Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti ushbu qismlardan iborat bo'lishi mumkin


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti ushbu qismlardan iborat bo'lishi mumkin: 
1. Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, bolalarning tasavvurlarini
aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir. 
2. Badiiy asarni o„qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda bolalarga uning mazmunini
esda saqlab qolish kerakligini, so‗ng uni qayta hikoya qilib berish lozimligini
ta‘kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g‗oyaviy tomonini idrok eta olmasligi 
mumkin. Asar matnini m a ‘noli qilib, ishtirok etuvchilarning dialogini intonatsiya bilan
ajratib o‘qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shunday qilinganda
bolalarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o ‗z munosabatlarini bildirishga yordam
bergan bo‘lamiz. 
3. O„qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidan suhbat. O‗qib berilgan yoki
hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar oldíndan yaxshilab 
o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mashg'ulotning bu qismi uncha uzoq bo‘lmasligi,
bolalarga 4 — 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim. 
4. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o'qib berish (yoki hikoya qilib berish). O'qib
berishdan avval tarbiyachi bolalarga asarni diqq at bilan tinglashni, uning mazmunini
esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta‘kidlaydi. 
5. Bolalar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o‗zbek xalq 
ertaklaridan „Uch tulki― ertagini qayta hikoya qilish mashg'ulotini keltiramiz. 
Tarbiyachi ertakni o‘qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval bolalarga quyon,
qo‗ng‗iroq, eshak va uning bolasi xo‗tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki, bola tulki)
rasmlarini ko‗rsatadi va bolalardan ularning nomini so'raydi. Tarbiyachi bolalardan tulki
qanday hayvon ekanligini, eshak, uning bolasi x o ‗tik, quyon qanday hayvon ekanligini
so‘rab oladi. So‗ngra tarbiyachi bolalarga mana shu hayvonlar, „Uch tulki― ertagida
uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o ‗qib beradi).
Shundan so‗ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi: „Hozir men sizlarga qaysi
ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi
tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak
oxirida tulkining bolasi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kim eslab qoldi? 
Tarbiyachi bolalarga savollarga hammalari to ‗g'ri va aniq javob bcrganlarini, asar
mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya
qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib
berasizlar, — deydi. Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 bolani ertakni
qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir bolaning qayta hikoya qilib bcrishlari
baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo
uning hikoyasi to‗liq bo‘lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi―. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling