Nutq madaniyati va texnikasi
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
Download 85 Kb.
|
Nutq madaniyati va texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -topshiriq . Pedagogik masalalarni yeching
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. -O’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar nutqining fazilatlari va nutq madaniyatini kuzating, taxlil eting. - Bo’lajak o’qituvchilar nutqini takomillashtirish bo’yicha mashqlar o’tkazing. - Nutq va notiqlik haqidagi mutafakkirlarimiz fikrini yig’ib, tahlil eting. 2-topshiriq. O’z nutqingizni takomillashtirish uchun quyidagilarga amal qiling: o’z –o’zingizning nutqingizni kuzating, nazorat qiling va nutq madaniyatini rivojlantiring; nutqiy muloqotning barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o’zingizga sharoit yarating; o’zingizda ifodali nutq malakalarini rivojlantiring; o’z nutq inpotensiyalarini kuzating: u jonli, xilma - xil, hissiy bezaklimi yoki bir xil monoton-mi? Nutq tayyorlash jarayonida o’zingizcha quyidagi savollarga javob toping: - Tinglovchilarda qanday fikr uyg’otmoqchisiz? Ularda qanday kayfiyat yartmoqchisiz? Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritm talab etadi? Bir necha bor nutqingizni qaytarib ko’ring. Nutqingizni badiiy adabiyotdagi lavhalarga o’z taassurotlaringizni qo’shgan holda qayta to’ldiring. 3-topshiriq. Pedagogik masalalarni yeching A) Adabiyot darsida o’quvchilardan biri she’rni baland ovoz bilan va ifodali o’qiyotgan edi. Orqa partada o’tirgan ikki o’rtog’i uni mazahqilib, ko’tarinki ruhda she’r o’qishidan kulaboshladilar. O’qituvchi bu ikki o’quvchiga tanbeh berganda, ular she’rni yaxshi ko’rmasliklarini aytdilar. O’qituvchi esa ularga sinfdan chiqib ketishni buyurdi. Pedagog to’g’ri ish qildimi? Ana shunday ta’sirning kamchiligi nimadan iborat? B) 7- sinf o’quvchisi SHokir o’zbek shoirlari va yozuvchilarining asarlarini ifodali o’qishni juda yoqtiradi, biroq aniq ma’noli, jonli qilib o’qiyolmaydi. O’qituvchi maktabda mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tantanada Ona Vatan, O’zbekiston xalqlarining birodarligi, Mustaqillik oliy qadriyat ekanligini tarannum etuvchi asarlarni o’qishni ikkita yaxshi o’quvchiga taklif etdi. SHokir ularni qatoriga kirganligidan quvonib boshi osmonga yetganday bo’ldi. Bayramda u istiqlolga bag’ishlangan she’rlarni juda shirali oxangda deklamatsiya qildi. SHokir keyinchalik ham bu faoliyatini astoydil davom ettirdi. U keyinchalik mohir pedagog bo’lib yetishdi. SHokirga nisbatan o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik ta’sir usullarining ahamiyati nimadan iborat? 1 Баркамол авлод - Ўзбекистон траққиётининг пойдевори. Т.: “Шарқ”, 1998 й, 9-бет Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling