Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet78/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
Klub ishi. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari klub ishlaridan keng foydalanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat tanlashlari mumkin, o’zaro munosabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o’yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi.
Klub majlislarida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan: Bu nima? Nima uchun bu yuz beradi?, Qayerda buni ko’rish, bilish, o’qish mumkin? Bu kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o’rganadilar. Har bir klub majlisining zarur elementlari unda o’quvchilarning savollari va javoblaridir, javoblar topilgan manbalarning albatta ko’rsatilishidir. Bu ish bilan barcha o’quvchilarni qiziqtirish uchun sinfda «so’rang javob bermiz» yoki «Nimachinchining savollari» yozilgan quti qo’yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi.
Klubning navbatdagi majlisida bir hafta oldin o’qituvchi savollari mazmuniga qarab guruhlashtiradi, klub a’zolari orasida taqsimlaydi va javob topishni taklif qiladi. Javoblar tayyorlash uchun o’qituvchi klub a’zolariga spravochnik (ma’lumotnoma) va ilmiy-ommabop adabiyotga murojaat qilishni, agar kerak bo’lsa, tabiatda yoki jonli tabiat burchagida kuzatishlar, oddiy tajribalar o’tkazishni tavsiya qiladi. Savollarga javob berishni gap beradigan narsa va hodisalarni (o’simliklar gerbariysi, hayvonlar chuchelasi yoki ularning rasmlarni, diapozitiv, diafilm, tajriba va hokazolarni) ko’rsatish bilan olib borish ma’qul.
Klub mashg’ulotlarini o’tkazishga bunday tayyorgarlik bolalarda faqat kuzatuvchanlikni, qo’shimcha adabiyot bilan ishlash va savollarga to’g’ri javob berish uquvinigina emas, balki ko’rsatish uchun material tanlash uquvlarini ham rivojlantiradi, javoblarni ancha isbotli va esda qoluvchi bo’lishini ta’minlaydi, boshqa klub a’zolarida ham savollarni chuqur va qiziqarli yoritishga intilish vujudga keltiradi.
Klub majlisi o’tkazilayotgan sinfda burchak yoki axborot stendi (taxtasi)ni jihozlash kerak, ularda bo’lajak majlislar, ularning tematikasi, adabiyotni tavsiya qiluvchi ro’yxat to’g’risida bildirish joylashtiriladi. Bu yerda kitoblar, ko’rgazmali qurollar,yasamalar ko’rgazmasi ham o’tkaziladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling