Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

2-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr 
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarning nutqi rivojlanishni davom etadi. 
Ushbu yoshda lug‘at yig‘iladi, aniqlashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar so‘zlarni 
mazmuniga qarab aniqroq ayta boshlaydilar. Ular grammatik shakllardan to‘g‘ri foydalana 
boshlaydilar, kichik ertaklar, hikoyalarni mantiqiy izchilikda hikoya qilish va suratlar 
mazmunini aytib berishga qodir bo‘ladilar. Nutqning tovush jihati ham jadal rivojlanadi. 
Bolalar ona tilining ko‘pgina tovushlarini o‘zlashtirib oladilar va to‘g‘ri talaffuz qiladilar, 
so‘zlar va iboralarni sof va aniqroq ayta boshlaydilar, o‘z nutqining sur‘atiga e‘tibor bera 
boshlaydilar. 
Mazkur bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishdagi asosiy vazifa 
bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish hamda so‘zlar va iboralarni aniq va 
tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni 
rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. 
Bu yoshda asosiy vazifani xal etish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyatini 
tarbiyalashning boshqa bo‘limlariga oid ishlarni ham amalga oshirish, ya‘ni: ovoz balandligini 
vaziyatga qarab moslashtirish, so‘zlarni ulardagi urg‘ularni aniq qo‘ygan holda shoshmasdan, 
to‘g‘ri va aniq qilib aytish qobiliyatini tarbiyalashga doir ishlarni ham amalga oshirish zarur. 
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish keng qo‘llaniladi. 3-4 yoshli 
bolalar uchun nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga oid ishlarni olib 
borish jarayonida amalga oshiriladi. Uni shakllantirish maktabgacha ta‘lim muassasasida 
nihoyasiga yetkazilishi lozim, nutqning tovush madaniyatiga oid qolgan bo‘limlarni 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
takomillashtirish esa maktabda davom ettiriladi. Ayni paytda tovush talaffuzi bo‘yicha ishlarni 
nutqni tinglash qobiliyatini, nutqiy nafas olishni, ovozni, artikulyatsiya apparati, diksiya va 
intonatsiyani rivojlantirish bilan qo‘shib olib borish osondir. 
To‘g‘ri tovush talaffuzini tarbiyalash ona tilining barcha tovushlarini izchil mashq qilish 
jarayonida amalga oshiriladi. Bunda nafaqat u yoki bu tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, balki bolaning tinglash va talaffuz qilish imkoniyatlarini 
shakllantirish, ya‘ni tinglash va artikulyatsiya nazorati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham 
shakllantirish zarur, zero ularsiz tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish mumkin emas. 
Agarda 3 yoshli bolalar - s, z, sh, ch, r, l kabi tovushlarini yetarli darajada yaxshi talaffuz 
eta olmasalar, darxol ularni mashq qilishga kirishish kerak emas, chunki bu bolalarning ularni 
noto‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanib qolishlariga olib kelishi mumkin. Nutqning tovush 
madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarining barcha bo‘limlari bo‘yicha ishlarni olib borish zarur. 
Nutqni tinglash qobiliyati va talaffuz imkoniyatlarini takomillashtirish bu tovushlarning 
bola nutqida paydo bo‘lishi hamda ularning to‘g‘ri talaffuz etilishiga yordam beradi. 
Masalan, 3 yoshli bolalar bilan talaffuz uchun nisbatan oson bo‘lgan - «f», «v» 
tovushlarini mashq qilishda tarbiyachi yangi tovushlar guruhi - ya‘ni artikulyatsiya apparati 
organlarining «i» tovushiga yaqin bo‘lgan muayyan joylashuvi xos bo‘lgan, shuningdek «f», 
«v» tovushlarini mashq qilishda hosil bo‘ladigan maqsadli havo to‘lqini mavjud bo‘ladigan 
shuvillovchi - «s», «z», tovushlarining paydo bo‘lishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Bir 
tovushlar guruhi uchun ishlab chiqilgan ko‘nikmalarning boshqasiga o‘tish imkoniyati shu 
tariqa yaratiladi. 
Tovushlarni ketma-ket mashq qilish nutqning tovush madaniyatini shakllantirish va uni 
yanada takomillashtirish borasidagi ishlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish imkoniyatini 
yaratadi. 
Ona tilining barcha tovushlarini mashq qilish bir-birini ketma-ket almashtiruvchi to‘rt ish 
turini ko‘zda tutadi: artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz 
qilishni aniqlashtirish (bo‘g‘inlarda) va ushbu tovushni boshqa tovushlardan ajrata olish, 
so‘zlarda tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni mustahkamlash, iborali nutkda tovushni to‘g‘ri 
talaffuz qilishni mustahkamlash. 
So‘nggi uchta ish turiga nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantirish ham kiradi. Bu ish 
turlari mashg‘ulotlarda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu barcha ishlar turlarini bitta mashg‘ulotda amalga oshirish tavsiya etilmaydi, 
chunki tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘zlashtirish jarayoni - bu muayyan ko‘nikmaga ega 
bo‘lishdan iborat, uni yaratish esa izchillik va doimiylikni talab etadi. Yuqorida sanab o‘tilgan 
ishlar turlarini 3-6 kun oralig‘ida bajarish bolalarga artikulyatsiya apparati organlarining 
muayyan joylashuvi va harakatini o‘zlashtirish hamda mustahkamlash imkonini beradi, 
tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish hamda uni yaxshi tinglay olishga yordam beradi. 
Tovush talaffuziga oid ishlar nutq tovush madaniyatining boshqa bo‘limlariga doir ishlar 
(nutqni tinglash qobiliyati, artikulyatsiya, nutqiy nafas olish, ovozlar, diksiya, nutq sur‘ati, 
uning intonatsion ifodaliligini rivojlantirish) bilan birgalikda olib boriladi. Endi har bir ish 
turini batafsil ko‘rib chiqamiz. 
1-ish turi - artikulyatsiya apparati organlari harakatini aniqlashtirish. Tarbiyachi 
harakatlarni rivojlantirish yoki aniqlashtirish, tovushning to‘g‘ri artikulyatsiyasiga yordam 
beradigan muayyan holatlarni ishlab chiqish uchun o‘yin mashqlarini o‘tkazadi. Bunda nutq 
tovush madaniyatining navbatdagi bo‘limlariga oid ishlar ajratiladi: aniq va to‘g‘ri 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling