Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat 
mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg‘iyveradilar. Bola qanchalik 
kichik bo‘lsa, u shunchalik tezroq chalg‘iydi, xozirgina o‘zi aytgan narsalarni tezlik bilan 
unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi. 
Mashg‘ulot – suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish 
qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida qo‘shimcha ma‘lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy 
qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. 
Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish 
imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she‘rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari 
bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko‘pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan 
holda bolalarning axloq borasida o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi 
bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o‘z xulosasida o‘zi suhbat mobaynida bolalarga 
o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim. 
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda 
bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o‘tirsa va o‘zi ushbu fikr 
bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola ―suhbatlashishni‖ mashq qilmaydi va uning suhbatdagi 
ishtiroki faqat nomigagina bo‘ladi, xolos. 
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta 
kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har 
bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat 
tinglab o‘tirishini, balki so‘zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam 
uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi 
haqida batafsil ko‘rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og‘zaki nutqni yaxshi 
bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar. 
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) 
va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar 
yordamida amalga oshiriladi: 

Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; 

Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdosh so‘zlarini bo‘lmasdan 
tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi 
uchun tushunarli qilib so‘zlash; 

Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar 
ma‘nosini aniqlashtirish. 
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan 
foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini 
yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, 
xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning 
yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik 
samaradorligi ko‘p jihatdan savollarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Savollar berish 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng 
asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo‘yish – bolalar oldiga ularning kuchi 
yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo‘yish demakdir. Ayni paytda u xaddan 
tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo‘yishdan maqsad – 
bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo‘yishiga 
qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin. 
Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan 
bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular 
nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab 
qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish 
zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm 
qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 
umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar 
bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob 
beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan 
holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab 
turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi 
savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit 
beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada 
qabul qilishni o‘rgatish zarur. 
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat 
bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish; 

Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish 
(masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k); 

Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va 
boshq. 

Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish-
qo‘yilgan. 
Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini 
rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat 
beradi. 
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga 
tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir. 
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga 
olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki 
nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-
lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning 
axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi. 
Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, 
qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, ham 
tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin. 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling