Turgan muammolardan hisoblanadi. Aniq fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar ko‘plab muammoli vaziyatlarga duch keladilar
Download 424.43 Kb. Pdf ko'rish
|
elektron-ta-lim-texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 787 www.ares.uz ELEKTRON TA’LIM TEXNOLOGIYASI Yu. A. Kuralov
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 787 www.ares.uz ELEKTRON TA’LIM TEXNOLOGIYASI Yu. A. Kuralov Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институти, Чирчиқ, Ўзбекистон ykuralov89@mail.ru Hozirgi kunda aniq fanlarni sifatli darajada o‘qitish pedagoglarning oldida turgan muammolardan hisoblanadi. Aniq fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar ko‘plab muammoli vaziyatlarga duch keladilar. Bilimlarni sifatli darajada yetkazib berishda pedagoglardan katta mahorat va o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish kerak bo‘ladi. Ta‘limning zamonaviy metodlaridan hisoblangan elektron ta‘lim aniq fanlarni o‘qitishda qo‘l keladi. Elektron ta‘lim – bu ta‘limning elektron metodlaridan biri hisoblanadi. Odatda, kompyuter yordamida kurslarning to‘liq yoki bir qismi o‘qitiladi. Elektron ta‘lim kurslarida xalqaro darajadagi resurslar taqdim etiladi. An‘anaviy ta‘lim o‘qitvchi-kitob-o‘quvchi tarzida bo‘lib kelgan. O‘quvchilar barcha ma‘lumotlarni kitobdan o‘qib olganlar. Elektron ta‘limda esa barcha resurslar Internet tarmog‘iga joylashirilgan bo‘ladi. Bu ikkala tizimning eng asosiy farqi shundaki, an‘anaviy ta‘limda resurslarga o‘zgartirish kiritish uchun ushbu kursga taalluqli bo‘lgan adabiyotni qayta nashr qilish zarur bo‘ladi. Elektron ta‘limda esa resurslarni qiyinchilaklarsiz almashtirish mumkin, hattoki resurslarni har kuni yangilab turish mumkin. Bu esa hozirgi axborotlar almashinuvi zamonida ancha qo‘l keladi[1]. Elektron ta‘lim tizimi ma‘lum platformadagi kurslaning yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda har bir foydalanuvchi alohida ro‘yhatdan o‘tkaziladi, har bir foydalanuvchi o‘z profiliga ega bo‘ladi. Qulaylik tomoni shundaki ushbu kurslardan foydalanish hech qanday ortiqcha dasturlar talab etilmaydi, kompyuter yoki mobil qurilmadagi internet brauzeri yetarli bo‘ladi. Elektron ta‘lim kurslari ma‘lum yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z ichiga mustaqil topshiriqlar, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ta‘limda elektron ta‘lim o‘z o‘rniga va bu tizim quyidagi qulayliklarga ega: 1) Malakali va sifatli ta‘lim – kurslar soxaning yetakchi mutaxasislari guruhi tomonidan tuzilgan bo‘lib, har bir dars sifatli bo‘ladi. 2) Kurslarning ochiqligi- kurs tinglovchilari ushbu kurslarni internet tarmog‘iga ulangan holda o‘qiy olishligi. 3) Elektron ta‘limda kurslarni tinglovchilarga yetkazib berishning arzonligi, bunda internet trafiklari uchun pul to‘lanadi. Download 424.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling