Nurlanish energiyasi va oqimi


Download 0.75 Mb.
bet25/33
Sana15.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1775770
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Yoritish

Masalan.
1. Agar ko‘zdan farqlash ob’ektigacha bo‘lgan masofa 0,5 metrdan katta bo‘lsa, yoritilganlik jadvalda ko‘rsatilgan qiymatdan bir pag‘ona ko‘tarilishi mumkin.
YOritilganlik shkalasini (daraja ko‘rsatkichini) pog‘onalari, Lyuksda.
2. Odamlar doimo bo‘lib turadigan tabiiy yoritish bo‘lmagan joylarda ham yoritilganlikni bir pog‘onaga ko‘tarish ko‘zda tutiladi.
3. Bulardan tashqari ayrim hollarda, masalan odam qisqa vaqt davomida bo‘ladigan ishlabchiqarish joylarida, hamda doimo boshqarib turilmaydigan uskuna joylarida yoritilganlik bir pog‘onaga tushirilishi mumkin.
Sanoat korxonalarning yordamchi joylari uchun eng kichik yoritilganlik normalari alohida jadvalda keltirilgan (X, XI, XII - darajalar).
Bino tashqarisida bajariladigan ishlar uchun eng kichik yoritilganlik farqlash obektining burchak o‘lchamlariga bog‘liq holda normalanadi. (XIV, XVIII - darajalar). Sanoat korxonalarining hududlari uchun (yo‘l, yo‘lakcha, transport turar joylari, temir yo‘llar uchun) eng kichik yoritilganligi normalari jadvalda keltirilgan. (XIX- XXV).
YOritish qurilmalarini hisoblash usullari


YOritish qurilmalarini hisoblash deganda: - me’yorlangan normalangan, yoritilganlikni ta’minlovchi yorug‘lik manbasini sonini va quvvatini aniqlash yoki yoritish qurilmasi hosil qilgan haqiqiy yoritilganlikni aniqlash tushuniladi.
Hisob yuzasida hosil qilinayotgan yoritilganlikni to‘g‘ri (bevosita yuzada tushayotgan yorug‘lik oqimi hosil qilgan) va qaytarilgan (boshqa yuzalardan qaytarilish natijasida hisob yuzasiga tushayotgan yorug‘lik oqimi hosil qilgan) tarkiblar tarzida ko‘rish mumkin:

ETR – manbani nur (yorug‘lik) taqsimlanishi bilan va uni yuzaga nisbatan joylashishi bilan aniqlanadi.
EK – esa qaytaruvchi yuzalarga tushayotgan va ularning o‘lchamlari bilan xarakterlanadi (devor, shiftlar).
Hisobli yuza – yoritilganlik me’yorlangan yuzadir (ko‘p hollarda, poldan 0,8 m balandlikda joylashgan shartli yuza qabul qilinadi).
YOritilganlikni to‘g‘ri tarkibini (qismini) hisoblash usulini tanlash – manba turiga bog‘liq.
Manbani ikkiga bo‘lish mumkin (o‘lchami va yoritiladigan yuzagacha bo‘lgan masofaga qarab), nuqtasimon va chiziqli.
1. Nuqtasimon: - projektorlar, chug‘lanma va lyuminissent chiroqli yoritish uskunalari (umumiy maqsadda qo‘llaniladigan) - ko‘pincha ular yoritiladigan yuzadan uzoqda joylashgan, ularni nuqta tarzida ko‘rish mumkin va yorug‘lik kuchini taqsimlanishini chiziqlari bilan xarakterlash mumkin.
2. CHiziqli: - bir qator joylashtirilgan lyuminissent chiroqlarni yorug‘lik uskunalari bir tekis yoritiladigan panellar. Bularning o‘lchamlari yoritilgan yuzagacha bo‘lgan masofaga yaqin. Loyihalash tajribasida eng keng tarqalgan – I guruh, lekin oxirgi paytda II guruh keng qo‘llanilmoqda.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling