Nurul-yaqin


Download 5.09 Kb.

bet21/26
Sana10.02.2017
Hajmi5.09 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
HIJRATNING TO’QQIZINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Ali ibn Abu Tolib 
boshchiligidagi ellik nafar suvoriyni Tay qabilasining Fulus degan butini sindirib 
tashlagani yubordilar. Musulmon suvoriylar butni parchalab, yoqib yuborishdi. Tay 
qabilasining aholisi qarshilik ko‘rsatishgani uchun jang qilib, bir qism odamni asir 
tushirishdi va chorva mollarini g‘animat olishdi. Asirga tushganlar orasida saxiyligi bilan 
dong‘i ketgan Hotamning qizi Saffona ham bor edi. Madinaga borishgach, Saffona 
rasulullohga murojaat etib, muruvvat ko‘rsatishlarini o‘tingan edi, sarvari olam uni ozod 
qilib yubordilar. U kishi qo‘li ochiq, saxovatli odamni behad qadrlar edilar. Saffona 
payg'ambar alayhis-salomni duo qilib: "Iloyo boylikdan ayrilib, kambag‘allashib 
qolganlar senga rahmat aytishsin; kambag‘allikdan keyin boyiganlarning qo‘liga qaratib 
qo‘ymasin; yaxshiliklaring o‘z joyiga em bo‘lsin; seni pastkash odamga muhtoj qilmasin
xor bo‘lib qolgan aziz odamni sening sharofating tufayli yana azizu mukarram etsin", 
dedi.  
Payg‘ambar alayhis-salomning yaxshi muomalasi Saffonaning akasi Adiy ibn 
Hotamning islom diniga kirishiga sabab bo‘ldi. Adiy islom qo‘shinining son-sanoqsiz 
a’lamlarini ko‘rib, Shomga qochib ketgan edi. Saffona Shomga borib, payg‘ambar 
alayhis-salomning ko‘rsatgan muruvvatlari, u zoti muborakning benihoya samimiy 
insonligi haqida gapirib berdi, qalbi islomga moyil bo‘lgan Adiy nima qilishi kerakligi 
haqida singlisidan maslahat so‘radi. "Meningcha darrov rasulul-lohning huzurlariga 
borishing kerak. Agar u chin payg‘ambar bo‘lsa, oldinroq borib imon keltirganing yaxshi. 
Agar u podshoh bo‘lsa sen yana boyagi-boyagi Adiyligingcha qolaverasan", dedi Saffona. 
Bu maslahat ma’qul kelgan Adiy shosha-pisha safar tadorikini ko‘rib, yo‘lga tushdi. 
 
 
ADIY IBN HOTAMNING KELISHI 
 
Adiy Madinaga kelib, payg‘ambar alayhis-salomga uchrashdi. Rasululloh uni hurmatlab 
uylariga boshladilar. Yo‘lda ketishayotganlarida ramaqijon bo‘lib qolgan qari bir kampir 
uchrab, o‘zining hojatlari haqida uzoq arzi-hol qildi. Kutaverib diqqati oshgan Adiy: 
"Xudo haqqi, bu odam podshoh emas ekan", deya ko‘nglidan kechirdi. Uyga ketib 
kelishgach, payg‘ambar alayhis-salom Adiyni ko‘nmaganiga qo‘ymay, ichiga xurmoning 
po‘stlog‘i tiqilgan charm yostiqqa o‘tqizdilar, o‘zlari esa quruq yerga o‘tirdilar. Shundan 
keyin uch marta: "Ey Adiy, agar musulmonchilikni qabul qilsang boshing omon bo‘ladi", 
dedilar. Adiy: "Mening o‘z dinim bor", deya javob berdi. (U nasroniy diniga e’tiqod 
qilardi.) Payg‘ambar alayhis-salom: "Diningni sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman", dedilar. 
Hayratga tushgan Adiy: "Nahotki dinimni mendan ko‘ra yaxshiroq bilsang", deb so‘radi. 
Payg‘ambar alayhis-salom: "Ha, yaxshi bilaman", deya tasdiqladilar va nasroniy dinidagi 
boshliqlarning arablarga taqlidan g‘animatning to‘rtdan bir ulushini oladigan aslida dinda 
yo‘q bir talay ishlarini sanab o‘tdilar. Shundan keyin: "Ey Adiy, menga ergashganlarning 
ojizu notavonligini, kambag‘alligini ko‘rib, islom dinini qabul qilmayotgan bo‘lsang kerak. 
Men komil ishonch bilan Ollohga shunday qasam icha olaman, musulmonlarning mol-
mulki ko‘payib ketadigan shunday kunlar keladiki, uni oladigan odam topilmay qoladi. 
Ehtimol dushmanlarimiz ko‘pligidan cho‘chib, imon keltirmayotgandirsan? Ayt-chi, 
Hiyraga borganmisan?" deb so‘radilar. Adiy: "Yo‘q, Hiyrani ko‘rgan emasman, lekin 
eshitganman", dedi. Rasululloh: "Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, islom dini keng 
qanot yoyishi tufayli shunday aminlik bo‘ladiki, Hiyradan yolg‘iz yo‘lga chiqqan ayol kishi 
bemalol Baytullohni ziyorat qilib, bexavotir qaytib ketadi. Ehtimol podshohlik, hokimiyat 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
bizning ilkimizda emasligi uchun imon keltirishni istamayotgandirsan? Xudo haqqi, yaqin 
orada Bobilning oq saroylari ishg‘ol etilgani haqidagi xabarni eshitasan", dedilar. 
Payg‘ambar alayhis-salomning gaplaridan qattiq ta’sirlangan Adiy imon keltirdi va 
chindan ham rasululloh bashorat qilgan ishlarning hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. 
 
 
TABUK G’AZOTI 
 
Payg‘ambar alayhis-salomga Rumliklar musulmonlar bilan urushishga tayyorgarlik 
ko‘rishayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Bu ayni qahatchilik hukm surayotgan, haddan 
tashqari issiqdan odamlar qanday jon saqlashni bilmay qolgan, tirik jonning hammasi 
o‘zini soya-salqinga urgan, odamlar pishgan mevalar bilan jon saqlayotgan kunlar edi. 
Payg‘ambar alayhis-salom musulmonlarga jangga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdilar. 
Dushmanga qo‘qqisdan zarba berish maqsadida avvalgi g‘azotlarning vaqti, borilajak 
manzili sir tutilar, hatto elchilarning soni ham aniq aytilmasdi. Bu safar mashaqqatliligi, 
yo‘l haddan tashqari olisligi, g‘animning soni behad ko‘pligi hisobga olinib, odamlar 
puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun maqsad oshkora aytildi. Makkaga va boshqa 
joylarga elchilar yuborilib, harbiy safarbarlik e’lon qilindi.  
Boylarga kambag‘allarni yetarli oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash buyurildi. 
Usmon ibn Affon bu harbiy yurishga o‘n ming dinor pul, barcha anjomlari bilan uch yuz 
tuya, ellikta ot iona qildi. Bundan quvongan payg‘ambar alayhis-salom: "Ey Olloh, 
Usmondan rozi bo‘lgin, men undan mingdan-ming roziman", deya duo qildilar. Abu Bakr 
Siddiq to‘rt ming dirhamlik bor mol-mulkini xudo yo‘liga atadi. Payg‘ambar alayhis-
salom undan: "Bola-chaqalaringa biron narsa qoldirdingmi?" deb so‘ragan edilar. Abu 
Bakr: "Ularga Olloh bilan uning payg‘ambarini qoldirdim" deya javob berdi. Umar ibn 
Xattob mol-mulkining yarmini keltirib topshirdi. Abdurahmon ibn Avf yuz uqiyya oltin, 
Abbos bilan Talha ham bor bisotining talay qismini, Osim ibn Adiy yetmish tuya xurmo 
iona qildi. Ayollar barcha zeb-ziynatlaridan voz kechishdi. Shariat ahkomlarini 
mukammal egallagan yetti faqih kelib payg'ambar alayhis-salomdan safarga chiqishlari 
uchun kerakli narsalar berishlarini o‘tinishdi. Rasululloh ularga yordam berolmasliklarini 
aytganlarida faqihlar qo‘llari kaltaligidan o‘kinib, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib qaytib 
ketishdi. Ulardan uch kishini Usmon, ikki kishini Abbos, ikki kishini Yomin ibn Amr 
kerakli narsalar bilan ta’minlab yo‘lga otlantirishdi.  
Barcha tayyorgarlik tugagach, payg‘ambar alayhis-salom Madinada Muhammad ibn 
Maslamani oilalariga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirib, o‘ttiz ming kishilik qo‘shin 
bilan yo‘lga chiqdilar. Abdulloh ibn Ubay boshchiligidagi bir talay munofiqlar g‘azotda 
qatnashishdan bosh tortishdi. Ular: "Muhammad issiqda qiynalib, olisdagi rumliklar bilan 
urushmoqchi. Yaxshi qurollangan, harbiy jihatdan qudratli rumliklar bilan to‘qnashish 
hazil fahmlayapti shekilli. Ular sahobalar bilan hali jangga kirmay turib, oyoq qo‘liga 
arqon tushib bandi bo‘lishadi", deyishdi, Munofiqlar payg‘ambar alayhis-salom bilan 
sahobalar haqida turli-tuman bema’ni gaplarni tarqatishdan uyalishmadi. Munofiqlarning 
aljirashlaridan xabar topgan rasululloh bu gaplarning qanchalik rost-yolgonligini aniqlab 
kelishga Ammor ibn Yosirni jo‘natdilar. Munofiqlar darrov niqobini o‘zgartirib Ammorga: 
"Biz hazillashib, so‘z o‘yini uchun har-xil gaplarni gapirganmiz, lekin ko‘nglimizda hech 
qanday xusumat yo‘q", deyishdi.  
Jad ibn Qaysga o‘xshash bir guruh odam qo‘shindan ajrab qolayotgani uchun 
payg‘ambar alayhis-salomga turli bahonalarni ro‘kach qilib, uzr aytishmoqchi bo‘lishdi. 
Ular: "Ey rasululloh, bizning qolishimizga ijozat bergin. Bizning ehtirosimiz zo‘r, 
rumliklarning ayollarini ko‘rsak o‘zimizni tutolmay gunoh ish qilib qo‘yishimiz mumkin", 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
deyishdi. Bir guruh arobiylar ham o‘zlarini ojizligini va yo‘l xarajatiga qurblari 
yetmasligini aytib safarda qoldirilishini o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning 
talabini qondirdilar. O’z uzrini aytgan munofiqlar ham safardan qoldirildi. Olloh taolo bu 
ishlari uchun payg‘ambar alayhis-salomni koyib, Tavba surasining 43-oyatini nozil qildi: 
"Olloh seni kechirdi. Rost so‘zlaguvchilar bilan yolg‘onchilarning gapi aniqlanmaguncha 
(ularga) nega ruxsat berding?" Shundan keyin parvardigori olam ushbu suraning 46-
oyatida munofiqlar haqida bunday deydi: "Sendan faqat Ollohga, oxirat kuniga 
ishonmaydiganlar va dillarida shubhasi borlar ruxsat so‘rashadi. Ular o‘z gumoni bilan 
arosatda yurishadi". Olloh taolo munofiqlarning uzri yolg‘onligini yuqoridagi oyatning 
davomida fosh etadi: "Agar ularning gazotga chiqish niyati bo‘lsa, albatta tayyorgarlik 
ko‘rishardi, biroq Olloh ularning bu safarda ishtirok etishlarini istamay qaytardi, ularga 
ojizu notavonlar bilan birga qolinglar, deyildi. Munofiqlar qolib ketishganidan 
musulmonlar xafa bo‘lmasligi uchun Olloh taolo Tavba surasining 4-oyatida: "Agar ular 
sizlar bilan birga borishsa yuragingizga faqat g‘ulg‘ula solishardi, fitna-fasod urugini 
sochishga uringan bo‘lishardi. Orangizda ularning gapdonlari bor, Olloh zolimlarni juda 
yaxshi biladi". 
Madinada Ka’b ibn Molik, Hilol ibn Umayya, Mirora ibn Robi’a va Abu Xaysama singari 
imoni mustahkam bir guruh musulmonlar qoldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom Alini 
qoldirganlarida munofiqalar uning ustidan kulib, landovur, qo‘lidan ish kelmaydigan 
bo‘lgani uchun, olib ketishmadi, deya gap tarqatishdi. Bu gaplardan izzat-nafsi 
haqoratlangan Ali Rasulullohning huzurlariga borib, arz qildi. Payg‘ambar alayhis-salom 
uning gaplarini eshitgach, miyig‘ida kulib: "Horun payg‘ambar Muso payg‘ambarga 
qanchalik yaqin bo‘lsa, sen ham menga shunchalik yaqinligingdan quvonmaysanmi?" 
dedilar. 
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin yo‘lga tushdi. Lashkarning katta 
bayrog‘i Abu Bakr Siddiqqa tutqazildi. Rasululloh umrlaridagi eng so‘nggi g‘azotda 
a’lamni Abu Bakr Siddiqqa tutqazib, oilasiga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirishlarida 
chuqur hikmat bor edi; bu narsada Islom davlatining kelajagiga ishora, payg‘ambar 
alayhis-salomning o’zlariga xos bashoratlari yaqqol ko‘zga tashlanardi. Sarvari olam 
muhojirlarning bayrog‘ini Zubayrga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga, 
Xazraj qabilasining a’lamini Xubob ibn Munzirga tutqazdilar. Qo‘shin Samud qavmining 
yurti Hijir degan joydan o‘tayotganida rasullulloh sahobalar Ollohning buyuk qudratidan 
qo‘rqib, ta’sirlanishlari uchun: "Halok bo‘lgan kofirlarning yeriga yig‘i-sig’i bilan 
kiringlar", dedilar. Yer-ko‘kni odamlarning qiy-chuvi bosib ketdi.  
Abu Bakr qo‘shinga imom qilib tayinlandi. Ibod ibn Bishr esa soqchilikka qo‘yildi. Ular 
Tabukka yetib kelganda bu joylar butunlay vayron bo‘lgan, odam yashaganining 
nishonasi yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom tikon bosib yotgan fayzsiz joylarga 
o‘ychan tikilganlaricha Muoz ibn Jabalga: "Umring yetsa, sen bu yerlarning yana obod 
bo‘lib, bog‘-bo‘stonga aylanganini ko‘rasan", dedilar. Chindan ham u kishining 
bashoratlari ro‘yobga chiqib, Tabuk eng xushmanzara maskanlardan biriga aylandi. 
Qo‘shin Tabukda dam olayotganda Abu Xaysama yetib keldi. Uning issiq kunda aziyat 
chekib bu yerga yetib kelishining sababi bor edi. Abu Xaysama uyiga kelsa, ikki xotini 
orom olishi uchun bog‘da salqin joy hozirlab, muzdek suv, lazzatli taomlarni tayyorlab 
qo‘yishgan ekan. Kun haddan tashqari issiq, har bir tirik jon soya-salqinga o‘zini urib, 
orom olishni ko‘zlaydigan payt edi. Abu Xaysama: "Mana shu issiq kunda rasululloh 
jonlarini qiynab yo‘l yursalaru men daraxt soyasida, chiroyli xotinlarimning bag‘rida 
muzdek suv ichib, rohatlanib yotamanmi, deya xayoldan kechirdi va vijdoni qiynalib, 
huzur-halovatdan voz kechdi. "Ollohning nomi bilan qasam ichamaiki, hech 
qaysingizning pashshaxonangizga kirmay, rasulullohniig orqalaridan quvib yetaman. 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Yo‘lga yegulik tayyorlab beringlar" dedi. To xotinlari yo‘l tadorikini ko‘rguncha qilichu 
nayzasini olib, tuyasini mindi va issiq zabtiga olib turganiga qaramay qo‘shinning 
orqasidan yo‘lga tushdi. 
 
 
AYLA HOKIMINING KELISHI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom rumliklarning urushga tayyorgarlik ko‘rishayotganini 
eshitgan bo‘lsalar-da, biroq Tabukda biron g‘anim askari ko‘rinmadi. Islom lashkari bu 
yerda bir necha kun dam oldi. Bu orada rasulullohning huzurlariga Aylaning hokimi 
Yuhanno va u bilan birga Jarbo, Azruh Mino aholisining vakillari kelishdi. Yuhanno islom 
dinini qabul qilmay xiroj to‘lashga payg‘ambar alayhis-salom bilan shartnoma tuzdi. 
Rasululloh unga quyidagicha ahdnomani yozib berdilar: 
"Bismillahir rohmanir rohim. Bu Ollohdan va uning elchisi Muhammad payg‘ambardan 
Yuhainoga va Ayla aholisiga xoh quruqliqda, xoh dengizda bo‘lsin ularga omonlik 
berilgani haqidagi ahdnomadir. Bu odamlar va ularning tarafdorlari bo‘lmish Shom, 
Yaman, dengiz xalqi Ollohning va uning payg‘ambari Muhammadning himoyasida 
bo‘ladilar. Ularning qaysi biri ahdnomani buzsa, joni ham, mol-mulki ham himoya 
qilinmaydi. Bunday odamlarning mol-mulki tortib olgan kimsalarga halol hisoblanadi. 
Ahdnomaga binoan ish tutganlar xoh quruqliqda, xoh dengizda, qayerda bo‘lishidan 
qayti nazar dahl, tajovuz qilinmaydi". 
 
 
RASULULLOHNING AZRUH VA JARBO AHOLISIGA AHDNOMA YOZIB 
BERISHLARI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Azruh va Jarbo aholisiga quyidagicha ahdnoma yozib 
berdilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Muhammad payg‘ambarning Azruh va Jarbo 
aholisiga bergan ushbu ahdnomasi bu odamlar Ollohning va payg‘ambarning himoyasida 
tinch yashashlari haqidagi hujjatdir. Ular har yilning rajab oyida roppa-rosa yuz dinor 
xiroj to‘lashadi. Musulmonlarga pand-nasihat qilishga va marhamat ko‘rsatishga Olloh 
kafildir". 
Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to‘rtdan birini berish sharti bilan kelishim 
imzolandi. 
Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan Shom tomonga borish 
haqida kengashdilar. Ular: "Ey rasululloh, agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsang 
boshlayver", dedi. Rasululloh: "Agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsam, 
maslahatlashib o‘tirmasdim", dedilar. Umar: "Unday bo‘lsa shu yerdan orqaga 
qaytganimiz ma’qul. Rumliklar son jihatdan bizdan ko‘p, Shomda esa bironta musulmon 
yo‘q. Dushman bizning bu yergacha kelganimizni ko‘rib, urush qilishga botinolmadi. Biz 
mana shu fursatdan foydalanib, qaytib ketaylik. Keyinchalik vaziyatga qarab ish 
qilarmiz. Ollohning o‘zi mushkulimizni osonlashtiradigan biron yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar", 
dedi. Payg'ambar alayhis-salom Umarning fikrini ma’qullab qo‘shinni orqaga qaytardilar. 
 
 
ZIROR MASJIDI 
 
Payg'ambar alayhis-salom Madinaga yaqinlashib qolganlarida Ziror masjidi qurilgani 
haqida xabar yetkazishdi. Bir guruh munofiqlar musulmonlar orasiga rahna solish 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
niyatida Qubo masjidiga taqlidan bu ibodatxonani tiklashgan edi. Munofiqlar 
rasulullohdan shu masjidda namoz o‘qib berishlarini iltimos qilib kelishdi. Sarvari olam 
bu yerga masjid solishning sababini so‘raganlarida erta-indin musulmonlarning soni 
ko‘payib ketsa, baribir, ibodatxona kerak-ku, degan yaxshi niyatda shu ishni amalga 
oshirdik, deya Ollohning nomini shafe’ keltirib, qasam ichishdi. Ularning yolg‘onchi, 
kazzobligiga Ollohning o‘zi guvohdir. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalarni 
yuborib masjidni buzib tashlashni buyurdilar. Sahobalar shu zahoti rasulullohning 
buyrug‘ini bajo keltirishdi 
Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga yetib kelganlaridan keyin turli vaj-karson 
ko‘rsatib g‘azotdan o‘zini chetga olganlar uzr aytishdi. Rasululloh ularning ogzidan 
chiqqan so‘zlariga ishonib uzrini qabul qildilar, dillarida nimalar (borligini ichki aqvolini 
Ollohga topshirdilar va yolg’ondan bo‘lsa-da, bosh egib kelgan bu kimsalar uchun 
istig‘for aytdilar. 
 
 
TABUK G’AZOTIGA CHIQMAGAN UCH KISHI HAQIDA HIKOYA 
 
Ka’b ibn Molik Xazrajiy, Murora ibn Robi’ Asiy hamda Hilol ibn Umayya Avsiylar 
payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib qilgan ayblari uchun uzr so‘rashdi. Ka’b 
kirib kelganda rasululloh zaxarxandalik bilan: "Nega ko‘pchilikdan ajrab qolding?" deya 
xushlaymaygina so‘radilar. Ka’b: "Ey rasululloh, sendan boshqa odamning huzurida 
bo‘lsam so‘zamollik san’atimni ishga solib uzr aytardim, uni gapimga ishontirib 
gazabidan qutilib qolardim. Lekin bugun yolg‘on gapirib sening roziligingga erishganim 
bilan Ollohning g‘azabiga uchrashim mumkin. Xudo haqqi, rostini aytsam, mendan xafa 
bo‘lasan, biroq haq gapni aytmay ilojim yo‘q. Ollohning karami kengligiga va uzrimni 
qabul qilishiga umid bog‘lab to‘g‘risini aytaman. G’azotga chiqmasligimga hech qanday 
sabab yo‘q edi", dedi.  
Payg‘ambar alayhis-salom "Rostini aytding, bor, Ollohning hukmini kut", dedilar. 
Ka’bning ikki sherigi ham rostini aytib uzr so‘rashdi. Rasululloh ularga ham yuqoridagi 
javobni berdilar va musulmonlarga aralashib, muomala qilishni ta’qiqladilar, hatto 
xotinlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishni ham man etdilar. Hilol ibn Umayyaning xotini 
o‘rtaga tushib, erining qariligi va og‘irini yengillashtiradigan xizmatkori yo‘qligini aytib, 
shafqat so‘radi. Rasululloh uning uzrini e’tiborga olib, erining xizmatida bo‘lishga ijozat 
berdilar. Garchand payg'ambar alayhis-salom marhamat ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, 
berilgan jazo ularga keng olamni tor qildi, biron kimsa bilan gaplasholmay yuraklari 
zardobga to‘ldi, yolgiz Ollohdan o‘zga najotkorlari yo‘qligini anglab, unga sig‘inib, 
yolborishdi. Karami keng parvardigor ularning tavbasini qabul qildi.  
Payg'ambar alayhis-salom ularga odam yuborib, Olloh taoloning bu katta ne’matidan 
bashorat berdilar. To‘da-to‘da odamlar uylariga borib uchovlonni Olloh taolo gunohidan 
o‘tgani bilan qutladilar. Ka’b masjidga kirgan paytida payg‘ambar alayhis-salom uni 
ochiq chehra bilan qarshilab: "Ey Ka’b, senga hayotingdagi eng yaxshi kun kelgani bilan 
bashorat beraman", dedilar. Ka’b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh 
tomonidanmi?" deb so‘radi. "Olloh tomonidan", deya javob berdilar rasululloh. Quvonchi 
ichiga sig’may ketgan Ka’b: "Ey rasululloh, mening tavbamni qabul etgani uchun bor 
mol-mulkimni Ollohga va uning rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o‘zingga ham kerak bo‘lib qoladi", dedilar 
va shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqidagi Tavba surasining 118-
oyatini o‘qib bsrdilar: "Olloh g‘azotdan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham 
ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu tor bo‘lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
o‘zga sig‘inadigan hech kim yo‘qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh 
ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya 
mehribon(zot)dir". 
 
 
SAQIF QABILASINING ELCHILARI 
 
Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Saqif qabilasining elchilari tashrif 
buyurishdi. Bu tashrifning o‘z tarixi bor edi; Musulmonlar qo‘shini Saqif qabilasini 
muhosara qilib, qaytishayotganda Urva ibn Mas’ud yashirincha kelib payg‘ambar alayhis-
salomga uchrashgan va imon keltirganidan keyin o‘z qabilasini Islom diniga da’vat 
etajagini aytgan edi. Rasululloh uning hayotidan xavfsirab: "Qabiladoshlaring o‘ldirib 
yuborishlari mumkin-ku", degan edilar. "Mendan sira tashvishlanma, rasululloh, 
qabiladoshlarim meni o‘z qizlaridan ham yaxshi ko‘rishadi", deya sarvari olamni xotirjam 
qilishga urindi Urva. U qabiladoshlari orasidagi nufuziga va yuqori martabasiga ishonib, 
odamlar menga ergashishadi deb o‘ylardi. Chindan ham qabiladoshlari uni haddan 
tashqari yaxshi ko‘rishar va astoydil hurmat qilishardi. Urva Toifga kelib maqsadini 
aytishi bilanoq hech qanday gap-so‘zsiz uni shartta nayza otib o‘ldirishdi.  
Oradan bir oy o‘tgach, Saqif qabilasining oqsoqollari maslahatlashib o‘zlarining 
atrofdagi arab qabilalalari bilan urushishga qodir emasligini tan olishdi va bundan buyon 
qanday yo‘l tutishlari lozimligi haqida yo‘l-yo‘riq olgani payg‘ambar alayhis-salomning 
huzurlariga biron kishini yuborishga qaror qilishdi. Ko‘pchilik Abd Yelayl ibn Amr borsin, 
degan fikrga kelgan, biroq u: "Besh-olti kishini qo‘shib bermasanglar bormayman", deya 
oyoq tirab turib oldi. Oqsoqollar hurmatga sazovor kishilardan beshovlonni unga hamroh 
qilib Madinaga jo‘natishdi. Elchilar kelib payg‘ambar alayhis-salomga maqsadlarini 
aytishdi. Rasululloh elchilar Qurtyun eshitishlari va musulmonlarning namoz o‘qishini 
ko‘rib turishlari uchun masjidning bir chetiga maxsus chodir tikdirdilar. Elchilar 
oralaridagi eng yoshi kichik Usmon ibn Abu Osni narsalariga qorovul qilib, o‘zlari 
payg‘ambar alayhis-salomning yonlariga borib turishardi. Ular qaytib kelgach, Usmon 
borib rasulullohdan Qur’on o‘rganar, u kishi dam olganlarida Abu Bakrdan ta’lim olardi, 
Usmon tirishqoqlik bilan Qur’onning ko‘pgina suralarini yod oldi, biroq bu narsani 
hamrohlaridan pinhon tutdi. Elchilar Islom dinini qabul qilib, birovni o‘zlariga boshliq etib 
tayinlashlarini so‘rashdi. Usmon ibn Abu Osning Islom diniga Qur’on o‘qishga va diniy 
ahkomlarni bilishga ishtiyoqi kuchli ekanini bilgan payg‘ambar alayhis-salom uni 
elchilarga rahbar etib tayinladilar. 
 
 
TOIF AHOLISIGA YOZILGAN MAKTUB 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Toif aholisiga qarata xat yozib, elchilardan berib yubordilar: 
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammad payg‘ambardan 
mo‘minlarga: "Vaj*dagi daraxtlarni kesish, hayvonlarni ovlash haromdir. Bunga amal 
qilmagan odamning kiyimini yechib darra uriladi". 
Islom dini oldin xalqimizning qalbiga tuzukroq o‘rnashib olsin va nodon xotin-
xalajlarning esxonasi chiqib ketmasin, degan o‘yda rasulullohdan saqifliklar 
cho‘qinadigan butni yo‘qotishni bir oyga kechiktirishni iltimos qilishdi. Payg‘ambar 
alayhis-salom ularning bu iltimosiga rozilik berdilar. 
Elchilar yo‘lga chiqqanlaridan keyin Usmon o‘z hamrohlariga yuzlanib: "Men 
saqifliklarni yaxshi bilaman, biz hozircha musulmon bo‘lganimizni ulardan sir tutaylik, 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
birovlar bilan urushishning, nohaq qon to‘kishning yomonligini aytib qo‘rqitaylik. Ularga: 
"Muhammad bizni mashaqqatli ishlarga da’vat etgan edi, ko‘nmay bosh tortdik, u 
butlarimizni parchalashni, zino qilmaslikni, aroq ichmaslikni, sudxo‘r bo‘lmaslikni talab 
qildi, deymiz", dedi. Hamrohlari uning taklifini ma’qul ko‘rib, yurtiga yetib kelishgach, 
qabiladoshlariga: "Biz qurol bilan qarshi chiqqan odamlarni yengib, o‘z diniga kirgizgan 
o‘ta zolim odamning yonidan keldik", deya yuqoridagi kelishilgan gaplarni aytishdi. Bu 
gaplarni eshitgan Saqif aholisi Muhammad alayhis-salomga hargiz itoat etmaslikka ahd 
qilishdi. Elchilar: "Unday bo‘lsa, qurol-yarog‘ingizni shaylab, qo‘rg‘onlaringizni puxtalab 
urushga tayyorgarlik ko‘ring", deyishdi. Odamlar jangovar tayyorgarlikni boshlab 
yuborishdi, biroq oradan ikki-uch kun o‘tgach, Olloh taolo ularning dillariga qo‘rquv, 
vahima soldi. Ular kengasha-kengasha elchilarni chaqirib kelishdi. "Biz har qancha 
tayyorgarlik ko‘rmaylik, baribir, Muhammad bilan urushib yengolmaydiganga 
o‘xshaymiz. Yaxshisi borib, u da’vat etgan ishlarni qabul qilinglar", deyishdi. Shundan 
keyingina elchilar sirni ochib, allaqachon musulmon bo‘lishganini, faqat ularning 
jaholatidan xavfsirab shunday yo‘l tutishganini aytishdi. Qabiladoshlari ajablanib: "Buni 
bizdan yashirishning nima hojati bor edi?" deb so‘rashdi. "Tabiatingizda shayton kibri 
bor, u sizlarni doim vasvasga solib turadi, shu narsa yo‘qolmaguncha musulmon 
bo‘lganimizni sir tutishga qaror qildik o‘sha paytda sizlardan har qanday yomlnlikni 
kutish mumkin edi", deyishdi elchilar. Shu kundan e’tiboran Saqif aholisi imon keltirib
musulmon bo‘lishdi. 
 
_________________ 
*Vaj — Toifdagi bir jilg’aning nomi. 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling