Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish
Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi
Download 0.89 Mb.
|
Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi. 2-sinfda o’quvchilar atrof olam bilan tanishish bo’yicha dasturlarda tabiat bilan tanishishni davom ettiradilar. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi shuni yodda tutishi kerakki, tabiat va jamiyat atrof olam bilan tanishtirish kursida ikki parallel yo’l emas, balki bir yo’nalishdir, unda tabiatshunoslik va sosial xarakterdagi masalalar o’zaro bir-birlarini boyitib, o’ralib ketgan. Garchi bir xil darslarda ko’proq tabiatshunoslik, boshqalarida esa sosial masalalar qarab chiqilsa ham, asosiy g’oya – inson, jamiyat, tabiat – bu birlik, ajralmas butunlik degan g’oyaga asoslanib, doimo ularni birlashtiruvchi zvenoni topish zarur. Bu g’oya kursning asosini tashkil qiladi.
Ikkinchi yil o’qitishning vazifasi – birinchi sinfda belgilangan yo’nalishlarni yana ham rivojlantirishdir. Har bir mavzuni ochib berishda bolalarning Vatan, jonajon tabiat, ijtimoyi hayot to’g’risidagi konkert tasavvurlari kengayadi. Katta e’tibor o’quvchilarda uyda, maktabda va boshqa jamoat joylarda to’g’ri yurish-turish uquvlari hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, bolalar o’rtasida o’rtoqlik munosabatlarini, kattalarga e’tiborni, mehnatga hurmatni tarbiyalashga, shuningdek tabiatdagi muhim o’zaro aloqalarni aniqlashga, unga muhabbat va ehtiyotlik munosabatini tarbiyalashga, tabiatda o’zini to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. 1 va 2-sinf dasturlarini taqqoslash aytib o’tilgan har bir mavzuda qanday yangi masalalar ko’rib chiqilishini ko’rsatadi. Chunonchi, o’tgan «Bizning uy» mavzusi bo’yicha o’quvchilarning bilganlarini takrorlay borib, o’qituvchi ota-onalar kasblari, oilada mehnat majburiyatlarini taqsimlanishi ustida to’xtashi kerak. Kun rejimiga ham katta e’tibor beriladi. Birinchi sinf o’quvchilari butun kun maktabda bo’lganlar va qat’iy rejim bo’yicha yashaganlar. Ikkinchi sinfda ba’zi bolalar o’qishdan keyin uyga ketadilar. Shunga ko’ra ularni asosiy rejim momentlari, jumladan kun rejimida mehnat taqsimoti bilan tanishtirish muhimdir. Bu mavzuda o’z uyiga, o’yin va sport maydonchalariga, hovlidagi yashil ekinzorlarga ehtiyotlik munosabatini tarbiyalash bilan bog’liq yangi masalalar bor. «Bizning maktabimiz» mavzusida darsda, tanaffus vaqtida, oshxonada, kutubxonada va hokazolarda yurish-turish qoidalari bo’yicha bilim va uquvlar mustahkamlanadi. Bolalarda faqat shaxsiy buyumlarigagina emas, balki maktab mulkiga ham ehtiyotlik munosabatini tarbiyalash vazifasi qo’yiladi. Bolalar uchun qoidalar bilan tanishadilar. 2-sinfda «Bizning shahrimiz (qishlog’imiz)» mavzusi bo’yicha o’quvchilar tanishadigan obyektlar doirasi kengayadi, ba’zi o’zaro aloqalar ular ongida yetkaziladi, umumlashtirish shakllanadi. Chunonchi, bolalarni transportning yangi turlari bilan tanishtira turib, o’qituvchi yer usti, havo, suv tarnsportlarining barcha turlari uchun nima umumiyligini, tarnsportning qancha turlari borligini hikoya qiladi. Bolalar pasajjir transportidagi yurish-turish qoidalarini bilib oladilar, ularni bajarishga o’rganadilar. Bu shu mavzuning boshqa masalalariga ham daxllidir: shaharning madaniy-oqartuv muassasalari, maishiy xizmat korxonalari va boshqalarga borish ularning vazifalarini aniqlash, shu muassasalarda ishlayotgan odamlar mehnati bilan tanishtirish bog’lanadi. Bunda har safar jamoat joylaridagi yurish-turish qoidalari ishlanadi. Dasturda «Jonajon Vatan» mavzusi 1-sinfdagiga qaraganda ancha to’liqroq berilgan. Bu mavzu bo’yicha ish ilgarigidagidek mamlakatimiz hayotidagi atoqli voqyealar, umumxalq bayramlari bilan bog’lanadi. O’qitishning ikkinchi yilida o’qituvchi oldiga har bir bayramning mohiyati va ahamiyatini bolalarga tushuntirish ularda tegishli bilimlarni shakllantirish, odamlar bayramlarga qanday tayyorlanayotganlarini kuzatib borish vazifasin qo’yiladi. Shu vaqtning o’zida bolalarning bayramlarga tayyorlanishi va ularni o’tkazishda baholi-qudrat ishtirok qilishlari ham kerak. Barcha bu ishlar shunga qaratilishi kerakki,toki bolalar o’z mamlakatlarining fuqarolari ekanliklarini his qilsinlar. Mavzulardan har birining materiali odamlarga insonparvarlik munosabatini, ular mehnatining natijalariga hurmatni, tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Mashg’ulotlar davomida bolalarda sinf, maktab jamoasi hayotida faol qatnashishga, kattalarga baholi-qudrat yordam ko’rsatishga intilishni tarbiyalashga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish muhimdir. Bolalarga har xil kasbdagi kishilarga hurmatni tarbiyalashga alohida joy ajratiladi. Odamlar mehnati bilan hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalar yaratiladi: non yetishtiriladi, yangi uylar, maktablar, kasalxonalar quriladi, kitoblar chop etiladi va hokazolar deb ta’kidlaydi. Qishloq joylarida – g’allakorlar, paxtakorlar, chorvadorlar, agranomlar mehnati, shaharlarda – injener, konstruktor, ishchi va shu kabilar mehnati ustundir. Bolalarga konkert misollarda sanoat hamda qishloq xo’jaligining jadal rivojlanishi nimaning hisobiga ta’minlanayotganligini, har xil kasb egalarining mehnatini mashinalar qanday qilib yengillashtirayotganligini, nima uchun ular (pochta, ferma, magazin va shu kabi joylardagi apparatlar) yordamida ishlar tez va yaxshiroq bajarilishini ko’rsatmoq lozim. O’qituvchining vazifalaridan biri – har bir konkert kishining mehnati boshqa odamlarning mehnati bilan bog’liqligini, faqat zveno, brigada, bo’lim a’zolarining jamoa bo’lib yo’lga qo’yilgan ishi muvaffaqiyat keltirishini tushuntirishdir. Hosilni yig’ib-terib olish yoki uy qurilishini kuzatib, bolalar, shuningdek odamlar mehnati xizmat qiluvchi tarnsportning (kombaynlar, yuk mashinalari va shu kabilarning) batartib ishiga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Agar o’qituvchi o’z hikoyasini atrofdagi hayotdan misollar keltirish bilan birga olib borsa, ularni mamlakatimizda sodir bo’layotgan voqyealar bilan bog’lasa, yanada yaxshi bo’ladi. Eng muhim vazifalardan yana biri – bolalarni tabiatning konkert obyektlari va hodisalari bilan tanishtirishni davom ettirishdir. O’simlik va hayvonlar to’g’risida, yil fasllarining asosiy belgilari to’g’risidagi bilimlarsiz o’quvchilarda ekologik aloqalar, tabiatni muhofaza qilish zarurligi to’g’risida tasavvurlar shakllantirish mumkin emas, tabiatga muruvvatli munosabatni tarbiyalash mumkin emas. Dasturda bolalar farq qila olishga o’rganishlari kerak bo’lgan daraxt, buta hamda xona o’simliklarining minimal ro’yxati ko’rsatilgan. O’quvchilarning faqat o’simlik va hayvonlarning nomlarinigina bilishlari emas, balki ularni (daraxt, buta, o’t o’simliklari, darranda, qush, baliq, hasharotlarni) guruhlashtira olishlari ham muhimdir. Masalan, o’quvchilarni xona o’simliklari bilan tanishtira turib, o’qituvchi o’quvchilardan qaysi o’simliklarning nomlarini bilishlarini so’raydi. Keyin 3-4 o’simlik nomini aytadi. Farq qiladigan belgilari yaxshi ifodalangan o’simliklarni tanlaydi. Mashg’ulotlarni o’tkaza turib, o’qituvchi bolalarning tabiatdagi barcha o’zaro bog’lanishlarni tushunib olishlariga erishadi. Chunonchi, «Xona o’simliklari», «O’simliklarning urug’dan rivojlanishi» mashg’ulotlarida o’quvchilar o’simliklarga hayot uchun suv, havo, issiqlik va yorug’lik kerakligiga ishonch hosil qiladilar. Har xil o’simliklarga har xil yoritish talab qilinadi: bir xillari quyoshda yaxshi o’sadilar, boshqalari yorug’ni sevadilar, lekin ular yorqin quyoshga chidamaydilar, uchinchilari soya joyda yaxshi o’sadilar. O’simliklarni sinfda yoki jonli tabiat burchagida shuni hisobga olib joylashtiriladi. Bu bilimlar o’quvchilarga «Erta bahorda tabiat» mavzusida ekskursiya o’tkazilgan vaqtda kerak bo’ladi. Erta gullaydigan o’simliklar bilan tanisha borib, bolalar bu o’simliklarga ko’p yorug’lik kerakligini, chunki ular daraxt hamda butalarda soya hosil qiladigan barglar yozilgungacha gullashlarini bilib oladilar. Shuni ham aytish kerakki, erta gullaydigan o’simliklar himoyaga muhtojdirlar, ularni guldasta uchun hyech qachon uzmaslik kerak. Erta gullovchi o’simliklar oldida bolalar albatta hasharotlarni ko’radilar. O’qituvchi hasharotlarning bu yerga shirin nektar (gul shirasi) uchun uchib kelganliklarini, uni keyin asalga aylantirishlarini tushuntiradi. Odamlar o’simliklarni yulib olganlarida ular faqat o’simliklarni halok qilibgina qolmasdan, balki hasharotlarga ham, ularni oziqdan mahrum qilib, zarar keltiradilar. O’qituvchi so’rashi mumkin: «Atrofda biz qanday hasharotlarni ko’ryapmiz? Nima uchun biz ularni qishda ko’rmaymiz? Nima uchun endi hasharotlar o’z panohlaridan chiqqanlar?». Agar baqa yoki qurbaqani ko’rish iloji bo’lsa, nima uchun bu hayvonlar uyqudan keyin uyg’onganliklarini so’rash kerak bo’ladi. Bolalar birinchi sabab – issiq bo’lib qolganligini aytadilar. Agar zarur bo’lganda o’qituvchi baqa va qurbaqalarning hasharotlar bilan oziqlanishini eslatib o’tishi kerak. Demak, bahorda hasharotlarning paydo bo’lishi baqa va qurbaqalar uyg’onishining ikkinchi sababidir. Negaki, ularning asosiy ovqati – iskabtopar va pashshalardir. Baqalarning o’ldirish – minglab zararkunanda hasharotlarni erkinlikka chiqarish demakdir. Shunday qilib, bolalar o’simlik va hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan eng muhim sharoitlar haqida bilib oladilar, tirik mavjudotlar hayotidagi o’zgarishlarni shu sharoitlarning o’zgarishi bilan bog’laydilar, o’simlik va hayvonlarning har xil guruhlari o’rtasidagi aloqalarni bilib oladilar. Bu ekologik aloqalarni bilish tabiatga ehtiyotlik hamda mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Tabiat va jamiyatning o’zaro aloqalarini ko’ra turib, tabiatning amaliy ahamiyati ustida to’xtash lozim. Chunonchi, shahar (qishloq)dagi qurulishlarga bag’ishlangan mashg’ulotda har bir oila hayoti uchun uy-joy qurilishining ahamiyati to’g’risida, quruvchi kasblari, qurulish texnikasi to’g’risida, shuningdek qurulish uchun materialni (qum, loy, ohakni) odamlar tabiatdan olish to’g’risida hikoya qilish mumkin. Inson tabiatda temir rudasi, ko’mir, neft, yonuvchi gaz qazib oladi. Demak, tabiat odamlarni boqadi va kiyintiradi. Tabiatning amaliy ahamiyatini qadriga yetmaslik mumkin emas. Barcha mehnat va kasb turlari (shaxtyor, metallurg, g’allakor, paxtakor va boshqalar) tabiat bilan chambarchas bog’liqdir. Bu masalalarning hammasini birgalikda qarab chiqish zarur. Biroq tabiatni faqat moddiy farovonlik manbai sifatida baholash mumkin emas. Bu o’quvchilarda iste’molchilik, nima bo’lsa ham qilaverish psixologiyasini tug’diradi. Afsuski, maktablarning ish tajribasida bunday yondashish bugun ham uchrab turadi. Faqat tabiatning «foydasi» to’g’risida gapirish va bunda ehtiyotkorlik munosabatini shakllantirishga umid qilish – xatodir. Bolalarni tabiat go’zaligini qadrlashga, insonning dam olishi, yaxshi kayfiyatini vujudga keltirish, salomatligini saqlash uchun ahamiyatini tushuntirishga o’rgatish zarur. Har xil misollarda tabiatning insonga doimo kashf qilish xursandchiligini hadya etishi, u o’zining barcha ko’rinishlari bo’yicha ajoyib ekanligini ko’rsatishi, bolalarni g’alati va go’zallikni odatdagidek va har kungidek ko’rishga o’rgatish, bu g’alatilik, go’zallik, ehtiyot qilinadigan boylik ekanligini isbotlashga o’rgatish kerak. Bu o’qituvchining qiyin, lekin maroqli va qiziqarli vazifasidir. Tabiatning ko’p xil qadriyatlari bilan insoning tabiatni muhofaza qilish faoliyati chambarchas bog’liqdir. Atrof olam bilan tanishtirish mashg’ulotlarda o’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha muayyan bilimlarni oladilar. Birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o’tishda metod hamda tashkiliy ishlarda, shakllarda vorislik saqlanadi. Ilgarigidagidek katta e’tibor ekskursiyalarga ma’noli rolli o’yinlarga, muammoli vaziyatlarga, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilishga qaratiladi. Biroq 2-sinfda ko’proq mustaqil amaliy ishlar o’tkazish, bolalarga muayyan bilim va taqqoslash, tahlil qilish, klassifikasiyalash, o’zaro bog’lanishlarni aniqlash, kuzatilgan faktlarni umumlashtirish uquvlarini talab qiladigan ancha murakkabroq muammoli vaziyatlar taklif qilish mumkin. 2-sinf dasturida tabiatga mavsumiy: erta va kech kuzda, qishda va erta bahorda ekskursiyalar o’tkazish mo’ljallangan. Bundan tashqari imkoniyatga qarab o’qituvchi o’quv sayrlardan foydalanadi, ular davomiyligining qisqaligi va odatda kuzatiladigan tabiat obyektlari va hodisalari sonining ozligi bilan farq qiladilar. Bolalar faqat tabiatgagina emas, balki har xil korxonalarga (fabrika, oranjeriya, ferma, maishiy xizmat korxonalari va shu kabilarga) ekskursiyalar o’tkazadilar, kinoteatr, ko’rgazma, klublarga boradilar. Birinchi sinf o’quvchilaridan farq qilib, o’qitishning ikkinchi yilida bolalarga yuqoriroq talablar qo’yiladi: ular ekskursiya o’tkazuvchi bilan suhbatda faol qatnashishlari va o’qituvchi topshirig’i bo’yicha katta bo’lmagan mustaqil kuzatishlar bajarishlari kerak. Chunonchi, 8 Martga bag’ishlangan mashg’ulot o’tkaziladigan ekskursiya shaklida olib borilishi mumkin. Odatda, bolalar faqat e’tibor bilan ko’rib va ekskursovodni eshitibgina qolmasdan, balki ko’pgina savollar ham beradilar. Ekskursiya ikkinchi sinf o’quvchilari mehnat darslarida yoki kuni uzaytirilgan gruppada o’z qo’llari bilan tayyorlagan sovg’alarni taqdim qilish bilan tugallanadi. 8 Martga bag’ishlab bolalarning kichik konsertini tashkil qilish ham mumkin. 2-sinfda deyarli har bir mashg’ulotda muammoli vaziyatlardan foydalanish mumkin. Axloqiy vaziyatlar ko’pincha syujetli-rolli o’yinlarga kiritiladi. Masalan, «Biz shahar bo’ylab boramiz» («Transportda yurish-turish qoidalari» mavzusida) o’yin tashkil qilinadi. Sinfda stullardan «avtobus» quriladi. Oldinda haydovchi, uning qo’lida rul. U avtobusni haydab borayapti va to’xtash joylarini: «Zoopark», «Teatr», «Maktab»ni e’lon qiladi. To’xtash joyida yo’lovchilar kiradilar va chiqadilar, ular salonga kirib, kassaga yaqinlashadilar «tanga-chaqani» tashlaydilar, «bilet» yirtib oladilar va hokazo. Pedagog o’yinga rahbarlik qiladi, unga har xil muammoli vaziyatlar kiritadi. Masalan, o’qituvchi bolalarga shunday vaziyatni taklif qiladi: «Sen avtobusga kirding va o’z do’stingni ko’rib qolding», «Sen avtobusda o’tiribsan, to’xtash joyida salonga keksa erkak kirdi», «Sen buvang bilan avtobusga kirding, bo’sh o’rin bitta», «Sen kelgusi to’xtash joyida tushasan, oldinda odamlar ko’p», «Sen do’sting bilan baland ovozda gaplashayapsan. Yo’lovchilardan biri tanbeh berdi», «Sen bilet olishing kerak. Kassa uzoqda va odamlar ko’p». Bu vaziyatlarning qahramonini tasvirlab, bolalar u yoki bu holatda qanday ish tutishlarini ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Taklif qilingan yechim butun sinf bilan muhokama qilinadi. Muammoli vaziyatlar tabiatga ekskursiyalar vaqtida ham hosil qilinadi. Ayniqsa, hayotning o’zi hosil qilgan vaziyatlar ham qimmatlidir. Masalan, bolalar ko’pincha uylariga har xil hayvonlarni olib keladilar, lekin bu hayvonning o’zi uchun yaxshimi, o’ylamaydilar. Ushbu muammolii vaziyat foydaliroqdir: «Bolalar parkdan qayta turib, yerda yotgan qush bolasini ko’rdingiz. Lola suyunib ketdi va uni uyiga olib ketish uchun savatiga soldi. Nazira dugonasini to’xtatdi va unga nimanidir dedi. Lola qush bolasini savatdan chiqarib olib. Uni qo’yib yubordi». Savol qo’yiladi: «Qanday o’ylaysiz, Nazira dugonasiga nima degan edi? U haqmidi? Yoki «Nima uchun Nazira bilan gaplashgandan keyyin Lola qush bolasini qo’yib yubordi?». Ikkinchi sinf o’quvchilarini o’qitishda ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Ular maktab oldi uchastkasida va sinfda o’simliklarni, sharoit bo’lganda esa jonli tabiat burchagida hayvonlarni parvarish qildilar, qishlovchi qushlar uchun oziq tayyorlaydilar, qishda qushlarni boqadilar, daraxt va butalarni o’tqazishda, qushlarni uyalarini tayyorlashda kattalarga yordam beradilar. Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib, predmetlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan konkert tasavvurlar boshqa predmetlar bo’yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha. Predmetlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. «Atrof olam bilan tanishtirish» kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg’ulotlarda bolalar bir-birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar, taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining sevgan ishqibozliklari haqida hikoya qiladilar va hokazo. Syujetli-rolli o’yinlarda bolalar improvizasiya qilib, o’z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta’limi, o’qish, atrof olam bilan tanishish kabi predmetlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling