi.
Ekran qurollari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin. Ekran qurollari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o’zida 5-6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda 10 gacha kadrlardan foydalansa bo’ladi. Ular hujjatli, ko’rinishli yoki multifikasiyalashgan bo’lishi mumkin. Ulardan maqsadga yo’nalgan holda foydalanish zarur. Ekran qurollarining kadrlarini e’tibor bilan ko’rish lozim, lekin uzoq vaqt emas, chunki bunda plyonka va oyna qizib ketadi va shakli o’zgarishi yoki yorilib ketishi mumkin. Bundan tashqari yorug’lik surati kuchli ta’sirlovchi sifatida ko’rish organini tezda charchatadi va shuning uchun ham tezda o’quvchilarning ma’dasiga tegadi. Murakkab kadrlardan foydalanishning eng ko’p vaqti 1-2 minut. Agar darsning maqsadi o’tilganlarni takrorlash bo’lsa, unda yorug’lik suratlarining (kadrlarning) soni 20-25 gacha ko’paytirilishi mumkin.
Esda tutish kerakki, ko’rsatilgan suratni o’quvchilarning o’zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o’quvchi ko’rganlarini noto’g’ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlanganda, muhimlarini ko’rmagandagina o’qituvchining aralashuviga yo’l qo’yiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling