Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik ko‟nikmalarni shakllantirishning 
ahamiyati. 
 B./ B. /B texnologiyasini qo‟llash qoidalari 
 
Mavzu savoli 
Bilaman 
Bildim 
Bilishni 
xohlayman  
1. 
 

 
3. 
 
4. 
 
5. 
 

 

 

 
Bolalarga old ko‘makchilarni qo‘llashni o‘rgatishga doir mashgulotlarda predmetlarning 
kenglikdagi munosabatlarini albatta ko‘rsatish shart. Buning uchun kubiklar, piramidalar, 
kitoblar va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, uycha qurilishini ko‘rsatib 
beruvchi harakatlarni quyidagi so‘zlarni aytgan holda amalga oshirish zarur: «Kubikning ustiga 
kubik qo‘yamiz, devor hosil bo‘ldi. Devor ortida stolcha turibdi» (bu o‘rinda devor ortidagi 
narsa harakatini ko‘rsatish zarur). Stolcha atrofida quyoncha va ayiqcha o‘tirishibdi. Stol ustida 
piyolalar bor, stol tagida esa taburetka turibdi». Stol ustidagi va tagidagi narsalar holatini 
albatta ko‘rsatish zarur, shundagina bola narsalarga oid so‘z birikmalarini oson o‘zlashtirib 
oladi. 
Maxsus grammatik mashqlarni suratlardan foydalangan holda amalga oshirish lozim. 
Ularni sinchiklab ko‘rib chiqqandan va savollarga bir so‘zli javob berilganidan so‘ng to‘liq 
bilvosita qo‘shimchani tuzish va aytib ko‘rishga o‘tish darkor, chunki, ularga fe‘lga bog‘liq 
so‘zni rasmiylashtirish ancha qiyin kechadi. Masalan, Alisher Barno bilan koptok o‘ynayapti. 
Qizcha choynagi bilan gullarni sug‘ormokda. 
Bitta surat syujeti asosida savollar berish va bolaning unga javob qaytarishi savol-javob 
tusidagi qiziqarli mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Masalan, «Bola qo‘lini yuvmoqda» surati 
asosida qator savollar berish mumkin:
«Xurshid, Timur, Alisher nima qilishayapti?», «Alisher nimani yuvmoqda?», «Biz 
qo‘limizni nima bilan yuvamiz?», «Kimning qo‘li toza?» va x.k.
Bola hayotining to‘rtinchi yilida unga bir tarkibli gaplar tuzishni o‘rgatish, shuningdek
uning nutqiga umumlashtiruvchi tushunchalarni kiritishga katta e‘tibor beriladi. 
Mashg‘ulotlarda suratlar asosida, tayanch so‘zlar yordamida, namoyish etilayotgan harakatlar 
asosida, gapning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirish asosida gap tuzish kabi turli xil ishlarni 
amalga oshirish zarur. 
Bir tarkibli aniqlovchilar bilan gap tuzishga doir ishlarni bolalar bilan «Bu nima, toping-
chi?» o‘yinini uyushtirish orqali amalga oshirish mumkin. Bola ajralib turuvchi belgilariga 
qarab narsa nomini aytishi zarur, masalan: «dumaloq, sersuv, sariq, shirin, dumi bor, foydali» - 
sholg‘om. YOki: - «katta, dumalok, ko‘k, rezinali» - koptok. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Bir tarkibli kesimli gaplarni tuzish uchun «Esla va ayt» o‘yinidan foydalanish mumkin. 
Tarbiyachi bolaga topshiriqni hech kim eshitmaydigan qilib aytadi. Bola topshiriqni izchil 
ravishda bajara boshlaydi, bolalar esa u nima qilayotganini aytib beradilar: «Abduazim 
qaychini oldi, qizil va ko‘k qog‘ozlardan bo‘laklar kesib olib, ularni Zuxra va Farruxga berdi». 
Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya‘ni, nutqiy grammatik modellarni 
mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar bilan, masalan kitob o‘qish bilan birgalikda 
bajarilishi mumkin. Kichik asarlarni o‘qish o‘qilayotgan matnga mos o‘yinlar va harakatlar 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Grammatik mashqlar o‘yin, sayr soatlarida, navbatchilik paytida bajarilishi lozim, shunda 
kichkintoylarning nutqiy maxoratlari yanada ortadi. 
Umuman olganda, bolaning maktabgacha ta‘lim muassasasidagi butun faoliyati 
uning 
diqqat-e‘tibori, 
xotirasi, fikrlash doirasini rivojlantirishga, uning nutqini 
takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. 
Besh-olti yoshli bolalarda grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish. Bu yoshga kelib bola 
quyidagi asosiy grammatik shakllarni o‘zlashtirib olishi mumkin va shart: birlik va ko‘plik 
sondagi otlarning old ko‘makchi-kelishik shakli, ko‘p sonli sifatlarni kelishiklar, sonlar 
bo‘yicha o‘zgartirish, fe‘l shakllari, ravishlarni to‘g‘ri qo‘llash. Besh yoshda bola o‘z nutqida 
garchi ayrim gap turlari uning uchun hali ancha qiyin bo‘lsa ham, qo‘shma gaplardan 
foydalanadi. Old ko‘makchilar va bog‘lovchilar turli xil ma‘nolarda qo‘llaniladi. Ko‘proq 
umumlashtiruvchi so‘zlar qo‘llay boshlanadi: mebel, ovqat, idish-tovoqlar, o‘yinchoqlar, 
transport. Umuman bolaning so‘z zahirasi ortib borgani sayin uning nutqi ravon va izchil bo‘lib 
boradi. Besh yoshli bolalar tuzayotgan gaplarda ular o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan 
hodisalarning (ertaga, kechasi, yakshanba va x.k.) sabab-oqibatli munosabatlarini 
ifodalaydilar. 
Dasturga muvofiq tarbiyachi besh yoshli bolalarga nutq asosiy qismlarining grammatik 
shakllarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga doir ishlarni davom ettirishi lozim. 
Bolalarga o‘z nutqida vaqtli, maqsadli va sababli sintaktik munosabatlarni (Qachon? 
Qaysi maqsadda? Qaysi maqsad uchun? Nima uchun? Nega? kabi savollarga javob berish) 
ifodalashni o‘rgatish zarur. Tarbiyachi nutqqa qator old qo‘shimchali fe‘llarni kiritadi, ayni 
paytda Nima qilding? Nimani qilib bo‘lding? (chizdim-chizib tugatdim, yuvdim - yuvib 
bo‘ldim va x.k.) savollariga javob beruvchi fe‘llar; savolga qarab asosi o‘zgaradigan fe‘llar 
(Nima qilayapman, Nimani qilib tutataman?: qurib tugataman - qurib tugatayapman, sakrayman 
- sakrayapman); kelgusi oddiy va kelgusi murakkab zamonli, -di qo‘shimchali va usiz 
shakldagi fe‘llar («Men o‘ynamoqchiman» - «Men o‘ynayapman», «U kiyinmoqchi», «U 
kiyinadi»); baxoni (yaxshi-yomon, ifodali, tez, sekin, past, baland); vaqtni (bugun, qishda, 
yozda va boshq.); joyni (bu yerda, anavi yerda, shu yerda, o‘ngda, chapda, balandda, pastda, 
anavi tomonga) belgilovchi eng ko‘p tarqalgan ravishlar; gapda so‘zlarni bog‘lash va gaplarni 
bog‘lash uchun foydalaniladigan to‘qima bog‘lovchilar (va, esa, ammo, biroq); gaplarni 
bog‘lash uchun xizmat qiladigan bo‘ysundiruvchi bog‘lovchilar (uchun, chunki, agar, 
qachonki, zero) ustidan birlamchi kuzatishni amalga oshiradi. 
Hayotining beshinchi-oltinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarda grammatik 
ko‘nikmalarni shakllantirish maishiy muloqot jarayonida va ayni paytda predmetli 
mashg‘ulotlarda maxsus nutqiy mashqlarni o‘tkazishda, suratlar bilan ishlashda ro‘y beradi. 
Mashg‘ulotlar uchun taklif etilgan didaktik material zamon kategoriyalari, sonlar, shaxslar, 
fe‘llarni o‘zlashtirishga, nutqda tugallangan va tugallanmagan ko‘rinishdagi fe‘llarni amalda 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling