Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
XULOSALAR: Bolalarning so‘z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko‘rinishidir. Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko‘rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro‘y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega. Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir. Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o‘zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o‘z so‘zlari kategoriyasini yaratadi. Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug‘at to‘plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o‘rganayotgan bola ko‘p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin. Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma‘nosini tushunish - o‘sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o‘zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o‘z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g‘oyani o‘zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi. Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya‘ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o‘qish, rasm chizish, o‘yin o‘ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma‘lum bo‘lgan barcha grammatik shakllarni qo‘llashlariga erishishi lozim. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Faqat barcha grammatik shakllarni o‘zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling