Nutq oliy psixik funksiya sifatida va uni baxolash reja
Bolaning o`qishga bo`lgan munosabati va uning o`qishi tarixi
Download 184.5 Kb.
|
1 мавзу психо педагогик дианостика
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O`qishga tayyorgarlik
- 3. O`qish malakasi
1. Bolaning o`qishga bo`lgan munosabati va uning o`qishi tarixi.
- O`qish qachon, qaerda va kim tomonidan boshlangan? - Qiyinchiliklar bo`lganmi? Qaysi bosqichda? Qanday? - Bola o`qishni yaxshi ko`radimi? - O`qilayotganlarni eshitishni yaxshi ko`radimi? Bu savollarga javob ota- onalar va bola bilan suhbatda olinadi. 2. O`qishga tayyorgarlik. - Gapni takrorlash ko`nikmasi. - Gapdan so`zni ajrata olish ko`nikmasi. - Tovush tahlili (og`zaki). So`zlarni bo`g`inlarga bo`lish, birinchi tovushni ajratish, alohida tovushlarni ajratish, so`zlardagi tovushlarni tartibi bo`yicha takrorlash. - Harflarni tanish, bilishning mustahkamligi. Harfning nomi. Harfning nomi bo`yicha ko`rsatish. Qaysi harflarni bilmaydi? Qaysilarini almashtiradi? Qaysi harflarga almashtiradi? Nechta harflarni va qaysilarini biladi? 3. O`qish malakasi. O`rganilgan so`zlarni o`qiydimi? To`liq so`z yoki jumlani o`qiy oladimi? Harflab, bo`g`inlab, sidirg`asiga o`qish. 4. Bog`langan o`qish. O`qish tezligi. Gapdagi alohida so`larning ma`nosini tushunish. Tinish belgilariga, intonatsiyaga rioya qilish. Savollarga javob (o`qilgan yoki tinglanganlarni so`zlab) berish. Bolaning o`qish malakasining holatini u o`qiyotgan sinf dasturiga mos kelishi. 5. Yozish. Yozishga o`rgatishnigng dastlabki bosqichida eshitish analizatorining aniq ishlashi katta ahamiyatga ega. - Yozilishi lozim bo`lgan so`zlarning tovush tuzilishini tahlili. - So`zni tashkil qiladigan tovushlarning ketma-ketligini aniqlash. - Tovushlarni aniqlash (eshitilayotgan tovush variantlarini aniq umumlashgan tovushlarga aylantirish). Bularga bog`liq ravishda quyidagilarga diqqa`tni qaratish lozim: 1. Yozilishi lozim bo`lgan so`zlarning tovush tuzilishini etarlicha tahlil qilinmasligi, harflarni yaxshi esda saqlab qolmaslik, yaxshi bilmaslik, eshitilish bo`yicha yaqin tovushlarni (jarangli va jarangsiz), harflarni almashtirish yozuvdagi xatolarga olib keladi. Shular bilan birgalikda ko`rish analizatorining ishi bilan bog`liq bo`lgan yozuv texnikasiga o`rgatishdagi qiyinchiliklarga ham diqqatni qaratish lozim. 2. Qog`oz varag`idan qator bo`yicha yozishdagi, chamalashdagi, yo`nalishdagi qiyinchiliklar (oynavand yozuv). 3. Yozuvga o`rganishda qalam va ruchkadan foydalana bilmaslikda ifodalanadigan qiyinchiliklar. Harakatlarning (harakatlarning moslashuvi) noto`g`riligi, aniq emasligi, qo`llarning engil titrashi. Bunday qiyinchiliklar bolaning harakat tizimini rivojlanishning etishmovchiliklaridan darak beradi. Yozish vaqtida bolaning ishlash qobiliyatining o`zgaruvchanligi, uning umumiy holatiga ham e`tibor berish lozim. Har bir bola uchun xarakterli bo`lgan qiyinchiliklarni aniqlash uchun quyidagilarni kuzatish zarur: Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling