Talab etiladigan hujjatlar:
1. Vrach-psixonevrolog tomonidan beriladigan maxlumotnoma-yo`llanma.
2. Tibbiy hujjatlarda vrach-psixonevrologning xulosasi bo`lishi lozim (diagnozning to`liq, batafsil yoritilishi, bolaning nevropsixik holati, analizlarining to`liq ma`lumoti).
3. Bolaning somatik xolati haqidagi xulosali ambulator karta ma`lumotlari, oftal`molog, otolaringolog, logopedning tekshirish natijalari.
4. Bolaga berilgan psixologo-pedagogik tavsif.
5. O`zlashtirish tabeli.
6. Faoliyati natijalari (daftarlari, chizgan rasmlari, yasamalari).
1. Bola haqidagi umumta`lim maktabida o`qigan vaqti ko`rsatilgan pasport ma`lumotlari.
2. Oilasi haqida ma`lumotlar (oila a`zolarining soni, ota-onasining ma`lumoti, oila a`zolarining munosabatlari, bolaga bo`lgan munosabat).
3. Bilim darajasi va o`quv malakalari haqida ma`lumot.
4. O`qishga, alohida fanlarga, jamoaga, mehnatga bo`lgan munosabati haqidagi maxlumotlar.
5. Bolaning bilish jarayonlari haqidagi maxlumotlar.
6. Hissiy-irodaviy doirasining xususiyatlari haqidagi ma`lumotlar.
7. Bolaning shaxsi xususiyatlari haqidagi maxlumotlar.
8. O`tgan yil davomida bolaning bilash faoliyati va shaxsining rivojlanish dinamikasi haqida ma`lumot.
Psixologik-pedagogik tavsifnoma quyidagi uchta talablarga javob berishi lozim:
1. Shaxsni to`liq aks ettirishi.
2. Bola shaxsining rivojlanish dinamikasini aks ettirish.
3. Psixologo-pedagogik tavsiyalar.
Psixologo-pedagogik tavsiyanoma ota-onalarga tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Hisobga olish jurnalida quyidagi ma`lumotlar aks etishi lozim:
1. Familiya, ismi, otasining ismi.
2. Tug`ilgan vaqti.
3. Yashash joyi.
4. Ota-onasi haqida qisqa ma`lumot.
5. Bola komissiyaga kim tomonidan, qaysi sinfdan yuborilgan va necha yil o`qigan.
6. Komissiyaga qanday diagnoz bilan kelgan.
7. TPK diagnozi va xulosasi.
8. Izoh (eslatma).
TPK tekshirishda barcha ma`lumotlar kotiba tomonidan bayonnomaga yozib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |