Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
– suratlar asosida ijodiy to‘qima; 
– badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar; 
– ertaklar, hikoyalarni erkin to‘qish. 
Surat asosida ijodiy to‘qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish 
tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo‘lishi mumkin. 
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o‘zlarini o‘z 
sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo‘yib ko‘radilar, uning 
harakatlarini o‘zlashtiradilar, muallifni ―tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan 
vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu 
xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. 
Nutqni rivojlantirish uchun – monologni o‘rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining 
iltimosi bilan rag‘batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o‘zlarini badiiy 
asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar. 
Yaxshilik va go‘zallikka qarama-qarshi qo‘yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi 
yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Hikoya to‘qish – kombinatsiyani o‘rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki 
hikoyaning muayyan lavxasini bu xuddi uning o‘zi bilan yuz bergani kabi o‘z nomidan aytib 
berish taklif qilinadi. Pedagog «to‘qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o‘zini 
bolaning har so‘ziga ishonayotgandek qilib ko‘rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib 
boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda 
pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada 
munosib bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o‘rganganlari 
butun umrga muxrlanib qoladi. 
Erkin to‘qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo‘lishi mumkin bo‘lmagan» 
loflarni to‘qish uchun to‘liq erkinlik beriladi. To‘qishga ataylab o‘rgatilmaydi, ammo erkin 
(mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta‘lim muassasasida va uyda bola nutqini 
rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan 
qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, undagi tasavvur va ijodiy qobiliyat shunchalik yaxshi 
rivojlanadi. 
Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi – mantiqiy va ifodali mustaqil ijod 
qilish olti-etti yoshli bolalarning qo‘lidan keladi. Bungacha ularning to‘qimalari – o‘zlariga 
tanish bo‘lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar 
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to‘qishga qodir emasliklarini me‘yordan chekinish
deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo‘lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya 
to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi. 
Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to‘qish borasidagi tayyorgarlik ishi 
hisoblanadi. 
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning 
birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi. YUqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar 
ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib 
hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar 
berish, o‘zining qiziqayotganligini bildirish, o‘yin vaziyatlarini hosil qilish (o‘yinchoqlar, 
rasmlar to‘plami, qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo‘llab-
quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning extimoliy 
yakunini, so‘z shaklini aytib berishi birgalikdagi so‘z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga 
egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda katta odam 
savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. 
Bunday dialogdan – monolog nutqi tug‘iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi. 
Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo‘linib 
hikoya qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi. 
Maktabgacha katta yosh – bolaning nutqni o‘rganishga qizg‘in kirishish, til voqeligini eng 
oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq, 
obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil 
faoliyatining muhim shartidir. 
Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli so‘zli didaktik 
o‘yinlarda modellashtiriladi. SHuning uchun maktabgacha ta‘lim muassasalarida didaktik 
o‘yinlarni tashkil qilishni bolalarda so‘zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning 
asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning 
zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob‘ektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy 
xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir. 
Real ob‘ektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va x.) ham va tasavvur 
qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma‘yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-havo, qahramonning 
voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoyani 
boshlashdan oldingi lug‘at mashqlari bolalar ravon nutqining aniq va obrazli so‘zlar hamda 
iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. 
Turli toifadagi so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligi, 
ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda qo‘yib 
borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon 
nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning maqbul shakli maxsus nutq mashg‘ulotlari 
hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqlikda xal etiladi. 
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya
qilish tinglangan badiiy asarlarni m a'noli og‗zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya
qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‗zlarni tanlashga o 
‗rgatadi, jonli so‗zni cgallashga yordam bcradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini
tushunish ko'nikmasini o‗stiradi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda
usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini
shakllantiradi. 
Qayta hikoya qilishga o krgatish saniarali boiishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish
uchun matnlarni to‘g‘ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur
bo‘lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak.
Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
yuqori badiiy qimmatga, g‘oyaviy -mantiqiy yo‗nalishga ega bo‘lishi, jo‘shqinligi, fikrning
yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi.
Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kclishini ham
hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta 
bo'lmagan hikoyalar misol bo‘la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta
hikoyalariga bir qancha talablar qo‘yilgan: 
1) Ma‘nosiga tushungan holda, ya‘ni matnni to‘liq tushunib hikoya qilish; 
2) Asarni to‘liq bayon etish, ya‘ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan bayon
etish; 
3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish; 
4) muallif matnidagi lug‗atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so‗zlarni ularning
sinonimlari bilan almashtirish; 
5) to‗g‗ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi; 
6) og‗zaki nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to‘g‗ri 
tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma‘nodorligidan
(ifodaliligidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‗liq bo'lib , bulardan 
birortasini ham e'tibord an chetda qoldirish mumkin emas. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling