Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu jihatga Ye.I.Tixeyeva ham etiborni qaratgan.
Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir.
Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, «o‘z-o‘zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi. Qayd etish lozimki, olimlar fikriga ko‘ra, o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonlari nafaqat nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo‘lmish o‘yinlar va bolalar qiziquvchanligi jarayonida ham yorqin namoyon bo‘ladi (N.N.Podyakov) hamda u kattalar rolini inkor etmaydi: kattalar bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga chorlaydi. So‘nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Verbal bosqichgacha bo‘lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi, ovoz munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - rivojlanishning nutq bosqichiga o‘z vaqtida o‘tishning muhim shartidir. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni So‘nggi yillarda olingan faktlar bolaning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan kattalar bilan bevosita-emotsional muloqotining bolaning kattalar nutqini qanday tushuna boshlashini, uning qachon faol so‘zlay boshlashini va kelgusida uning nutqi qanday sur'atda rivojlanishini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Ilk bolalik davri chegaralari bilan tutash bo‘lgan nutqning shakllanish bosqichi turli soha olimlarini, jumladan: psixologlar, pedagoglar, lingvistlarni eng avvalo bu nutq rivojidagi o‘ziga xos alohida davrligi bilan qiziqtirib keladi. Buning o‘ziga xosligi shundaki, u nutqni rivojlantirish uchun sentiziv hisoblanadi; mazkur davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‘ladi va takomillashadi; uning rivojlanishi shunday tez sur'atlarda amalga oshadiki, keyin u kelgusidagi barcha ontogenez mobaynida boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiy shunday qayd etgan edi: «bola… ikki-uch yoshida shunchalik yengil va tez o‘zlashtirib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan o‘qiganida ham uning yarmini ham o‘zlashtira olmaydi». Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari ko‘p yillar mobaynida ishlab chiqilgan. Ushbu davr tadqiqotchilarni nutq rivojlanishining nafaqat muayyan davrda, balki bolaning kelgusi rivojida ham katta rol o‘ynaydigan tomonlari bilan o‘ziga jalb qiladi. Nisbatan katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi nuqsonlar va kechikishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning ko‘pchiligi ko‘pincha ilk bosqichlarda bola nutqi shakllanishining o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu jihatga Ye.I.Tixeyeva ham e'tiborni qaratgan. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling