Nurlanish energiyasi va oqimi


Download 0.75 Mb.
bet29/33
Sana15.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1775770
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Yoritish

YOritish sistemasini tanlash
1. Umumiy bir tekis yoritish sistemasi.
Bu sistemada, har bir qatordagi chiroqlar orasidagi masofa va qatorlar orasidagi masofalar o‘zgarmas ushlab turiladi. Bunday bir tekis chiroqlarni taqsimlash, xonaning hamma maydonida yoritish bir xil sharoitini yaratish kerak bo‘lsa, qo‘llaniladi.
2. Tarqalishi cheklangan umumiy yoritish sistemasi.
Bu sistema. oldingiga, qaraganda o‘rnatilgan quvvati kamaytirish bilan birga, yoritishni sifatini oshiradi (yorug‘lik oqimini kerakli yo‘nalishga yuboradi va yaqin joylashgan jihozlarning soyasini yo‘q qiladi).
3. Qo‘shma (kombinatsiyalangan) yoritish sistemasi.
Bu, xonani umumiy yoritish va ish yuzalarini mahalliy yoritishlardan, tashkil topadi. Bu sistema, katta boshlang‘ich xarajatlar bilan xarakterlanadi (mahalliy yoritish uskunalariga ketgan qo‘shimcha xarajatlar natijasida), lekin bir qancha afzalliklari bor:
1. Kichik o‘rnatilgan quvvati va elektr energiya sarfi, bu esa elektr energiya bahosini kamaytiradi;
2. YOritishni ishlatishda qulayligi va moslashuvchanligi (nazorat, chiroqlarni ta’mirlash soddalashadi, va elektr energiyani tejash imkoniyati oshadi);
3. YOrug‘lik oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish mumkinligi va soyalarni joylashishini o‘zgartirish va ko‘rish darajasini o‘zgartirish mumkinligi;


YOritish turlari
1. Ish yoritishi. 2. Favqulodda (halokatli)yoritish.
Ish yoritish uskunalari, hamma holda, kerak (agar, favqulodda yoritish bo‘lsa ham).
I. Favqullodda yoritish agar ish yoritishini yo‘q bo‘lishi quyidagi sabablarga olib kelsa, qo‘llaniladi:
a) portlash, yong‘in, odamlarni zaharlanishi, shikastlanishi, o‘lim (davolash muassasalari, odamlar ko‘p joylar, ishlab chiqarish).
b) texnologik jarayonni uzoq buzsa;
v) korxonalarni va shaharlarni hayotiy markazlarining ishini buzsa, aloqa va elektro va suv ta’minlashi ishini buzsa.
YOritilganlik: 2-30 lk - bino ichida, 1-5 lk - bino tashqarisi.
II. Odamlar evakuatsiya qilinayotganda favqulloda yoritish 0,5 lk - bino ichida 0,2 lk - tashqarisida; favqulodda yoritish chiroqlarida ish yoritish chiroqlari ajratiladi va maxsus belgi qo‘yiladi.
YOritish qurilmasining vazifasi-yoritilganlikning kerakli sifatini ta’minlashdir. SHunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan omillarlar (ob’ekt ko‘rinishiga ta’sir qiluvchi), loyihalash paytida hisobga olinishi kerak. SHuning uchun, ular sun’iy yoritishning amaldagi normasining asosini tashkil qiladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling