Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bo’ri va it
Maqsad: Tinglash qobiliyatini va «v» tovushini aniq talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir vaqtning o‘zida og‘izdan uzun nafas chiqarishni, ovoz balandligini o‘zgartirishni mashq qilish. 1-variant: Tarbiyachi bolalarga bo‘rining qanday uvillashini tinglashni taklif kiladi (sekin ovozda: uvvvv...), so‘ngra itning qanday xurishini tinglashni taklif qiladi (baland ovozda: vov-vov). Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha bolalar ovoz balandligini oshiradilar, bo‘rining uvillashi va itning xurishiga taqlid qiladilar. Metodik ko’rsatmalar: Taqlidlarning to‘g‘ri talaffuz etilishini nazorat qiling. Bo‘rining uvillashi past ovozda, itning xurishi baland ovozda. 2-variant: Tarbiyachi bolalarga bir nafasda bo‘rining uvillashi, itning xurishi va yana bo‘rining uvillashini ko‘rsatishni taklif kiladi. Bolalar bu jonzotlar ovoziga ketma-ket taklid qiladilar: past-baland-past. Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning ovozni pasaytirish va kuchaytirishni boshqa nafas olmasdan bir nafasda amalga oshirishlari, past ovozdan baland ovozga oxisa o‘tishlarini nazorat qiling. 3 yoshdan 5 yoshgacha. «S» tovushi Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlari va ularning to‘g‘ri holatini mashq qilish. «Farruxning qanday jaxli chiqishi va uning qanday quvonishini ko’rsat» Mazmun: Tarbiyachi bolalarga Farruxning jaxli chiqqanida uning lablarini mana bunday qilib cho‘chchaytirishini (lablarini shishiradi), Farrux xursand bo‘lganida esa uning jilmayishini (lablarini cho‘zadi, yuqori va pastki tishlarini ko‘rsatadi) aytadi. Tarbiyachi: «Endi esa men sizga Farrux haqida hikoya qilib bermoqchiman. Uning jaxli chiqqanida siz lablaringizni cho‘chchaytirasiz (lablarini shishirib ko‘rsatadi), u xursand bo‘lganida esa siz jilmayasiz... Farruxning oyisi unga mashina olib berdi. Farrux xursand, u jilmaymokda... U mashinasini ko‘tarib, ko‘chaga o‘ynagani chiqdi, tashqarida esa yomg‘ir yog‘moqda, u nima qilishini bilmay qoldi. Alisher Farruxdan mashinasini o‘ynash uchun berib turishni iltimos qildi. Farrux mashinani bergisi kelmadi, u lablarini cho‘chchaytirdi. Ko‘p o‘tmay bulutlar tarqab, quyosh chikdi. Farrux jilmaydi va Alisherga dedi; «Ketdik, mashinamni birga o‘ynaymiz». Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning jilmayish uchun lablarini qiynalmasdan cho‘zishlarini va old tishlarini ko‘rsatishlarini nazorat qiling. Lablar oldinga cho‘zilganida ular bir-biriga tegib turishi lozim. «Sayrda» Mazmuni: Pedagog bolalarga qarab, deydi: «Bizning tilimiz sayr qilishga qaror qilibdi. U o‘z uyini ochdi (og‘zini ochadi), dastlab chapga, so‘ngra o‘ngga qaradi, keyin yana chapga, o‘ngga qaradi, qarasa hech kim yo‘q. SHuning uchun panjaraga yotib, quyoshga toblanmoqchi bo‘ldi (tilini pastki tishlari ustiga qo‘yadi)». Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar. Metodik ko’rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat qiling. «Qorcha uchqunlamokda» Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar. Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida bir tekis puflashlarini nazorat qiling. 2-ish turi: Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» tovushini to‘g‘ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida og‘izdan nafas chiqarishni mashq qilish. «Nasos» Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling