Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
artikulyatsiyani, og‘izdan uzoq muddat davomida bir tekis nafas chiqarishni o‘rgatish, tovush balandligini rivojlantirish. 2-ish turi - ajratib qo‘yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish va nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib qo‘yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish yoki uni taqlid asosida atash uchun o‘yinlarni yoki o‘yinli mashqlarni olib boradi. Bolalarning diqqat-e‘tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va uning jaranglashiga qaratiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun o‘yinlardan foydalaniladi. Bu ish turi nutqni tinglash, ovoz balandligini taqqoslay olish qobiliyatlarini tarbiyalash, artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 3-ish turi - so‘zlarda tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash va fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi so‘zlarda tovushlarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashga yordam beruvchi turli materiallarni (asosan, didaktik o‘yinlar) beradi. Dastlab mashq qilinayotgan tovush urg‘uli bo‘g‘inda turgan so‘zlarda beriladi. Bolalar uni yanada aniqroq, cho‘zib talaffuz qilishni o‘rganadilar, ya‘ni tovushni ovoz yordamida ajratish ko‘nikmasini mashq qiladilar, keyinchalik esa ularni nafaqat ajrata olish, balki uning bo‘g‘indagi joyini aniqlashni o‘rganadilar. Bir vaqtning o‘zida fonematik tinglash, so‘zlarni orfoepiya me‘yorlariga muvofiq holda talaffuz qilish vazifalari xal etiladi. 4-ish turi - tovushlarni iborali nutqlarda to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash va nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish. Pedagog maxsus tanlab olingan nutqiy materiallar, ya‘ni: so‘zli o‘yinlar, tez aytishlar, topishmoqlar, she‘rlar va hikoyalarni beradi. U mazkur tovushning yuqorida sanab o‘tilgan materialda to‘g‘ri qo‘llanishini kuzatib boradi. Mustaqil nutqda tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash nutqni tinglash va nutqiy nafas olish qobiliyatlarini rivojlantirish, nutqning oxista sur‘ati va intonatsion ifodaliligidan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish bilan birgalikda olib boriladi. 3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan davr Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ko‘p xollarda ona tilidagi barcha tovushlarni o‘zlashtirib oladilar va to‘g‘ri talaffuz qiladilar, so‘zlar va iboralarni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilishni, nutq balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirishni, ifoda qilishning intonatsion vositalaridan foydalanishni biladilar, yetarli darajada rivojlangan tinglash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Biroq bu yoshda hali ham ayrim tovushlar va murakkab so‘zlarni, ayniqsa bir necha undoshlar ishtirokidagi so‘zlarni unchalik aniq talaffuz qila olmaydigan bolalar ham uchraydilar. Ular har doim ham oxista nutq sur‘atlaridan foydalana olmaydilar, ancha baland yoki past ovozda so‘zlaydilar va x.k. Ayrim bolalar esa tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etgani holda ularni tinglash jarayonida ajratib olishni qiynaladilar, bu esa kelgusida savod chiqarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolalar odatda maktabgacha ta‘lim muassasalariga turli yoshlarda kelishi va nutq tovush madaniyatining barcha bo‘limlarini har xil o‘zlashtirishlari tufayli uni shakllantirishga doir ishlar katta guruhlarda davom ettirilishi lozim. 5-7 yoshli bolalar nutqida tovush madaniyatini shakllantirishning asosiy vazifasi nutqni tinglash qobiliyatini yanada takomillashtirish, aniq, to‘g‘ri va intonatsion ifodali nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu bosqichda nutq tovush madaniyatini shakllantirishni bolalar tomonidan ko‘pincha aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog‘liq holda amalga Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni oshirish mumkin: shippilovchi va chiyillovchi tovushlar - sh-s, j-z; jarangli va jarangsiz tovushlar - v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k; «l» va «r» tovushlari va boshqalar. Zarur xollarda ko‘pincha bolalar tomonidan aralashtirib yuboriladigan boshqa tovushlar juftliklarini ham tabaqalashtirish mumkin. Tovushlarni tabaqalashtirishga doir ishlar tovushlarni farqlash bilan bir vaqtning o‘zida ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab o‘tkazilgan xollardagina to‘g‘ri tashkil etilishi mumkin. Bu xususiyatlar bolalar tomonidan ancha ilgari, tovushlarni mashq qilish chog‘ida ajratilgan. Masalan, «s-sh» tovushlarini mashq qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga ushbu tovushlarning asosiy akustik va artikulyatsiya xususiyatlarini ajratgan holda ularni bir- biriga taqqoslashga undaydi: sovuq havo nasosdan chiqadi va xushtak chaladi: sssss....-biz «s» tovushini talaffuz qilganimizda til pastki tishlar ortida turadi; yorilib ketgan shinadan shuvillab issiq havo chiqmokda: shshshshsh.....biz «sh» tovushini talaffuz qilganimizda til yuqori tishlar ortiga ko‘tariladi. Tovushlarning farqlovchi xususiyatlarini amaliy o‘rganishga qaratilgan bunday tizimli ish maktabgacha ta‘lim muassasasiga kechroq qatnay boshlagan bolalarga o‘z tovush talaffuzini aniqlashtirib olishda yordam beradi, fonematik tinglash qobiliyati rivojlanishi va artikulyatsiya apparatining tovushlarni farqlashga xos bo‘lgan tabaqalashtirilgan nozik harakatlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashadi. Bularning barchasi ona tilini muvaffaqiyatli o‘qitishni davom ettirishning zarur sharti hisoblanadi. Ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish bilan bir qatorda so‘zlar va iborali nutqlardagi tovushlarning ham tabaqalashtirilishi bir vaqtning o‘zida bolalarda nafas olishni, diksiyani, intonatsion ifodalilikni, ya‘ni takomillashtirish ishlarini ham olib borish imkonini yaratadi. Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch xil turdagi ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 1-ish turi - ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi tovushlarni ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab farqlashga doir ishlarni bajaradi. Bunda u «obrazli» suratlardan foydalangan holda, ya‘ni tovushni xayvonlar, narsalar va harakatlar chiqaradigan muayyan tovushlar bilan shartli ravishda taqqoslashni amalga oshiradi. Bir vaqtning o‘zida ushbu ish turi fonematik tinglash qobiliyatini takomillashtirish, tovushlarni aniq talaffuz qilishni o‘rganishga yordam beradi. 2-ish turi – so‘zlardagi tovushlarni tabaqalashtirishdan iborat. Tarbiyachi nomlarida tabaqalashtiriladigan tovushlar ishtirok etadigan turli suratlar, narsalar, o‘yinchoqlarni tanlab oladi hamda bolalarga ularni farqlashni o‘rgatadi. Dastlab tabaqalashtiriladigan u yoki bu tovush mavjud bo‘lgan so‘z olinadi, so‘ngra esa faqat bir dona tabaqalashtiriladigan tovush mavjud bo‘lgan so‘zlar, keyin esa har ikki tabaqalashtiriladigan tovushni o‘z ichiga olgan so‘zlar tanlanadi. Bolalar ularni aniq, to‘g‘ri talaffuz qilishlari va ularning farqlarini ko‘rsata olishlari lozim. Bir vaqtning o‘zida ushbu ish diksiyani yaxshilashga yordam beradi, so‘zlarni talaffuzning orfoepik me‘yorlariga muvofiq holda to‘g‘ri talaffuz qilishni ta‘minlaydi. 3-ish turi - nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi so‘zli o‘yinlar, hikoyalar, syujetli suratlar, she‘rlar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar, matallar hamda tabaqalashtiriladigan tovushlar bilan boyitilgan boshqa nutqiy materiallarni tanlab oladi. Ayni paytda u bolalarning ushbu tovushlarni to‘g‘ri qo‘llashlarini va ularni o‘z talaffuzlari bilan aralashtirib yubormasliklarini nazorat qiladi. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Pedagog she‘rlar, hikoyalarda tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallar berar ekan, u bir vaqtning o‘zida bolalar bilan nutq sur‘ati, diksiya, ovozdan to‘g‘ri foydalanishni mashq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda so‘zlarni talaffuz etishning adabiy me‘yorlarini hisobga olgan holda ularning to‘g‘ri talaffuz qilinishini kuzatib boradi. Endi ko‘rsatib o‘tilgan ish turlaridan har bir yosh bosqichida foydalangan holda talaffuz ko‘nikmalari, nutqning tovush madaniyatini amaliyotda qanday ishlab chiqish (shakllantirish) zarurligini ko‘rib chiqamiz. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling