Nutq oliy psixik funksiya sifatida va uni baxolash reja
Download 184.5 Kb.
|
1 мавзу психо педагогик дианостика
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tibbiy tekshirish.
- Psixologik tekshirish .
Bolani TPK dan o`tkazish1. Vrach-psixonevrolog komissiya a`zolarini shaxsiy varaqdagi hujjatlar bilan tanishtiradi. 2. Pedagogik hujjatlar bilan tanishish. 3. Ota-onalar bilan suhbat. 4. Vrach-psixonevrolog tomonidan bolani ko`ruvdan o`tkazish. 5. Pedagog-defektolog tomonidan bolaning psixik rivojlanishining xususiyatlarini o`rganish, boladagi bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash: bola bilan aloqaga kirishish; bolani o`zi, ota-onasi, qarindoshlari haqidagi ma`lumotlarni to`plash; tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurlarni aniqlash; idrok va anglash xususiyatlarini aniqlash; rasm mazmunini mustaqil tushunish ko`nikmasini aniqlash; matnni tushunish; asosiymsini ajratish va xulosa chiqarish; o`xshashligi va farqlanishini aniqlash bo`yicha predmetlarni taqqoslash ko`nikmasi, predmetlarni klassifikatsiyalash va umumlashtirish ko`nikmasi; predmet va xodisalar o`rtasidagi munosabtalar, vaqt, fazoviy, sabab-oqibat bog`lanishlarini aniqlash ko`nikmasi. - xotira, diqqat, nutqning xususiyatlari; bilimga qiziqish; hissiy-idoraviy sifatlari; xulqning xususiyatlari; bilim, ko`nikma, malakalarning sifati, darajasi; o`qishga xalaqit beradigan qiyinchiliklarning sabablari. TPK ishiga tibbiy, psixologo-pedagogik va logopedik tekshirishlar kiradi. Tibbiy o`rganish o`ziga oftalmologik, otoldaringologik, somatik, nevrologik va psixiatrik tekshirishlarini kiritadi. Komissiyada bolani avval tibbiy tekshirishdan o`tkazish msaqsadga muvofiq. 1. Tibbiy tekshirish. - Oftal`molog tekshiruv. Bunday tekshirish vrach-oftal`molog tomonidan komissiyaga taqdim qilingan xujjatlar ko`rib chiqilganidan so`ng o`tkaziladi.Otolaringologik tekshiruv. Komissiyaga taqdim qilingan hujjatlarni otolaringolog ko`rib chiqqanidan so`ng o`tkaziladi. Somatik, nevrologik va psixiatrik tekshirish. Bunday tekshiruv vrach-pediatr tomonidan komissiyaga taqdim qilingan hujjatlar ko`rib chiqilganidan so`ng o`tkaziladi. Psixologik tekshirish. Bunday tekshirish psixolog yoki pedagog-defektolog tomonidan komissiyaga taqdim qilingan hujjatlar ko`rib chiqilganidan so`ng o`tkaziladi. Bolani psixologik tekshirish Yordamchi maktablarga bolalarni saralashda psixologik tekshirishning ahamiyati juda muhimdir. Aqli zaif bolalar maktabgacha yoshdayoq diagnostika qilinyapti. Shuning uchun komissiyaga ko`p avval maktabda o`qimagan bolalar yuborilyapti. Bunday yoshdagi bolalarda (maktabgacha yoshdagi) maktab bilimlari va malakalarini tekshirish ularning intellektual va boshqa psixik jarayonlarining holati haqidagi zarur ma`lumotlarini bermaydi. Tibbiy-pedagogik komissiyadagi psixologik tekshirishning asosiy vazifasi bolaning tafakkur (fikrlash) xususiyatlarini aniqlashdir. Bu tafakkurning ma`lum bir nuqsoni-asosiy belgi bo`lib, shu asosida bolani yordamchi maktabga yuborilishi bilan bog`liqdir. Psixologik tekshirish vaqtida bolaning intellektual faoliyatining faqatgina zaif emas, balki kuchli tomonlariga ham diqqatni qaratish zarur. Tekshirishdan olingan ma`lumotlar differentsial diagnostika uchun ham materiallar beradi. Psixologik tekshirishdan avval albatta pedagogik hujjatlarni: bolalar bog`chasi va maktab tomonidan berilgan tavsifnomalarni, ish davtarlar, chizilgan rasmlarni o`rganib chiqish zarur. Ushbu hujjatlarni tahlil qilish bolaga to`g`ri yondoshishni topishga yordam beradi. Masalan, eshitishida, nuqsoni bo`lgan yoki nutqida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalarni tekshirishni nutq ko`p ishtirok etmagan topshiriqlarni berishdan boshlash lozim; psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarni tekshirishni o`yin shaklidagi sodda topshiriqlarni berishdan boshlash lozim; psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalarni tekshirishni o`yin shaklidagi sodda topshiriqlardan boshlash lozim. Tavsifnomadan keltirilgan ma`lumotlardan kelib chiqib suhbat vaqtida bolani qiziqtiradigan, u yaxshi ko`radigan mashg`ulotlar bilan bog`lanadigan savollar berish mumkin; shu bilan birga suhbat vaqtida bola uchun ko`ngilsiz bo`lgan mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Psixologik tekshirish vaqtida bola xulqining xususiyatlari va uning ishlash qobiliyati e`tiborga olinishi lozim. Chunki ishlash qobiliyatining va xulqning buzilishlari bolaning intellektual imkoniyatlarini yashirishi yoki u haqida noto`g`ri tasavvurni keltirib chiqarish mumkin. Tekshirishdan avval o`tkaziladigan suhbat bola bilan aloqa o`rnatishga va pedagog yoki psixologni dastlabki topshiriqlarni qanday bo`lishini (murakkabligi bo`yicha) aniqlashga yordam berishi lozim. Ko`pincha tekshirishni murakkabligi bo`yicha o`rtacha topshiriqlardan berishdan boshlash lozim bo`ladi. Chunki o`rtacha murakkablikdagi topshiriqlar berilishidan avval bolaga bir qancha sodda topshiriqlar berilsa u charchab, toliqib qoladi. Shuningdek tkshirishni murakkab topshirikdan boshlash ham mumkin emas. Topshiriqning boshlanishida murakkab topshiriq berilsa, bola tormozlanib qolishi mumkin. Tekshirish, o`rganish vaqtida quyida bayon etilgan metodikalarning barchasidan foydalanish zarur emas. Asosiy metodikalar bilan birgalikda qo`shimcha metodikalarni ishlatsa ham bo`ladi. Taklif qilinayotgan va ular yordamida olingan natijalarni tahlili asosan 7-9 yoshdagi bolalarga mo`ljallangan (1978 yildagi yordamchi maktabga bolalarni qabul qilish bo`yicha ko`rsatmaga muvofiq). Kattaroq yoshdagi bolalarni tekshirish (komissiyaga ba`zan 10 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar ham yuborilishi mumkin) ham yuqoridagicha olib borilib, faqat bunday bolalarga topshiriqlarning murakkabroq variantlarini taklif qilish lozim. Komissiyada 10-11 yoshli bolalarda pedagogik tekshirishdan ko`p ma`lumotlar olinadi. Bola bilaan olib borilidigan ishni ta`lim eksperiment shaklida tashkil etish zarur. Agarda bola qiynalib qolsa rag`batlantirish, uning faoliyatini tashkil etish, yo`naltiruvchi savollar berish, o`xshash topshiriq materialida ko`rsatish va o`rganish kabi shaklda yrdam ko`rsatilishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilishda bolaga qanday turda va qay darajada yordam ko`rsatilganligi, bu yordam topshiriqni bajarishga qanchalik yrdam berganini e`tiborga olish zarur. Komissiyada bir necha marta tekshirishda ham aqli zaiflikning darajasini aniqlash, debillikni imbetsillikdan ajratish qiyin bo`lgan bolalar ham uchrashi mumkin. Bunday bolalar yordamchi maktablarning diagnostik sinflariga yuborilishlari lozim. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling