Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu O’qitish metodlari haqida tushuncha. Tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki uslublari va uning turlari


Download 0.89 Mb.
bet47/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
11 – mavzu O’qitish metodlari haqida tushuncha. Tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki uslublari va uning turlari.
1. O’qitish metodlari haqida umumiy tushuncha
2. Tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki metodlari
3. Hikoya va uning turlari
4. Suhbat va uning turlari
5. Tasviriy qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat
6. O’qilgan darslik maqolasi asosida suhbat

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 5, 16, 18, 28.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 12, 17, 29, 32.



Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, metod, o’qitish metodlari, og’zaki metodlar, aytib berish, ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish, suhbat, kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat.

Ma’lumki, mazmun va o’quvchilarning yoshiga muvofiq tarzda tanlangan metodlar bilim sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Metod o’zining umumiy ma’nosida maqsadga erishish usulidir, ma’lum tarzda tabiatga solingan faoliyatdir.


O’qitish metodi – o’qituvchining bilimlar berish usuli va ayni paytda ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog’liq tomonlari: beruvchi, ta’sir qiluvchi-o’qituvchi va qabul qiluvchi o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ifodalaydi. Bu o’zaro ta’sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog’liqdir. Bilim manbai o’quv materialining mazmuni bilan belgilanadi, u ta’lim prosessida yetakchi hisoblanadi.
Tabiatshunoslik o’qitish amaliyotida har xil o’qitish metodlari qaror topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni gruppalashtirish mumkin:
A) o’quvchilar bilim oladigan manbalar;
B) o’quvchilar faoliyatini xarakteri;
V) o’qitish prosessida o’quvchilar faoliyatini xarakteri.
Bu uch belgi o’rgatish va o’rganishni bir butun prosess sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o’qituvchilarning (o’rgatuvchining) va o’quvchining (o’rganuvchining) faoliyatlari o’zaro bog’langan va taqozo qilingan, bilim manbalari esa ham o’qituvchining faoliyati bilan o’zaro chambarchas bog’lanishda bo’ladi.
Darsda o’qituvchi turli ta’lim metodlaridan foydalanadi. O’qitish uslublarini tanlashda bir qator omillar, yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o’quv fani, o’rganiladigan materialning mazmuni, o’quvchilarning o’quv materialini egallashga tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Uslub tanlash va uni qo’llash xususiyati faqat darsdagi o’quv materialining maqsadiga emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi.
O’qitish uslubi tushunchasi didaktik va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri. O’qitish metodi deb – o’qituvchining dars berish usuli, bir vaqtning o’zida o’quvchilar tomonidan qabul qilish xususiyatlariga aytiladi.
Pedagogikada o’qitish deganda, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ish usullarining tushunish qabul qilingan. Bu faoliyat yordamida o’qituvchi bilim beradi, o’quvchilar bo’lsa bilim ko’nikmalarini o’zlashtiradilar, hamda ularning bilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi malakalar vujudga keladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni – bu o’qituvchining o’rgatuvchilik faoliyati bilan o’quvchilarning o’qish faoliyatining uyg’unlashishidir. O’qitish metodi esa – bu o’qituvchining bilimlar berish va ularni o’quvchilarning o’zlashtirib olish usulidir.
O’qitish metodi deganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro bog’langan faoliyati tushuniladi, buning jarayonida o’quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko’nikmalar o’zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoga qarash shakllanadi.
O’qitish metodlari to’g’risidagi masala – tabiatshnuoslikni o’qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u tabiatshunoslik tasavvurlari hamda tushunchalarni to’g’ri shakllantirish, yuqori ta’lim va tarbiya natijalariga erishish uchun qanday o’qitish kerak degan savolga javob berishga imkon beradi.
Tabiatshnuoslikni o’qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo’linadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling