Nutq madaniyati Menejment Reja


Download 482.99 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi482.99 Kb.
#1438220
Bog'liq
menejment.Xamidov Sirojiddin

Nutq madaniyati

Menejment

Reja:

  • Nutq madaniyati tusunchasi
  • Til va nutq
  • Og’zaki va yozma nutq

Madaniyat tushunchasi nihoyatda keng bo`lib, u jamiyat hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo`lgan deyarli barcha jarayonlarni, yo`nalishlarni, hodisalarni qamrab oladi.Nutq madaniyati jamiyat hayotining, jamiyat madaniyatining o`ta muhim, ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqyeyligi, ko`rinishi sifatida alohida ahamiyatga egadir. U fikr almashish, muomila, so`zlash kabi kundalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o`z ichiga oladi, ularni “boshqaradigan”, ular orqali voqyelikka aylanadi, ta’sir qilish quvvatiga ega bo`ladi.

Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq me’yorlashga qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy ko`tarish, odamlarga ma’lum “til didi”ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy individual noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining obe’ktiv bog’liq, tafakkur hamda vaziyat bilan o`zaro zaruriy, domiy munosabatda namoyon bo`lishidir. Nutq bu rasmiy tildir. U keng ma’noda so`zlardan, so`z birikmalari va gaplardan tashkil topadi.
Nutq madaniyati termini tilshunoslikda uch xil hodisani ifoda etadi:
1. Madaniy nutqning, ya’ni nutqiy hodisaning nomi.
2. Madaniy nutq tushunchasi bilan bog’liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi ilmiy muammoning nomi.
3. Nutq madaniyati muammolarini o`rganish bilan shug’ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo`limining nomi.

Aloqa vositasi bo`lgan tilda qonunlashtirilgan orfoepiya, so`z qo`llash va boshqa qoidalarga mos ravishda individual so`zlashuvda eng yaxshi an’analarga amal qilish nutq madaniyati sanaladi. Nutq madaniyatining saviyasi tilning orfoepik, grammatik, leksik, stilistik normalaridan to`g’ri foydalana bilishdadir.
Nutqning orfoepik madaniyati til materialini to`g’ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog’liqdir. Nutqning ifodaliligiga so`zni aniq va yorqin ifoda qilish, intonasiya va pauzalardan to`g’ri foydalanish orqaligina erishiladi.
Nutqning grammatik shakli va sintaktik madaniyati, avvalo, normativ grammatika qoidalariga rioya qilishda, grammatik shakllarni to`g’ri qo`llashda, kelishiklar, so`zlar va birikmalardan to`g’ri foydalanishga bog’liq. So`z birikmalarining soddaligi va aniqligiga qat’iy rioya qilish zarur. Sodda, tushunarli gapirish uchun esa ellipsis, takror, ritorik so`roq, ritorik murojaat, xitob, gradasiya, antiteza, sintaktik parallelizm kabi maxsus stilistik usullardan foydalana olish kerak. Bu xil masalalarni o`rganish umumiy nutq madaniyatini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo`lishi bilan birga, nutq san’atini shakllantirish uchun ham muhim omildir.
Download 482.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling