Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 788 www.ares.uz
4) Elektron kurslarda modullarga ajratib o‘qitish – tizimdagi har bir kurs alohida
modullarga ajratilgan bo‘ladi, bu esa kursni o‘rganishni osonlashtirib ko‘plab
ma‘lumotlarni taqdim etishga imkon beradi.
5) O‘quv jarayoninig moslashuvchanligi – tinglovchi o‘zi tanlagan kursni davomiyligi
va ketma-ketligi, butun kursni o‘zlarining ehtijoylaridan kelib chiqib moslashishi.
6) Istalgan joyda turib o‘qish – tinglovchilar o‘z uylaridan yoki ishxonalaridan turgan
holda ta‘lim olish imkoniyati.
7) Elektron kurslar foydalanuvchilari: o'qituvchilar va talabalar zamonaviy
texnologiyalar va standartlarga mos ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini
rivojlantiradilar. Elektron kurslar shuningdek, o'quv materiallarini o'z vaqtida va tezda
yangilab turishga imkon beradi.
8) Axborotni baholash mezonlarini aniqlash qobiliyati - elektron o'quv jarayonida
talabaning ta'lim jarayonidagi bilimlari baholanadigan aniq mezonlarni belgilash
imkoniyati mavjud.
Elektron ta‘lim tizimi pedagoglarning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi.
O‘qitilayotgan kurslarni doimiy takomillashtirish, tinglovchilarning ijodiy faolligini
va ularning malakasini oshirish, kiritilgan innovatsiya va yangiliklarga mos bilim
berish jarayonlarini muvofiqlashtirishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740son
qarori bilan ―Elektron ta‘lim milliy tarmog‘i‖ yaratilgan. O‘z faoliyatini 2017 yilda
boshlangan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ham
―Elektron ta‘lim tizimi‖ yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim talabalarning sifatli ta‘lim
olishlari uchun hizmat qilmoqda. Tizimda hozirgi kunda kunduzgi ta‘lim yo‘nalishlari
1 kursi uchun o‘quv kurslari tayyorlangan. Har bir o‘quv kursi quyidagi 4 ta bo‘limdan
iborat: 1) Kurs haqida ma‘lumotlar; 2) Me‘yoriy hujjatlar; 3) Kursning asosiy
mazmuni; 4) Adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |