Nutq a'zolari. Nutqning fonetik bo’linishi reja: Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlarini o'rganuvchi maxsus sohasi
Download 211.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqFONETIKA. O’ZBEK TILINING TOVUSH TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovush . 2. Bogin . 3. Takt . 4. Fraza . Fraza
- NUTQ APPARATI
- Lugat: Phone
Nutqning fonetik bo'linishi. Nutq fonetik jihatidan tovushlar zanjiridan iborat. Tovushlar zanjiri o'zaro birbiri bilan bog'liq va ma'lum tartib asosida ketmaketlikka ega bo'lgan fonetik birliklardan tarkib topgan tovush xalqa-larini tashkil etadi.
Nutqning fonetik birliklari nutq zanjiri xalqalari sifatida quyidagilarga bo'linadi: 1. Tovush. 2. Bo'g'in. 3. Takt. 4. Fraza. Fraza – nutq zanjiridagi eng yirik fonetik birlik bo'lib, ular birbiridan pauzalar (bir nafas oralig'i) bilan ajralib turadi. Har pauza oralig'ida so'zlov-chi nafas rostlab, navbatdagi fraza uchun tayyorlanadi. Fonetik birlik bo'lgan frazani grammatik birliklar hisoblangan so'z birik-malari va gap bilan tenglashtirmaslik lozim, chunki bir gap bir necha frazani tashkil qilgani kabi, bir fraza bir necha gaplardan ham tarkib topishi mum-kin. Masalan, Yer yetilib, kunlar isigach, xo'jalik a'zolari chigit ekishni qizg'in boshlab yubordilar gapida «yer yetilib», «kunlar isigach» kabilar gapga teng; «xo'jalik a'zolari», «chigit ekishni», «qizqin boshlab yubordilar» birikmaga teng frazalardir. Takt – bir urg'u ostida birlashadigan frazaning qismlaridir. Fonetik jihatdan bir bosh urg'u ostida birlashadigan bo'lak taktdir. Masalan, Bir Vatankim / tuprog'ida / har taraf gul / lola, bog' gapida to'rtta takt bor: foilotun, foilotun, foilotun, foilun kabi. Takt o'z tarkibidagi so'zlarning urg'uliurg'usizligi bilan bog'liq. Ba'zan takt tarkibidagi birinchi qism, ba'zan ikkinchi qism urg'uli yoki urg'usiz bo'lishi mumkin. Bu shu qismlarning fonetik tuzilishiga emas, umumiy fikrning ifodalanishiga ham ta'sir qilish mumkin. Yuqorida keltirilgan misoldagi «bir Vatankim» taktida asosli urg'u Vatan so'zining ikkinchi bo'g'inida bo'lib, shu taktning «bir» va «kim» qismlari urg'usiz yoki yordamchi urg'ularga ega. Shuning uchun bu taktda «Vatan» «bir»ga nisbatan prokliza, «bir» «Vatan»ga nisbatan proklitika, «Vatan» «kim»ga nisbatan enkliza, «kim» «Vatan»ga nisbatan enklitikadir. Bo'g'in. Takt bo'g'inlarga bo'linadi. Bo'g'in taktning bir yoki birdan ortiq tovushlar qo'shilmasidir. O'zbek tilida so'z bo'g'inlarini faqat unli tovushlar-gina shakllantiradi. Masalan, «bir Vatankim» birikmasi bir-Va-tan-kim kabi to'rt bo'g'indan tarkib topgan. O'zbek tilida (unli tovushlar V – vokal, undosh tovushlar C – konsonant belgilari orqali ko'rsatiladi) so'z bo'g'inlari quyidagi ko'rinishlarga ega: 1. V: o-ta, o-na, a-ka, u-ka kabi; 2. CV: bo-la, da-la, to-la kabi. 3. VC: ot, ish, uch, och, ich kabi; 4. CVC: non, suv, mak-tab, daf-tar kabi; 5. CVCC: sust, tinch, baxt kabi; 6. VCC: ust, ost kabi; 7. CCVC: tram-vay, trak-tor kabi; 8. CCVCC: sport, start, shtamp kabi; 9. CCCVC: sprav-ka kabi; 10. VCCCC: Ernst kabi; 11. CCCCCCVC: Mkrtchyan va b. Bundan ko'rinadiki, faqat 13- tiplar o'zbek tiliga xos bo'lib, qolganlari o'zbek tiliga boshqa tillardan qabul qilingan so'zlardagina uchraydi. NUTQ APPARATI 1 – qattiq tanglay; 2 – milklar; 3 – yuqori lab; 4 – yuqori tishlar; 5 – pastki lab; 6 – pastki tishlar; 7 – tilning old qismi; 8 – tilning o`rta qismi; 9 –tilning orqa qismi; 10 – tilning o`zak qismi; 11 – bo`g`iz bo`shlig`i; 12 – tovush paychalari, ovoz oralig`i; 13 – qalqonsimon tog`ay; 14 – xalqasimon tog`ay; 15 – dimog`; 16 – yumshoq tanglay; 17 – kichik til; 18 –- bo`g`iz; 19 – piramidasimon tog`ay; 20 – qizilo`ngach; 21 – kеkirdak (traxеya), nafas yo`li. Lug'at: Phone – grekcha: tovush. Acustikos – grekcha: eshitilish. Amplitudo – lotincha: ko'lam. Timbre – fransuzcha: tovush bo'yog'i, sifati; bo'yoqdorlik. Oberton – nemischa: qo'shimcha ohang. Sillabemos – grekcha: bo'g'inga teng ma'nosida. Aksentema – lotincha: urg'u. Intonema – lotincha: baland tovush bilan talaffuz etish. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling