Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
1) asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi; 2) voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi. Shuningdek, asar o'q ib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug‘at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramonlarning ovozlarini ifodali bayon etishga ta ‘sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. Adabiy matn o‘qib berilgandan so‗ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o‗tkaziladi.Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko‗rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro‗y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo‘lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg‗onchi, qo‘qoq sanku. Bundaylarni biz o‘zimizga sherik, o‘rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o‗ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o‘kazilgach, u ikkinchi marta o‘qib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonid an qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o‗qib (hikoya qilib) beraman. So‗ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar―. O‗rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to ‗liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?―), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so‗zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so ‗raydi?― — „Samimiy, ayyorona― ; „Maqtanchoq quyon o‘rtoqlariga nima deb maqtandi?― — „Ve-e. Yem bo‗lib bo‗pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi― — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo‗yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba‘zi hollarda bolalar asar mazm unini o ‗z so‗zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to‗g‘ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak. Bolalarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi. 0 ‗rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashd a unin g yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to‗g‗ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‗rgatish orqali ularning nutq faolügini, mustaqilligini rivojlantirishga ta'sir ctadi. Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o‘rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi: tarbiyachining yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning mazmunini bir-biriga bog‘lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to‗g ‗ri bayon eta olishga o ‗rgatish. Endi bu guruhda ancha murakkab, hajmi Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni kattaroq bo‗lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati „Badiiy terma kitob―da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. T., ,,0 ‗qituvchi― , 1993.) Masalan:. ,,Bo‗ri bilan tulki― (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq ― (o'zbek xalq ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilanchayon" masali, „Zumrad va Q im m at― (o ‗zbek xalq ertagi ) va hokazolar. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish m ashg‗ulotida tarbiyachi o‗z oldiga bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog'lab, kctma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jih atd an to ‗g‗ri bayon etishga o‗rgatish vazifasini q o ‗yadi. Qayta hikoya qilib berishga o‗rgatish m ashg‗u!otini o‗tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari bog‘lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o 'z oldiga q o ‗ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog‗liq bo'iadi. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling