Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki 
bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan 
bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya 
qiladigan I — 2 bola takrorlashi mumkin. 
Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot 
oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki bolalar namuna hikoyaga 
taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. 
2. 
Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning 
ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish 
bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so'zlab berishga o'rgatish 
mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib qoladi. Bolalar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun 
tarbiyachi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot 
jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) bolalar diqqatini faollashtiradi. 
Masalan, maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o'z guruh xonalarini tasvirlash uchun 
taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin: 
1. 
Xonani kim toza saqlaydi? 
2. 
Sen xonani yigMshtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan? 

yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar bola rejadan chetlashsa, uning 
nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki 
izchil emasligini aytib, boshqa bolalarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak. 

yoshli bolalarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va 
izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun bolalarni hikoya rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. 
Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir. 
Tarbiyachi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o'zi 
ko'rsatibgina qolmay, balki bolalarni o'rtog'ining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi 
kerak. 
(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo'lishi uchun awal nimani 
hikoya qilib berish yaxshiroq?) 
Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya rejasi 
berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, bolalarni hikoya qilishga 
o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi. 
3. 
Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va uning 
mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya 
etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida reja asosida hikoya qilishga 
o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga shunday 
yo'llanma beradi: ,.Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo 
bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo‗lganda, ular qanday bo'lishdi?" 
Bu usulning mohiyati nimadan iborat? 
Hikoyani tuzishga qadar tarbiyachi bolalar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni 
muhokama qiladi, ya‘ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. 
Rejadagi bir savolga (masalan, „Bola qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha bola joyida 
o'tiigan holda javob berishini taklif etadi. Bolaning joyida o'tirgan holda javob berishi — bu 
hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish 
usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon 
hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi. 
4. 
Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli. 
Bu usul o'ziga xos bo‘lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. 
Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi 
va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama 
qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra 
navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va 
o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi. 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling