Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Klaster metodi 
Bolalarning sifatdoshlarni qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni kuzatish chog‘ida, rasm chizish 
mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni o‘qish jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi 
usullardan foydalanish mumkin: 

Predmetni, uning belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib 
beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z 
birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin 
alohida-alohida, keyin jo‘r bo‘lib aytgan ma‘qul. 

muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so‘zi chizmoq 
so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga tushmoq so‘zidan. 

Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayayaptimi?» - «Sarg‘ayayapti». 

Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap tuzish: sarg‘ayayotgan barglar - 
«Olmaning sarg‘ayayotgan barglari ko‘rinib turibdi»; g‘irillayotgan samolyot - «g‘irillayotgan samolyot 
shahar ustidan uchib o‘tdi» va x.k. 
Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib 
berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qo‘llashlariga, 
Maktabgacha 
yoshdagi bola 
nutqining 
grammatik 
to`g`riligini 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo‘lgan fe‘l nomini ayta olishlariga e‘tibor 
berish juda muhimdir. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o‘yinlar, narsalar 
bo‘yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni 
rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma‘lum 
bo‘lgan barcha grammatik shakllarni qo‘llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va 
sifatlar, sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng 
baland); fe‘llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, 
oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon 
xaqiqiy sifatdoshlari; old ko‘makchilar va bog‘lovchilar. 
Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy 
gaplarni, bir xil a‘zoli, gaplarni tuzish, qo‘shma gaplarni to‘g‘ri tuzishlariga e‘tiborni qaratishi 
lozim. Faqat yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha grammatik shakllarni o‘zlashtirgan takdirdagina 
bola maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling