Nutq madaniyati va notiqlik san’ati
Qadimgi Yunoniston va Rimda nutq madaniyati nazariy asoslarining yaratilishi, notiqlik san’atining vijudga kelishi va uning namoyandalari
Download 23.4 Kb.
|
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati
Qadimgi Yunoniston va Rimda nutq madaniyati nazariy asoslarining yaratilishi, notiqlik san’atining vijudga kelishi va uning namoyandalari.Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o‘z fikrini tushunturish, ular ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror narsa, voqea, hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Yunonistonda demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasi o‘laroq, xalq yig‘inlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishnin istagan, lashkarboshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shxslar xalq yig‘inlariga to‘plangan odamlar oldida nitq so‘zlab yo yutuq, yoxud mag‘luboyat quchganlar. Ular orasida so‘zga chechanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontirib, odob bilan so‘zlagan davlat arboblari xalq nazariga tushib yanada obro‘ orttirganlar, gapni eplab gapira olmaganlari esa xalq nazaridan qolgan. Afinada notiqlik san’atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining ham kuchli ta’siri bo‘lgan. O‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o‘z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo‘lgan. Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar”deb ataladigan, tajribali, qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug‘lidai. Logograflar sudda qatnashyotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar…Dastlab “Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlarni madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi. Afinada eradan oldingi V asr o‘rtalarida notiqlik san’ati shakllangan bo‘lsa-da, adabiy faoliyat o‘rnida qabul qilinmagan va u nutqlarning matnlari bosilmagan. Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda notiqlikka ilmiy yondashgan kishilar sofistlar hisolangan. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlarning faoliyatlarini nazariy asoslashga kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi. Download 23.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling