Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish
Muammoli masalalar va topshiriqlar
Download 0.89 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimni tekshirish uchun savollar
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Tabiatshunoslik xonasini jihozlash va uning strukturasini tuzing. 2. Tabiatshunoslik darslarini jihozlashda ko’rgazmali vositalardan kompleks foydalanish yo’llarini tahlil qiling. 3. Jonli burchakni tashkil qilish va jihozlash, o’simlik va hayvonlarni tanlash, ularni joylashtirish va kuzatishlar o’tkazishga qo’yilgan talablarni tahlil qiling. 4. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan jonli tabiat burchagida o’tiladigan dars konspektini tuzing. 5. Tabiatshunoslik tasavvurlari hamda tushunchalarini shakllantirishda jug’rofiya maydonchasining roli haqida ma’lumotlar tayyorlang. 6. Jug’rofiya maydonchasidan foydalanib o’tiladigan dars konspektini tuzing (sinf va mavzu xohishingizga qarab). 7. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’lkashunoslik burchagining ahamiyati, materiallarni joylashtirish haqida ixborot tayyorlang. Bilimni tekshirish uchun savollar: 1. Tabiatshunoslik darslarida o’quv qurollarining qanday turlaridan foydalaniladi? 2. Tabiiy qurollarga nimalar kiradi? 3. Tabiatshunoslikni o’qitishda tabiiy qurollarning ahamiyatini izohlab bering. 4. Tabiatshunoslik darslarida xaritalarning qaysi tiplaridan foydalaniladi? 5. Proyeksion apparatlarga nimalar kiradi? 6. Tabiatshunoslikni o’qitishda proyeksion apparatlarning ahamiyatini ko’rsating. 7. Tajribalar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun jihozlarga qaysi jihozlar kiritiladi? 8. Jonli tabiat burchagi qayerda joylashtiriladi? 9. Jonli tabiat burchagi qanday jihozlanadi? 10. Jonli tabiat burchagida kuzatishlar o’tkazish uchun qanday o’simliklar tanlanadi? 11. Jonli tabiat burchagida hayvonlarning qaysi turlari bo’lishi kerak? 12. Akvarium va terrariumni tavsiflab bering? 13. O’lkashunoslik burchagi qaysi bo’limlardan iborat? 14. «Bizning o’lka» stendida qanday materiallarni joylashtirish mumkin. 15. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’lkashunoslik burchagining ahamiyatini izohlab bering. 16. Tabiatshunoslikni o’qitish uchun jug’rofiya maydonchasining ahamiyati haqida ma’lumot bering. 17. Jug’rofiya maydonchasida qanday jihozlar bo’lishi shart? 18. Flyuger nima? 19. Gnomon nima? 20. Quyosh soati va unga qarab bajariladigan ishlar haqida ma’lumot bering. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling