Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Ilk yoshlardagi bolalar nutqini o‟rganish ishiga Ye.I.Tixeyeva, N.M.Shelovanov


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Ilk yoshlardagi bolalar nutqini o‟rganish ishiga Ye.I.Tixeyeva, N.M.Shelovanov, 
V.I.Fradkina, N.M.Aksarina, G.M.Lyamina, V.A.Petrova kabi taniqli olimlar
amaliyotchi pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‟shdilar. 
Bolaning faol nutqqa o‘tishi paytida uning nutqini rivojlantirishga oid ko‘p sonli 
tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ushbu asosiy qoidalarni bayon qilamiz. 
Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini 
takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini 
rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi 
individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi. 
Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi 
vazifasidir. 
Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini kattalar 
tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta'siri ostida barcha psixik 
jarayonlar qayta quriladi. Bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol 
nutqdan foydalanishi nutq shakllanishining uchinchi bosqichiga - uni muloqot vositasi sifatida 
takomillashtirish davriga o‘tishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutq ontogeneziga 
oid ko‘p sonli tadqiqotlar aynan shu bosqichga bag‘ishlangan. 
90-yillarning 
oxiridan 
boshlab 
A.S.Vo‗gotskiy, 
A.A.Leontyev, 
F.A.Soxin, 
A.M.Shaxnorovich, Ye.I.Negnevitskaya va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan qoidalarga 
tayangan holda R.M.Qodirovaning ilmiy rahbarligi ostida ona tilida va shu bilan birga chet 
tillardagi nutq ontogenezi qirralarini tadqiq qilish ishlari olib borilmoqda. 
Xususan, D.Babayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarni atrof-olam 
bilan tanishtirish jarayonida ularda nutqni (ona tili - o‘zbek tilida) rivojlantirish
N.Nurmuhammedova tomonidan ikki tillilik sharoitida bilingv bolalarda ravon nutqni (rus 
tilida) rivojlantirish, Sh.Sharipova tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda vaziyatli 
o‘yinlar asosida nutqiy muloqot (rus tilida) madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash masalalari 
bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling