Nurul-yaqin


Download 5.09 Kb.

bet20/26
Sana10.02.2017
Hajmi5.09 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26

QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Avtosga qochganlarning orqasidan Abu Omir Ash’oriy 
boshchiligida qo‘shin yubordilar. Musulmonlar dushmanni butunlay tor-mor etib juda 
ko‘p g‘animatlar olib qaytishdi. Bu g‘azotda sarkarda Abu Omir shahid bo‘lib, qo‘shinga 
uning qarindoshi Abu Muso qo‘mondonlik qildi. 
 
 
TOIF G’AZOTI 
 
Saqif va Hovozin qabilalaridan qochganlar Toif shahriga borib olishgan edi. 
Payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlangan qo‘shinga Xolid ibn Validni sarkarda 
etib tayinladilar-da, o‘zlari ham sahobalar bilan birga yo‘lga chiqdilar. Yo‘lda keta turib 
Avf ibn Molik Nasriyning qal’asidan o‘tayotganlarida sahobalarga uni buzib tashlashni 
buyurdilar. Saqiflik bir kishining bog‘i yonidan o‘tishayotganda bog‘bon musulmonlarga 
itoat etishdan bosh tortib yashirinib oldi. Rasululloh unga odam yuborib, agar 
yaxshilikcha chiqmasa bog’iga o‘t qo‘yib yuborilishini ayttirdi. Bog‘ egasi bosh tortgach, 
boqqa o‘t qo‘yib yuborildi.  

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Musulmonlar ko‘zlangan manzilga yetib kelgach, g‘animlarning bir yilga yetadigan 
oziq-ovqatni g‘amlab shahar qo‘rg‘oniga yashirinib olishganini bilishdi. Musulmonlar 
o‘zlari; uchun qulay joyni topib qo‘r tashlashdi, lekin hali nafas rostlab ulgurishmay 
shahar devoriga chiqib olgan g‘animlar qattiq o‘qqa tutishdi. Musulmonlardan juda ko‘p 
odam yaralandi. Abdulloh ibn Abu Bakrning jarohati og‘ir bo‘lib eng omilkor tabiblarning 
muolijalari ham naf bermadi, oxiri otasi xalifalik taxtiga o‘tirganda shu jarohat azobidan 
vafot etdi. Abu Sufyon ibn Harbning bir ko‘zi oqib tushdi, ikki kishi shahid bo‘ldi.  
Payg‘ambar alayhis-salom dushman yomg‘irdek o‘q yog‘dirayotganini, ajal xavfi 
kamayish o‘rniga battar zo‘rayotganini ko‘rgach, Toifdagi hozirgi masjid o‘rniga rafiqalari 
Ummu Salama bilan Zaynab uchun ikkita chodir tiktirdilar. Muhosara o‘n sakkiz kun 
davom etdi. Xolid ibn Valid dushmanni muborazaga (yakkama-yakka olishishga) 
chaqirdi. Lekin uning taklifiga hech kim javob bermadi, aksincha o‘q yomg‘iri battar 
kuchaydi. Saqif qabilasining oqsoqoli Abduyolil esa sarkardani mazax qilib: "Ey Xolid, 
xomtama bo‘lmay qo‘ya qol, sening oldingga hech kim chiqmaydi, biz qal’ada tinchgina 
o‘tiraveramiz. Bir necha yilga yetadigan oziq-ovqatimizni g‘amlab olganmiz. To 
yeguligimiz tugaguncha muhosara qilsang ixtiyoring. Hech vaqomiz qolmagandan keyin 
chiqib so‘nggi nafasimizgacha olishib o‘lamiz", dedi.  
Muhosara cho‘zilib ketgach, payg‘ambar alayhis-salom manjaniqni ishga solishni 
buyurdilar: istehkomni portlatish uchun bir nechta sahoba dabbobalar ichiga kirdi, lekin 
dushman musulmonlarning urinishini chippakka chiqardi: tepadan qizdirilgan temirlarni 
tashlab, hujum qilayotganlarni orqaga chekintirdi. Payg‘ambar alayhis-salom 
dushmanning tok va xurmo daraxtlarini kesib tashlashni buyurdilar. Musulmonlar shu 
zahoti ishga tushib ketishdi. Qal’adagilar rasulullohga murojaat etib: "Ollohning va 
qarindosh-urug‘chilikning haqqi-hurmati dov-daraxtlarni kestirma", deya yolborishdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom: "Mayli, Olloh bilan qarindosh-urug‘chilikning haqqi-hurmati 
daraxtlarni kestirmayman", dedilar va kim qal’adan chiqsa omonlik berilishini, uning 
joniga ham, mol-mulkiga ham dahl qilinmasligini aytdilar.  
Qo‘rg‘on devoridan o‘ntacha odam osilib tushdi. Yaxshi qurollangan dushmanning 
qattiq qarshilik ko‘rsatishi sababli muhosara uzoqqa cho‘zilib ketishi mumkinligidan 
tashvishlangan payg'amoar alayhis-salom Navfal ibn Muoviya Daylini chaqirib, qamalni 
davom ettirish kerakmi yoki orqaga qaytgan ma’tsulmi deya maslahatlashdilar. Navfal: 
"Ey rasululloh, iniga bekinib olgan tulkini poylab turaversang, oxiri tutib olasan, bordiyu 
tashlab ketsang, u senga biron ziyon-zahmat yetkazmaydi", dedi. Uning gapi ma’qul 
tushib rasululloh qo‘shinni chekintirishga buyruq berdilar. Ajablangan ba’zi sahobalar 
saqifliklarni duoibad qilishni so‘rashdi. Lekin sarvari olam parvardigorga yolborib: "Ey 
Olloh, saqif xalqini hidoyat qilgin, ular ham musulmon bo‘lib, huzurimga kelishsin", deya 
yaxshi tilak tiladilar. 
 
 
O’LJALARNING TAQSIMLANISHI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Ji’ronaga qaytib, g‘animalarning hisobini olgach, teng 
beshga bo‘ldilar. Islom dini hali diliga butunlay em bo‘lib ulgurmagan kishilarning 
ko‘nglini ovlash uchun ularga ko‘proq ulush berdilar. Hali imon keltirmagan odamlarni 
musulmonchilikka moyil qilish uchun bir talay narsa ulashdilar. Oldingi safda turgan Abu 
Sufyonga qirq uqiyya oltin bilan yuzta tuya berildi. Abu Sufyonning o‘g‘illari Muoviya 
bilan Yazidga ham shuncha narsa ulashildi. Abu Sufyon: "Ey rasululloh, ota-onam 
sadag‘ang ketsin, sen tinch-totuv paytida ham, urushda ham bir xilda madad ekansan", 
dedi. Payg‘ambar alayhis-salom Hakim ibn Hizomga ham Abu Sufyonga berganchalik 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
narsa ajratdilar. Hakim yana shuncha narsa berishni so‘ragan edi, payg‘ambar alayhis-
salom o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldilar. Hakim bunga ham qanoat qilmay yana shuncha 
so‘radi, rasululloh hech ikkilanmay uning talabini qondirganlaridan keyingina: "Ey 
Hakim, mol-mulk degan ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, shirin narsa. Ko‘zi to‘qlik bilan olsa 
barakasi bo‘ladi, ochko‘zlik bilan olsa, barakasi bo‘lmaydi. Mol-mulkka o‘ch odam yeb 
to‘ymas ochopatga o‘xshaydi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq", dedilar. Hakim 
dastlab berilgan yuz tuyani olib, qolganini qaytardi. "Seni haq payg‘ambar qilib yuborgan 
Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, sendan keyin to dunyodan o‘tganimcha birovdan 
sariq chaqalik narsa olmayman" dedi. Chindan ham Hakim so‘zining ustidan chiqdi. 
Rasulullohdan keyin o‘tgan halifalar Hakimga xazinadan keragicha mol-dunyo olishni 
taklif etishganda u qat’iyan bosh tortgan. 
Ibn Hisnga, Aqra ibn Hobisga, Abbos ibn Mirdosga ham yuztadan tuya berildi. Safvon 
ibn Umayyaga bir darani to‘ldirib turgan chorva hadya etildi. U mollarga ilgariroq 
qiziqsinib qaraganini sezgan payg‘ambar alayhis-salom: "Bu mollar ko‘zingga yaxshi 
ko‘rinyaptimi?", deb so‘radilar. Safvon bosh irg‘ab iqror bo‘lib qo‘ya qoldi. — Unday 
bo‘lsa olaqol, hammasini senga berdim." "O’sha paytda hech kim menchalik sevingan 
emas" deya eslaydi Safvon. Uning Islom diniga kirishining sababi ham shu edi. 
Payg‘ambar alayhis-salomning bu tarzda saxovat bilan qo‘li ochiqlik qilishlaridan 
ko‘zlangan maqsad odamlarning qalbini yumshatib Islom diniga kiritish sovg‘a-salomga 
qiziqtirish yo‘li bilan bo‘lsa ham Ollohning haqiqatini anglatish edi. Zakotning bir qismi 
ham odamlarning Islom diniga rag‘batlantirish uchun sarflanardi. Payg‘ambar alayhis-
salom ulashgan sovg‘a-salomlar keyinchalik juda katta foyda keltirdi. Dastavval 
musulmonchilikda to‘la barqaror bo‘lib ulgurmagan Safvon ibn Umayya Muoviya ibn abu 
Sufyon, Horis ibn Hishom singari zotlar o‘sha paytda berilgan hadya tufaylimi yoki 
boshqa sababdanmi, keyinchalik Islom dini uchun juda katta naf yetkazadigan mashhur 
shaxslarga aylanishdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom qolgan g‘aiimatlarning hisobini olib, g‘oziylarga bo‘lib 
berishni Zayd ibn Sobitga topshirdilar. Biroq arobiylar ungacha sabr qilmay ulushimizni 
ber, deb rasulullohni o‘rtaga olib, bir daraxt tagiga surib kelishdi. Sarvari olamning ridosi 
(yaktagi) daraxtning butog‘iga ilinib, orqaga tislanishlariga imkon bermadi. Shunda u 
kishi: "Ey jamoat, ridoimni qo‘yib yuboringlar. Xudo haqqi agar qo‘limda Tuhomaning 
daraxtlaridek behisob mol-mulk bo‘lsa o‘zimga hech narsa qoldirmay sizlarga bo‘lib 
berardim. Men qo‘rqoq, baxil, ko‘zi och odam emasman, — dedilar va borib tuyalarining 
bitta tukini yulib, oldilar-da, — ey, odamlar, menga g‘animatning beshdan biridan 
tashqari mana shunchalik ham narsa tegmaydi. Menga berilgan ulush ham sizlarga 
qaytariladi, sizlarning ehtiyojingiz uchun ishlatiladi. G’animatda ninachalik narsa olib 
qolmay o‘rtaga tashlanglar. G’animatga xiyonat qilganlar bu dunyoda uyatga qoladi, 
qiyomat kuni esa rasvo bo‘lib, azobga uchraydi", dedilar. Qo‘li egrilik qilib g‘animatni 
o‘g‘irlab olganlar hamma narsani qaytarib berishdi. Payg‘ambar alayhis-salom shundan 
keyingina g‘animatlarni taqsimlab, piyodalarga to‘rttadan tuya, qirqtadan qo‘y, otliqlarga 
esa uch hissa ortiq narsa berdilar. Lekin munofiqlardan biri norozi bo‘lib: "Olloh rozi 
bo‘ladigan taqsimot qilinmadi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salomning jahllari chiqib, 
qizarib ketdilar. — Seni qara-yu, agar men odil bo‘lmasam bu dunyoda kim odil bo‘ladi", 
dedilar. Har qancha achchiqlaigan bo‘lsalar-da, munofiqdan o‘ch olishdan o‘zlarini 
tiydilar. U kishi bunday qusurdan xoli edilar. O’zlarini bosib, yotig‘i bilan pand-nasihat 
qildilar. Payg‘ambarga tuhmat qilishning oqibati nimaga olib kelishini aytib 
ogohlantirdilar. Umar bilan Xolid ibn Valid: "Ey rasululloh bu yaramasning kallasini 
olaylik", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Yo‘q u namoz o‘qishi mumkin" deya ularni 
qaytardilar. Xolid: "Dili boshqa, tili boshqa namoz o‘qiydiganlar ko‘p-ku", dedi. 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
Rasululloh unga tanbeh berib: "Men odamlarning ichini yorib ko‘rishga 
buyurilmaganman", dedilar. 
G’animatdan quraysh va boshqa hamma qabilalarga ulush berildi, faqatgina 
ansorlarga hech narsa tegmadi. Bundan norozi bo‘lgan ayrim ansorlar: "Tavba, galati-
ku! Kechagina safimizga qo‘shilgan qurayshlarga g‘animat beriladi-yu, qilichimizni qonga 
bo‘yagan biz quruq qolaveramizmi?" deyishdi. Bu gapdan xabar topgan payg‘ambar 
alayhis-salom ansorlarni bir joyga to‘plab va’z aytdilar: "Ey ansorlar jamoasi, 
eshitishimcha mendan norozi bo‘libsizlar. Ilgari gumroh edinglar, Olloh men tufayli 
sizlarni hidoyat qilmadimi? Kambag‘al edinglar, Olloh men orqali sizlarni boylikka 
erishtirmadimi? Bir-biringlarga dushman edinglar, Olloh mening vositamda sizlarni 
do‘stlashtirmadimi? Qurayshlar endigina kufurdan xolos bo‘layotgan, boshiga musibat 
tushgan xalq. Men ularga mol-dunyo berib ko‘ngillarini ovlashga intildim. Ey ansorlar 
jamoasi, ularning ko‘nglini ko‘tarib musulmon qilish uchun berilgan arzimas narsaga 
mendan ranjidinglarmi? Men sizlarni imoni mustahkam, har qanday vaziyatda 
og‘ishmaydigan deb bilganim uchun hech narsa berganim yo‘q. Odamlar uyiga tuya, 
qo‘y haydab borishsa, sizlar Ollohning elchisini olib qaytasizlar. Nahotki bu sharafdan 
norozi bo‘lsanglar? Xudo haqqi, agar hijrat qilinmasa men ansor bo‘lardim, agar hamma 
odamlar bir yo‘lga yurib ansorlar boshqa tomonga ketishsa, men shubhasiz ularga 
ergashardim. Ey robbim, ansorlarga rahmat qil! Ularshshg bola-chaqalaridan 
rahmatingni darig‘ tutma!" 
Payg‘ambar alayhis-salomning chin yurakdan kuyunib aytgan gaplarini eshitgan 
ansordarving diydasi yumshab, ko‘z yoshlaridan soqollari ho‘l bo‘ldi va bir ovozdan 
nasibamiz rasululloh bo‘lishiga mingdan ming rozimiz, deyishdi. 
 
 
HOVOZIN QABILASINING ELCHILARI 
 
Oradan o‘n kun o‘tgach, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Hovozin 
qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Ular asir olingan ayollarini ozod etishni, aks 
holda nomusdan bosh ko‘tarib yurolmasliklarini aytib, tavallo qilishdi. Zuhayr 
rasulullohga: "Ularning orasida sut onalaring, ammalaring, oq yuvib, oq taragan 
tarbiyachilaring bor", dedi va u zoti muborakning ko‘ngillarini eritish uchun quyidagi. 
she’rni o‘qidi: 
Kechirgin ey rasululloh, qilib sen marhamat bizga,  
Kutarmiz iltifotingni umidvorlik bilan har dam.  
Oq sutini ko‘kka sog‘magan onalarga qil shafqat,  
Ularning mehri-la bo‘lding Ollohga suyumli, hamdam.  
Aytajakmiz tashakkurlar sening bu iltifotinga, 
Muhr bo‘lib bosilgusi bir umrga unutilmay noming ham.  
Umidvormiz erishgaymiz sening shafqat, iltifotingga,  
Qancha ko‘p avf etsang senga shuncha nusrat bo‘lur hamdam.  
Seni oq sut berib boqqan ayollarni kechirgaysan,  
Rasulnnig bag‘ri keng albat, saxovati beadad har dam. 
Payg‘ambar alayhis-salom: "Men rost gapni yaxshi ko‘raman, ikki-narsadan birini 
tanlanglar: yo bola-chaqangazni, yo mol-holingizni olib ketasizlar. Yo‘lingizga ko‘z tikib 
charchadim, endi kelmasanglar kerak deb o‘ylagan edim", dedilar. Elchilar bu gapdan 
quvonib ketishdi. Biz uchun zurriyotlarimiz hamma narsadan a’lo. Xotinlarimiz bilan 
bolalarimizni qaytarib bersang bo‘lgani, mol-mulkimiz haqida gaplashnb ham 
o‘tirmaymiz. Bola-chaqadan ham ortiq davlat bormi", deyishdi ular. 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
Payg‘ambar alayhis-salom: "O’zim bilan Abdulmuttalib jamoasi qo‘lidagi asirlarni 
qaytarib beraman. Peshin namozidan keyin xalqqa musulmon bo‘lganinglarni aytasizlar. 
Rasululloh orqali musulmonlardan, musulmonlar orqali rasulullohdan shafoat tilaymiz, 
deb diniy qarindosh ekaninglarni el-yurtga bildirasizlar", dedilar. Elchilar u kishining 
aytganlarini bajo keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘z sahobalariga yuzlanib: "Diniy 
qarindoshlaringiz tavba qilib kelishibdi, men ularning bola-chaqalarini qaytarib 
bermoqchiman. Istagan odam menga o‘xshab ish tutsin, istamagan odam esa asirniig 
badaliga narsa olib ozod qilsin", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar barobariga: 
"Qo‘limizdagi hamma asirlarning ixtiyori rasulullohda", deyishdi. Faqat Aqra’ ibn Hobis, 
Uyayna ibn Hisn, Abbos ibn Mardos kabi bir guruh odam asirlarni qaytarib berishdan 
bosh tortdi. Payg‘ambar alayhis-salom ulardan asirlarni qarzga olib, egalariga 
qaytardilar. Payg‘ambar alayhis-salom bu urushda Hovozin qabilasi bilan boshqa 
mushriklar qo‘shiniga sarkardalik qilgan Molik ibn Avf Nasriyning oila a’zolarini 
Makkadagi ammalari Ummu Abdulloh ibn Abu Umayya bilan bir joyga qamab qo‘yishni 
buyurdilar. Elchilar: "Ular bizning kattamiz-ku", deyishgan edi, rasululloh: "Mening 
ularga yomonlik qilish niyatim yo‘q", dedilar va Molikning qayerdaligini so‘radilar. Uning 
Saqif bilan birga qochib ketganini aytishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Molikka 
aytinglar, agar u mening huzurimga musulmon bo‘lib kelsa, xotin bola-chaqasidan 
tashqari yuzta tuya ham beraman", dedilar. Bu gapdan xabar topgan Molik qal’adan 
yashirincha chiqdi-da, Ji’ronaga kelib rasulullohning huzurlarida islom diniga kirdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom uni Hovozin qabilasidagi imon keltirgan musulmonlarga bosh 
qilib tayinladilar. 
 
 
JI’RONA UMRASI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom umra qilish niyatida Ji’ronadan ehrom bog‘lab, kechasi 
Makkaga bordilar. Baytullohni tavof etgach, hojarul asvadni o‘pib, izlariga qaytdilar va 
Ji’ronada o‘n uch kun turganlaridan keyin qo‘shinni yo‘lga otlanishga buyurdilar. 
Musulmonlar Zulqa’da oyining 27-kuni Madinaga eson-omon yetib keldilar. 
Hunayn g‘azotida Olloh taoloning irodasi bilan mushriklar parokandalikka uchradi
shon-shavkatidan ayrildi, aholining ko‘pchiligi xonavayron bo‘ldi. Hovozin qabilasi 
urushga yaroqli odamlarning hammasini, tuyalarini, chorva mollarini jangga haydab 
chiqqan edi. Olloh taolo mushriklarni mag‘lub qilib, ularning mol-mulkini musulmonlarga 
berdi va shu yo‘l bilan mushriklarning tahdidini daf etib, islom dinini kuchaytirdi. Bu 
g‘azotdan keyin mushriklar orasida payg‘ambar alayhis-salomga qarshi chiqadigani 
qolmadi. Havozin qabilasi tor-mor keltirilgan Hunayn g‘azotini mushrik arablar bilan 
musulmonlar o‘rtasidagi so‘nggi to‘qnashuv deyish mumkin. To‘g‘ri, keyin ham 
payg‘ambar alayhis-salomga qarshi chiqadiganlar, qurol ko‘tarib islom dinini mahv 
etishni ko‘zlaganlar bo‘ldi, biroq ularning hammasi Olloh taoloning asl haqiqatini anglab 
yetgach, o‘z-o‘zidan qurollarini tashlashdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga qaytib kelganlaridan keyin Yamanda yashovchi 
Sudo’ qabilasini islom diniga da’vat etish uchun Qays ibn Sa’d boshchiligida to‘rt yuz 
kishilik qo‘shin yubordilar. Sudo’ qabilasidan bir kishi kelib: "Ey rasululloh, qo‘shining 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
qaytsin, men o‘z qavmimni huzuringa boshlab kelaman", dedi. payg'ambar alayhis-
salom islom lashkarini qaytishga buyurdilar. 
 
 
SUDO’ ELCHILARI 
 
Elchi o‘z qabilasiga qaytib borgach oqsoqollar bilan kengashib, o‘n besh kishi 
rasululloh huzurlariga borishga qaror qilishdi. Ular Madinaga kelib, Sa’d ibn Ubodaning 
uyiga tushishdi. Shundan keyin islom diniga kirganlarini bildirib, payg‘ambar alayhis-
salomga bay’at qilishdi. "Biz bu yerga kelmagan odamlar uchun qam bay’at qilamiz", 
deyishdi ular. Elchilar o‘z yurtiga qaytib borgach, butun qabilasi imon keltirib, musulmon 
bo‘ldi. Hajjatul vadoh (xayrlashish haji) da ulardan yuz kishi kelib, payg‘ambar alayhis-
salom bilan Ka’bani tavof qilishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Bashr ibn Sufyo Adviyni Huzo qabilasiga mansub banu Ka’b 
arablaridan zakot olish uchun yubordilar. Banu Ka’b arablarining qo‘shnilari banu Tamim 
qabilasi ularni zakot, berishdan qaytardi. Bu xabarni eshitgan rasululloh ularga qarshi 
Uyayna ibn Hisn boshchiligida ellik kishilik qo‘shin yubordilar. Musulmonlar qo‘shini banu 
Tamim qabilasi bilan urushib, o‘n bir erkak, yigirma bir ayol, o‘ttiz nafar bolani asir olib 
qaytdi. Payg‘ambar alayhis-salom asirlarni Horisning qizi Ramlaning hovlisiga qamab 
qo‘yishni buyurdilar. 
 
 
TAMIM ELCHILARI 
 
Oradan bir necha kun o‘tgach, asirlarni ozod etish uchun banu Tamim qabilasining 
oqsoqollaridan iborat elchilar hay’ati payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga yukunib 
keldi. Ularning orasida Utorid ib Hojid, Zabirqon ibn Badr va Amr ibn Ahtamlar bo{ edi. 
Payg‘ambar alayhis-salom hadeganda chiqavermaganlaridan keyin elchilar u kishining 
uylariga borib baland ovozda: "Ey Muhammad, bu yoqqa chiq! Biz sen bilan basma-bas 
maqtanishgani keldik. Biz maqtagan kishimizni osmonga opchiqib qo‘yamiz, hajv qilgan 
odamni yerga kirgizib yuboramiz"', deya baqirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning 
baqiriq-chaqiriqlaridan og‘rinib istar-istamas chiqdilar. Qur’oni Karimdagi Hujurot 
surasining 4-5 oyatlari mana shu befarosat, baqiroq odamlar haqida nozil bo‘lgandir: 
"Uyingning orqasidan seni chaqirganlarning ko‘pchiligi aqlsiz odamlardir. Agar ular sen 
chiqquncha sabr qilishsa, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi albatta. Olloh mag‘firat qilguvchi 
nihoyatda mehribondir". 
Ayni shu paytda peshin namozining vaqti yetib, hazrati Bilol azon aytdi. Payg‘ambar 
alayhis-salom masjidga yo‘l oldilar, biroq elchilar u kishining yo‘llarin to‘sib: "Biz banu 
Tamim qabilasidanmiz. Shoiru notiqlarimizni olib keldik. Sen bilan she’r 
aytishmoqchimiz, basma-basiga maqtanishmoqchimiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Men Olloh tomonidan she’r aytishga yuborilmaganman, maqtanishga 
buyurilmaganman" deya namozlarini o‘qiyverdylar. Elchilar u kishining atrofini o‘rab olib, 
o‘zlarining hamda ota-bobolarining shon-shavkati bilan maqtana boshlashdi. Amr ibn 
Ahtam Zabirqon ibn Badrni maqtab: "Davralarda uning gapi o‘tadi, u o‘z qabilasining 
xo‘jasi" dedi. O’z navbatida Zabirqon o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Amr mening shon-

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
shavkatimni ko‘rolmay yuqorida aytilganlardan ustun turadigan boshqa fazilatlarimni bila 
turib, tilga olmadi", dedi. Amr shu zahoti: "Zabirqon odamgarchiligi yo‘q, toshdan ham 
qattiq, zoti past odam", dedi. Amrning birpasning o‘zida ikki xil gapirganidan payg‘abar 
alayhis-salom g‘azablandilar. Rasulullohning g‘azablanganlarini ko‘rgan Amr: "Ey 
rasululloh, avvalgi gaplarim rost, lekin keyingi aytganlarim ham yolg‘on emas. Men 
oldiniga undan rozi bo‘lib bilganlarimning eng yaxshisini aytdim, keyin undan ranjib, 
bilganlarimning eng yomonini aytdim", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bayon qilishda 
bir sehr bor", dedilar. Shundan keyin elchilar imon keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom 
ularga asirlarni qaytarib berdilar hamda talay sovg‘a-salom ulashdilar. Tamimliklar 
Madinada ancha vaqt turib Qur’on va diniy ahkomlarni o‘rganishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun Valid ibn Uqba 
ibn Abi Muaytni yubordilar. Mustaliq arablari Valid kelayotganini eshitib, uning istiqboliga 
qurolli odamlarni chiqarishdi va birvarakayiga zakotga beriladigan tuyalarni ham olib 
borishdi. Johiliyat davrida Valid bilan bu qabila o‘rtasida adovat bor edi. Shu bois Valid 
qurolli odamlarni ko‘rgach, mustaliq arablari urushgani yasov tortib kelishayotgan ekan, 
degan o‘ida darrov iziga qaytdi-da, payg‘ambar alayhis-salomga: "Ular murtad bo‘lib 
ketishibdi, zakot berishdan bosh tortishdi", dedi. 
Rasululloh vaziyatni bilib kelish uchun Xolid ibn Valid boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. 
Xolid qo‘shindan ilgarilab, yashirincha Mustaliqqa keldi va bomdod namoziga azon 
aytilayotganini eshitib, astagina iziga qaytdi. Payg‘ambar alayhis-salomga bani Mustaliq 
arablarining murtad bo‘lib ketmaganini ma’lum qildi. Rasululloh zakot olishga Validdan 
boshqa odamni jo‘natdilar. Valid haqida Qur’oni Karimdagi Hujurot surasining 6-oyati 
nozil bo‘ldi: "Ey mo‘minlar, agar bir fosiq kimsa biron xabar yetkazsa, sizlar bilmasdan 
biror xalqni ranjitib qo‘ymaslik uchun surishtirib ko‘ringlar. Aks holda qilmishinglar 
uchun pushaymon bo‘lib qolasizlar". 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salomga Habashistonlik bir guruh odam Jidda aholisiga hujum 
qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Rasululloh ularga qarshi 
Alqama ibn Mujazziz boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Islom lashkarlari 
Jiddaga borgach, dushmanning yo‘lini to‘sish uchun kemalarga tushdilar. Habashlar bir 
orolga to‘planib turishgan edi, yasov tortib kelayotgan jangovar musulmonlarni ko‘rib, 
tumtaraqay qochishdi. Kutilgan to‘qnashuv yuz bermadi. Alqama qo‘shinni orqaga 
qaytardi va qadami ildamlarni oldinga o‘tkazib, tezroq ketaverishni buyurdi. Qadami 
ildamlarga Abdulloh ibn Huzofa Sahmiyni bosh qildi. Abdulloh tabiatan hazilkash odam 
edi. U yo‘lda keta turib bir joyda gulxan yoqdi va lashkarga: "Sizlar menga itoat etishga 
buyurilganmisizlar?" deb so‘radi. Jangchilar "ha", deb uning gapini tasdiqlashdi. 
Abdulloh: "Unday bo‘lsa, mana shu yonib turgan gulxanga sakranglar", dedi. Ba’zilar: 
"Axir biz o‘tdan qo‘rqib musulmon bo‘lganmiz-ku", deya e’tiroz bildirishdi, ba’zilar 
boshliqning amriga bo‘ysinib olovga o‘zini urmoqchi bo‘ldi. Abdulloh ularni qytarib; 
"hazillashdim" dedi. Bu voqeani eshitgan payg‘ambar alayhie-salom: "Olloh taolo oldida 
gunoh bo‘ladigan ishlarda maxluqqa itoat etilmaydi", dedilar. 
 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling