Nutq odobi va etiketi (Adabiy til va shevaga xos so`zlar) Reja
Download 29.08 Kb.
|
10-Mavzu. Nutq odobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- tоpshiriq
Nutq odobi va etiketi (Adabiy til va shevaga xos so`zlar) Reja: “ Soha xodimlarining odob-axloq qoidalari” matni bilan tanishish, tahlil qilish Adabiy til va shevaga xos so`zlar bilan tanishish Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash ▲ 1- tоpshiriq. Mаtnni o’qing, o’z fikr-mulohazalaringizni keng turda davom ettiring. Soha xodimlarining odob-axloq qoidalari Har neni qilma orzu, Har yerda bor toshu tarozu- deganlaridek, har bir ish, har bir sohaning o’ziga yarasha mashaqqati, rohati, qiyinchiligi, lazzati, fazilati bo’ladi, albatta. Buni o’sha soha vakili, ya’ni boshidan o’tkazgan biladi. O’qituvchi xushmuomala bo’lishi kerak bo’lsa, milisiya xodimi hushyor bo’lishi kerak. Posbon sergak bo’lishi kerak bo’lsa, shifokor shirinsuxan bo’lishi kerak. Tikuvchi chevar bo’lsa, oshpaz pazanda bo’lishi kerak…. Xullas, har bir kasb, har bir soha xodimlarining o’ziga xos odob-axloq qoidalari mavjud…. 1-mashq. Savollarga yozma javob bering. 1. Etika deganda nimani tushunasiz? 2. Kasb egalari uchun odob-axloqning qay darajada o’rni bor? 3. Qaysi kasb egalari shirinsuxan, muloyim bo’lishi kerak? 4. Rahbar qanday bo’lishi kerak deb o’ylaysiz? 5. Ish jarayonida axloqsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? ▲ 1- tоpshiriq. Mаtnni o’qing, fikr-mulohazalaringizni o’rtoqlashing. So’zlashuv odobi Insonning xulq–odobi, avvalo uning boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatida ko‘zga tashlanadi. Odobli, shirinso‘z, xushmuomala kishilar odamlarga nisbatan e’tiborli va sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz nutq odobiga alohida e’tibor berishgan. “Nutq odobi” atama sifatida so‘zlashish, suhbat odobi degan ma’noni bildiradi. So‘zlashish esa salomdan boshlanadi. Xalqimizda «Suxandonlik salomdan, ish intizomdan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, salom bilan boshlangan suhbat, yomon niyatni qaytarib yopiq eshiklarni ochar va nifoqni yo‘qotar ekan. “Ha, “Assalomu alaykum” kalomining qudrati shu qadar buyukki, buni anglab yetish uchun uning ma’nosidan boxabar bo‘lmog’imiz lozim. Bu jumla aslida “As-salom alaykum” shaklida, ya’ni, “as” ajratib yozilishi kerak. Lekin bu so‘zni qabul qilgan ko‘pchilik xalqlarda qulaylik uchun chiziqchasiz “assalom” shaklida qo‘shib yozish odat tusiga kirib ketgan. “Salom” so‘zi arabcha “salima”–hozirgi-kelasi zamon shakli “yaslamu” fe’lidan olingan bo‘lib, “salomatlik, tinchlik, xavf-xatarsiz, nuqsonsizlik, poklik, osoyishtalik, xalos bo‘lish, itoatkorlik, bo‘ysinish, najot topish” kabi qator ma’nolarni bildiradi. “Alaykum” kalomi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi arabcha “ala” ko‘makchisi, ya’ni old qo‘shimcha bo‘lib, o‘zbek tilidagi jo‘nalish kelishigi qo’shimchasi “-ga”ga to‘g’ri keladi. “Alaykum”ning ikkinchi qismi “kum” esa ikkinchi shaxs ko‘plik “siz”ni bildiradi. Shunday qilib, “Assalomu alaykum” so‘zi “Sizga salomatlik, tinchlik va osoyishtalik bo‘lsin” ma’nosida ishlatilib kelinmoqda. So‘zlashuv odobiga rioya qilish ko‘nikmasini kishi dastlab oilada oladi. Chunki, bolaning tili chiqib, u dastlab oila a’zolari bilan, so‘ngra boshqalar bilan so‘zlasha boshlaydi. Yasli, bog’cha, maktab va boshqa tarbiya dargohlarida tarbiya davom ettiriladi, kelgusi hayotga tayyorlanadi. So‘zlashuv odobi o‘zgalar bilan muomalada sinaladi. So‘zlashuv odobining eng muhim omili esa tildir. Til vositasidagina so‘zlashuv jarayoni davom etadi. Bu jarayonning natijasi tildan qanday foydalanishga bog’liq. Ulug’ mutafakkir Alislier Navoiy: Og’ziga kelganni demak nodonning ishi, Oldiga kelganni yemak hayvoming ishi, degan ekan. Asrlar osha sinalgan bu fikr so‘zlashuvchilar uchun o‘ta muhimdlr. So‘zlashuv chog’ida yetti o‘lchab bir kesmoq, ya’ni har bir so‘zni o‘ylab keyin gapirmoq kerak. So‘zlashuv odobi haqida gap ketganda, bir-biriga bog’liq bo‘lgan quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak. Bular–so‘z me’yori, tinglash odobi, suhbatdoshlar shaxsi. So‘z me’yoriga e’tibor berilmasa, suhbatdoshini zeriktiradi, hafsalasini pir qiladi. Ko‘p gap qadrsiz bo‘lib, so‘zlovchining ham qadrini ketkazadi. Oz va mazmunli so‘zlash, ayni chog’da so‘zlarni buzmasdan tiniq talaffuz qilish lozlm, o‘quvchilar orasida ham, kattalar orasida ham turli millat so‘zlarini aralashtlrib gapiradigan, o‘zbekcha so‘zlarni tartibsiz ishlatadiganlar uchrab turadi. O‘zbekistonimiz mustaqillikni qo‘lga kiritdi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Endi tilimizga dog’ tushirishga, so‘zlarni buzib talaffuz qilishlarga chek qo‘yiladigan davr keldi. 1-mashq. Mаtnni o’qing, gаp nimа hаqidа eкаnini аytib bеring. Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling