Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Tasviriy qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat


Download 0.89 Mb.
bet50/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107
Tasviriy qurollarni ko’rsatish asosidagi suhbat. Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, «Dasht» mavzusini (4-sinf) o’rganishda o’qituvchi «Bahorda dasht» nomli suratni iladi va bo’yicha suhbat o’tkazadi. O’quvchilar ushbu savollarga javob berishlari kerak: suratda nimalar tasvirangan? Suratda qanday o’simliklarni ko’ryapsiz? (qum qiyoqi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o’simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo’q? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab bering (burgut, ilon, kalxat, dasht qarg’asi, o’q ilon, qum quyoni, chipor yashurka). Bu hayvonlar nima bilan oziqlanadilar?
Yordamchi savollar bo’yicha suratni tahlil qilib, o’quvchilar yangi ma’lumot oladilar, chunki o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini to’ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi.
O’qilgan darslik maqolasi asosida suhbat. Suhbatning maqsadi – u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to’g’ri tushunilganligini aniqlash, tabiatshunoslik maqolasini o’qishdan olingan yangi bilimlarni mustahkamlash va sistemalashtirishdir.
Shunday maqolalarni 1-sinfda o’qishda qisqa suhbat o’tkaziladi, unda bolalarning o’qilgan maqola mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam beruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin maqola abzaslar yoki mantiqan tugallangan qismlar bo’yicha o’qiladi va o’qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o’quvchilarga o’qilgan qismda qancha jumla bo’lsa, o’shancha savol beriladi. Matn albatta o’qituvchi tomonidan sharhlab beriladi, uni hikoya, ko’rgazmali qurollarni, o’qitishning texnika vositalarini namoyish qilish bilan birga olib boriladi. Suhbat o’quvchi bilimlarini o’zlashtirish darajasini aniqlash bilan tugallanadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitishning og’zaki metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi oldida turgan umumta’lim va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.


Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Metod va metodik uslublarning biri-biri bilan bog’liqlik tomonlarini yorituvchi konkret misollarni tahlil qiling.
2. O’qitish metodlari xususiyatlarini;
a) bilim manbalari;
b) o’qituvchining o’qitish faoliyati;
v) o’qituvchilikning bilish faoliyatini ko’rsatuvchi «Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi» (4-sinf) mavzusi asosida jadval tuzing va ushbu xususiyatlarni yoritib bering.
3. Hikoya turlarining integrasion va innovasion xususiyatlari haqida ma’lumotlar tayyorlang.
4. Suhbat turlarining integrasion va innovasion xususiyatlari haqida ma’lumotlar tayyorlang.
5. 3-4 sinf «Tabiatshunoslik» darsliklardan tasviriy qurollar ko’rsatish asosida suhbat o’tkazish bo’yicha mavzular ro’yxatini tuzing.
6. 1-2 sinflar «Atrofimizdagi olam» fanini o’qitilishida foydalaniladigan maqolalar ro’yxatini tuzing.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling