Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Hikoyalar turlari va ularni o‟rgatishning izchilligi


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Hikoyalar turlari va ularni o‟rgatishning izchilligi 
Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir. 
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning 
o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket 
(tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin: 
-qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi 
haqida hikoya); 
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya); 
-tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlarni 
bayon qiladilar. 
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z 
tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.Bitta mashg‘ulotda bitta 
fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab 
(qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerda sotib olganligi yoki uni qanday qilib 
tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha 
hikoyalar turlari ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki 
mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. 
Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o‟qitish ishining mazmuni va uning vazifalari 
 yuzasidan VEN diagrammasini to‟ldiring. 
 
 
 
 
 
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 
1. Ma‘ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: 
V – bilaman 
+ - men uchun yangi ma‘lumot 
- - men bilgan ma‘lumotni inkor qiladi 
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma‘lumot. 
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. 
Mavzu savollari 




1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 
7. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling