Nutq madaniyati va texnikasi
Download 85 Kb.
|
Nutq madaniyati va texnikasi
Til va nutq madaniyati
Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksizning taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutqning madaniyati uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi. 1-bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlaydigan til vositalarining ma’nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi. YA’ni, tinglovchi tinglash va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o’zining nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum, qoshshoq bo’ladi. 2-bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtiradi, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. 1-bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e’tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi. Insoning nutkiy faoliyati uch ko’rinishga amal qiladi. Bular: so’zlash, mutoolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rashi anglatiladi. So’zlaganda so’zlovchininng bilimi, madaniyati, ahloq-odobi yuzaga chiqadi. Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqidan aks etgan voqea-xodisalardan xabardor bo’ladi, ular ta’sirida xulqida qandaydir o’zgarish paydo bo’ladi. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi. Nutq odobi Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim. Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum» ning javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, alik olish uchun ham «salom» so’zi ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir. Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham bilishi zarur. O’z aybi uchun kechirim so’rash, o’z g’ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi» yoki «Avf eting, bundan so’ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o’zining odobliligini namoyish etadi, xolos. Etuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashishda ishlatiladigan «Xayr, sog’ bo’ling», «Xayr, ko’rishguncha», «Xayr, omonlikda ko’rishaylik» kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O’qituvchi sinfdan chiqayotganda «Xayr, sog’ bo’linglar», «Xayr, yaxshi qolinglar» iborasini ishlatsa, o’rinli bo’ladi. Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga minnatdorchilik bilidirish odobini ham o’rgatib borish lozim. Tilimizda rag’batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydiganchiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o’z o’rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O’qituvchi topshiriqni yaxshi o’tgana o’quvchilarni «»ofarin», «barakalla», «rahmat», «otangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so’zlar bilan rag’batlantirish mumkin. O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak. SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas balki kasbiy va pedagogik talablar ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z so’zining mazmuni, sifati va oqibati uchun ijtimoiy javobgardir. SHuning uchun o’qituvchi nutqi pedagog mahoratining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumki nutq og’zaki va yozma ko’rinishlarga ega. Og’zaki nutq so’zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg’ongan xayolan berilgan axborotni ma’lum vaqtga tinglovchi ongida saqlanishi, uning hulqiga tasir etish mumkin. Og’zaki nutq hususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatsa bo’ladi: Og’zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan uning libosi bulgan so’z birgalikda “yashin tezlikda” tilga kela boshlaydi. Ba’an tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o’ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko’zlangan maqsadni (fikrni) to’liq ro’yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi. Og’zaki nutqda so’z birliklari va gaplarni modullari aytilmoqchi bo’lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini, aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Agar xotira ozgina “dangasalik” qilsa, gap tuzilishi, so’z birikmalari o’zaro mantiqan va grammatik bog’lanmay qoladi. CHunki yangi qism avvalgi qismni unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi. Og’zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi. Og’zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalaragina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog’liq. SHunga ko’ra unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. Ayniqsa, hodisalarning, narsalarning o’zaro bog’liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so’zlovchilarga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina, avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi. Og’zaki nutq so’z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag’al bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir. Og’zaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo-ishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.` YOzma nutq og’zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutq yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutqining qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir. O’qituvchi nutqi deyilganda o’qituvchining og’zaki nutqi ko’zda tutiladi. Og’zaki nutq - bu o’qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi. Pedagogning nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak: A) pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning natijalanganligi; B) faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’irlash va shakllantirish maqsadida o’quvchi, bolalar tafakkuriga, his-tuyg’ulariga ijobiy ta’sir etish kerak; V) ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash, o’zlashtirib olish; G) o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish. "Pedagogik nutq" tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning gaprish va axborot berish jarayonigina emas balki pedagog va o’quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o’rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy nazokati ham ko’zda tutiladi. O’qituvchining og’zaki nutqi monolog, dialog va polilog shaklida bo’ladi. Monologik nutqning keng tarqalgan shakli hikoya, maktab ma’ruzasi, sharx kabilardir. Dialogik nutq turli suhbat, savol - javob shaklida bo’ladi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling