Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet58/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Ekskursiyalar o’tkazishda o’qituvchining topshirig’iga muvofiq mustaqil ish bajarilishiga (barglar yig’ish, qurigan shoxlarni qirqish, rasmlar chizish, o’lchashlar o’tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va h.k.) katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o’quvchilar o’qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o’quvchilarni ish uslubi bilan (masalan, qanday barglarni yiqish, shoxlarni qanday kesish, o’simliklarni qanday kovlab olish, sachoqlardan qanday foydalanish kerakligi bilan) tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktab oldi uchatkasidagi ishlardagidek o’qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib bolalarga yordam ko’rsatadi.
Qo’yi sinflarda ko’rgazmali qurollar tayyorlash bo’yicha amaliy ishlar olib boriladi. Ular uchun kerak bo’ladigan narsalarni tabiatga o’tkaziladigan ekskursiyalarda ham, maktab oldi uchastkasidagi ishlarda ham yig’ish mumkin. Tabiatshunoslik bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda, texnika mehnati darslarida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ushbu ko’rgazmali qurollarni: tuproqlar, foydali qazilmalar va hasharotlar kolleksiyalarini; hasharotlardan karam kapalagi, tut ipak qurti rivojlanishini aks ettiruvchi stendni; gerbariylarni (barglarning har xil shakllari, ularning ranglarini o’zgarishi, o’lkaning har xil manzarali daraxt va butalari, o’t o’simliklarning shoxlarini, o’simliklarning urug’dan izchil rivojlanish bosqichlarini) tayyorlashlari mumkin. O’quvchilar tayyorlagan ko’rgazmali qurollar bilan tabiatshunoslik kabinetini jihozlash va ulardan darslarda tegishli mavzularni o’rganishda foydalanish mumkin.
Shunday qilib, darsning maqsadi va uning mazmuniga qarab o’qituvchi o’qitishning xilma-xil metodlari va uslublarini qo’llanadi. O’qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ular kompleks holda, bir-birini to’ldirgan holda foydalanishi va asosiy maqsad o’rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga va tabiatshunoslik fanining tushunchalarini to’g’ri shakllanishiga xizmat qilish kerak.
Eksperiment – ko’pincha fiziologik prosesslarni o’rganishda o’tkaziladi. Eksperiment uzoq va qisqa muddatli bo’ladi. Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o’tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug’ning tarkibi, tuproqning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo’lishi va shunga o’xshashlarni o’rganish bo’yicha umum ma’lum bo’lgan ishlar misol bo’ladi. Urug’larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suv bug’lantirilishi kabi ancha oddiy tajribalarni o’quvchilar uyda bajaradilar.
Odatda, eksperimental ishlarni o’quvchilar darsdan tashqari mashg’ulot (indiviudal va gruppali) tarzda maktabning tirik tabiat burchagi yoki o’quv tajriba uchastkasida bajaradilar.
Shunday qilib, amaliy-ishlar kuzatuv va tajribalarni to’ldiradi va tabiiy materialni o’rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o’rgatadi. Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalari va ko’nikmalari hosil bo’lishiga, mustaqil ishlashga yordam beradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling